57
2
Multimediadan maqsadli foydalanish
Ovozli nutqda nima deyishni rejalashtirishni xohlashingiz mumkin. Buning uchun qisqa ssenariy
yozishingiz kerak bo‘ladi. Buni taqdimot loyihasi fayliga qoʻshishingiz mumkin.
Qachonki siz ovozli nutqni taqdimotga
yozishni xohlaganingizda,
Slide Show
menyu oynasidan
Record Slide Show
tugmasini bosishingiz kerak. Siz ovozli nutqni
slaydning boshidan boshlab
ijro etiladigan qilib yoki maʼlum bir slaydda ijro etilishi uchun sozlashingiz mumkin.
Slayd-shouni yozib olish
Record Slide Show
tugmachasini bosganingizdan so‘ng,
siz ekranning
slaydlarni yozish ekraniga o‘zgarganini ko‘rasiz. Ovozli nutqni yozib olishni boshlash uchun
ekranning yuqori burchagidagi
Record
tugmachasini bosing. 3 dan 1
gacha teskari sanoq
boshlanganini koʻrishingiz mumkin. Nutqingizni boshlashdan oldin taymer boshlanishini kuting.
Ovozli nutqingizni yozib tugatganingizdan keyin,
Stop
tugmasini bosing. Yozib olingan ovozli
nutqni
eshitish uchun
Replay
tugmasini bosing.