Biotexnologiya


Boshqa biologik materiallar asosidagi biosensorlar



Yüklə 6,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/141
tarix17.09.2023
ölçüsü6,66 Mb.
#144470
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   141
720 (1)

Boshqa biologik materiallar asosidagi biosensorlar
Aksariyat fermentlar qimmat va faolligini tez yo'qotadi. Shuning uchun analizda 
bevosita mikroorganizmlar, tirik to'qimalardan foydalanish iqtisodiy jihatdan 
samaraliroq. Fermentni ajratish hamda tozalash shart emas. Lekin bunday biosensorlar 
selektivligi yuqori bo'lmaydi. Chunki to'qimada bir emas, bir nechta ferment bo'ladi. 
Ular natijani tez va aniq olishga halaqit qiladi. Shunga qaramay tozalangan fermentlar 
emas, biologik materiallar asosida biosensor konstruktsiyalar ishlab chiqishga tobora 
qiziqish ortib bormoqda. Misol uchun, bodring po'tlog'idan (yoki qovoq po'sti) tuzilgan 
askorbin kislotasini aniqlovchi biosensor yaratilgan. Bodring yoki qovoq po'sti 
askorbinoksidaza fermenti manbai bo'lib hizmat qiladi. Po'stloqdagi askorbinoksidaza 
fermentining faolligi 50-80 marotaba analiz o'tkazish uchun kifoya qiladi. 
Biosensorning biologik materiallari 50% glitserinda 1 yil davomida saqlanishi 
aniqlangan.
Dofamin
16
biosensorining 
konstruktsiyasi 
yuqorida 
keltirilgan 
biosensor 
konstruktsiyasiga o'hshaydi. Dofamin biosensorida elektrod sirtiga banan mevasining 
kichik bo'lagi immobilizatsiyalangan (banan mevasidagi polifenoloksidaza fermenti 
dofaminni kislorod ishtirokida dofaminbenzolga aylantiradi). Biosensor 12 sekundda 
dofamin konsentratsiyasini aniqlaydi, 10 kun davomida ishlatish mumkin. Elektrodiga 
qoramol jigari immobilizatsiylangan biosensorlar ma'lum. Jigar katalaza fermenti 
manbai bo'lib hizmat qiladi. Katalaza - vodorod peroksidni parchalovchi ferment. 
Qovoqcha po'sti asosida meva sharbatlaridagi L-askorbin kislotani aniqlovchi 
biosensorlar ishlab chiqilgan:
askorbinoksidaza 
L – askorbin kislota +1/2O
2
 → Degidroaskorbin kislota +H
2

Drojjilardan iborat biosensorlar ham bor. Bu biosensorlarda drojjilar (misol 
uchun 
Trichosporon brassicae
) 2ta g'ovaksimon membrana orasiga joylashtirilgan. 
Uning konstruktsiyasi 51–rasmda ko'rsatilgan biosensor konstruktsiyasiga o'hshaydi. Bu 
biosensordan oqava suvlardagi etanol va metanolni aniqlashda foydalaniladi. Analiz 
vaqti bor-yo'g'i 6 minut. Oqava suvlardagi ammiakka sezgir bo'lgan biosensorlar 
mavjud. Ular nitrifikatsiyalovchi
17
bakteriyalar asosida yasalgan. Ammiak biosensori 
atrof-muhit muhofazasi uchun juda muhimdir. 
16
Dofamin
– inson va hayvonlar miyasida sintezlanuvchi neyromediator. Neyromediator – nerv hujayralaridan tarqaladigan 
impul'slarni tashuvchi biologik faol kimyoviy modda. 
17

Yüklə 6,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin