345
Kt - “ Materiallarni xarid qilish va sotib olishni hisobga oladigan schyotlar” –
2500000 sо‘m.
Analitik hisobida materiallarni tashib keltirish bilan bog‘liq bо‘lgan transport-
xarid xarajatlarini A va B mashulotlar orasida taqsimlab, ularning har-birini
haqiqiy tannarxlari topiladi.
Materiallarni tashib keltirish uchun jami 950000 sо‘mlik transport-xarid
xarajatlari qilingan. Bu xarajatlarni sotib olingan materiallarning miqdorlariga
bо‘lib, ularning bir birligiga tо‘g‘ri keladigan transport-xarid xarajatlari summasini
topib olamiz 950000 / 8000 = 118,75 tiyin. Shunday qilib, “A”-mashulotning
haqiqiy tannarxi 338,75 (220 sо‘m + 118,75 tiyin) tiyinni, “B”-mashulotning
haqiqiy tannarxi esa 268,75 (150 sо‘m + 118,75 tiyin) tiyinni tashkil qiladi.
Tovar-moddiy zahiralarni joriy hisobi haqiqiy tannarx baholarida olib
borilganda, ularni asosiy ishlab chiqarish va boshqa maqsadlari uchun
foydalanishga berish yoki chetga sotish buxgalteriya hisobida FIFOusuli bilan,
birinchi partiya kirim-birinchi partiya chiqim, ya’ni dastlab birinchi partiya
bahosidagi mashulot chiqib ketadi, keyin ikkinchi, uchinchi va oxirgi partiyagacha
davom etadi. Bunda, materiallarni korxona omboridan chiqarilishi quyidagi
pravodka bilan rasmiylashtiriladi.
Dt – “Asosiy ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olib schyotlar”
Dt - “Boshqa ma’muriy xarajatlar”
Kt - “Materiallar hisobga olinadigan schyot”
Dostları ilə paylaş: