Quruq modda sifatida hisoblaganda Er sharidagi barcha o'simliklar massasi 1800
mlrd.tonnaga teng. Shuncha quruq moddadan 30-10
21
joul' energiya olish mumkin.
Barcha qazilma boyliklar zahirasi ham shuncha miqdordagi energiyani saqlab turibdi.
O'rmonlar quruqlikdagi biomassaning 68%, yaylov ekosistemalari 16%, ishlov
beriladigan erlar 8%ni tashkil etadi. Har yili Er yuzida fotosintez natijasida 173
mlrd.tonna quruq modda hosil bo'ladi. Energetik potentsialning asosiy iste'molchisi
inson hisoblanadi. Quruq modda biomassasini energiyaga aylantirishning eng oddiy
usuli – yondirish. Quruq modda yonishi natijasida issiqlik hosil bo'ladi, issiqlik o'z
navbatida mehanik yoki elektr energiyasiga aylanadi. Quritilmagan biomassadan
energiya olishning eng qadimiy va samarali usuli biogaz (metan) olishdir. Energiya
olish uchun mahsus o'tirladigan qishloq ho'jaligi o'simliklari bor. Ularga tez o'suvchi
darahtlar plantatsiyalari, krahmal va saharozaga boy o'simliklar kiradi. Bu
o'simliklardagi uglevodlar dastlab ekstraktsiyalanadi, keyin mikroblar ishtirokida
bijg'itiladi. Jarayon ohirida etil spirit hosil bo'ladi. Mikroorganizmlarning o'zi ham
energiya manbai bo'lib hizmat qiladi. Masalan,
Botryococcus braunii
suv o'tidan
uglevodorodlar olish istiqbollidir.
Dostları ilə paylaş: