Nitrifikatsiya
-ammiakni avval nitrit, keyin nitrat kislotasigacha oksidlanishi bilan kechadigan mikrobiologik jarayon.
Nitrobacteraceae
oilasiga mansub bakteriyalar ana shu reaktsiyalar natijasida hosil bo'lgan energiyadan foydalanadilar.
Gidrolaza sinfiga mansub fermentlar yordamida yasalgan biosensorlar orqali
fosfororganik birikmalar (pestitsidlar) aniqlanadi. Ular ham atrof-muhit muhofazasi
uchun juda muhim bo'lgan biosensorlardir. XX asrning 80-90-yillarida Qozon Davlat
universiteti (Rossiya, Tatariston) Analitik kimyo kafedrasida holinesteraza fermenti
asosida oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa turli hil ob'ektlardagi pestitsidlar hamda
organik toksinlarni aniqlovchi biosensor ishlab chiqilgan. Fizik transdyuser sifatida
simobli elektrod qo'llanilgan.
Biosensorlarda biologik materiallarning ishlatilishi fermentlar faolligini uzoq
muddat saqlashga imkon beradi. Tirik to'qimalar biosensorning yuqori spetsifikligini
ta'minlaydi. Ammo, tirik to'qimalardan tuzilgan biosensorlar ishlab chiqish jadal
sur'atlarda rivojlanayotgan bo'lsada, olimlar ularning ishonchliligiga shubha bilan
qaramoqdalar.
TRENING «MULOQOT»
Ushbu trening o’quvchi-talabalarda dars jarayonida mustaqil fikrlashga, o’z
fikrlarini erkin xolda bayon eta olishga hamda ularda baxslashish madaniyatini
tarbiyalashga qaratilgan bo’lib, odatda bunday mashg’ulot tinglovchilarni kichik
guruhlarga bo’lgan guruhlarga bo’lgan xolda o’tkaziladi.
Maqsad:
Tanlangan mavzu, muammo asosida tinglovchilarning fikrlarini hamda ushbu mavzuga
bo’lgan munosabatlarini aniqlash, mustaqil xolda umumiy bir fikrga kelishlariga va
to’gri xulosa chiqarishlariga yordam berish, erkin xolda Bahslashishlariga sharoit
yaratish.
O’tkazilish tartibi.
Ustoz mashg’ulotni boshlashdan avval tinglovchilarni muloqot, baxs-munozarani
o’tkazishga qo’yilgan talablar, qoidalar bilan tanishtiradi, so’ngra ushbu trening
bochqichma-bosqich o’tkazilishini tushuntiradi.
|