2022-2023-O’QUV YILI UCHUN ~ 31 ~
83.
DNKda adenindan 380taga guanindan 360taga ko`p vodorod bog` bor bo`lsa
DNKdagi G-S orasidagi vodorod bog`lar sonini aniqlang.(nukleotidlar orasidagi masofa
0,34nm)
84.
DNKda timindan 500taga sitozindan 400taga ko`p vodorod bog` bor bo`lsa DNKdan
sintezlangan i-RNK dagi fosfodiefir bog`lar sonini aniqlang.(nukleotidlar orasidagi
masofa 0,34nm)
85.
DNKning bitta zanjirida 600 ta pirimidin asosi bo'lib, u umumiy nukleotidlarning
20%ini tashkil qiladi. Shu DNK zanjiri dagi fosfodiefir bog‘lar sonini aniqlang.
86.
DNKning bitta zanjirida 800 purin asosi bo'lib,u umumiy nukleotidlarning 32%ini
tashkil qiladi. DNKning uzunligini toping
87.
DNKning bitta zanjirida 660 purin asosi bo'lib, u umumiy nukleotidlarning 33%ini
tashkil qiladi. DNKning qo‗sh zanjiridagi jami purin asoslari sonini toping
88.
DNK fragmentining 3/4 qismidan i-RNK sintezlandi. Agar DNKdagi jami
nukleotidlar soni oqsildagi aminokislotalar sonidan 1200 ga farq qilsa, shu gen joylashgan
DNK fragmentidagi barcha nukleotidlar sonini aniqlang
☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼
II BO`LIM. ENERGIYA ALMASHINUVI. ATF. FOTOSINTEZ. Moddalar almashinuvi – metabolizm – tirik organizmlar tarkibidagi turli-tuman kimyoviy
moddalar xilma-xil riaksiyalar natijasida doimiy ravishda o`zgarib turishi. Moddalar
almashinuvi 3 bosqichda amalga oshadi:
1.
Dastlabki bosqich – oziq moddalarning tirik organizmlar tomonidan o`zlashtirilishi
ya`ni ozuqani hazm bo`lishi;
2.
Oraliq bosqich – hujayrada sodir bo`ladigan jarayonlar;
3.
Oxirgi bosqich – hayot faoliyati natijasida hosil bo`lgan keraksiz mahsulotlarning
tashqi muhitga chiqarilishi;
Moddalar almashinuvi bir-biriga qarama qarshi, lekin o`zaro bog`langan ikki jarayonni
o`z ichiga oladi:
1. Assimilyatsiya – anabolizm – plastik almashinuv – biologic sintez riaksiyalarining to`plami – oddiy moddalardan murakkab moddalarning sintezlanishi – xloroplast plastic almashinuv riaksiyalarida ishtirok etadi. 2. Dissimilatsiya – katabolizm – energiya almashinuvi – yuqori molekulyar moddalarning parchalanishi – murakkab moddalardan oddiy moddalarning hosil bo`lishi – mitoxondriya energiya almashinuv riaksiyalarida ishtirok etadi. Tirik organizmlarda sodir bo`ladigan muhim jarayonlardan biri – bu ularning aerob, ya`ni
kislorodli nafas olishidir. Bu jarayonda murakkab moddalarning kislorod ishtirokida
oksidlanishi natijasida ko`p energiya ajralib chiqadi. Ajralib chiqqan ko`p energiya
organizmlarning morfologik va fiziologik murakkablashishga imkon yaratadi. Nafas