1675167563 BIOLOGIYADAN MURAKKAB MASALALAR JUMAYEV
2022-2023-O’QUV YILI UCHUN ~ 60 ~
a)
diploid to'plarndagi xromosomalardaikkitadan xromatida bo'ladi; b)
gaploidto‗plamdagi xromosomalarda
ikkitadanxromatida bo‗ladi; c) gaploid to'plarndagixromosomalarda bittadan xromatida
bo'ladi;d) diploid to'plarndagi xromosomalarda bittadan xromatida bo'ladi
☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼☼
IV bo’lim. XARDI-VAYBERG QONUNI (Genlarning qaytarilish chastotasi)
Xardi-Vaynberg qonuni - bir gen allellari boʻyicha farq qiluvchi, oʻzaro erkin
chatishadigan populyatsiyalarda allellar va genotipik sinflar uchrashishi tezligining
taqsimlanishini tasvirlovchi qonun .
1908-yilda bir-birlaridan mustaqil holda ingliz matematigi G. Xardi va nemis vrachi V.
Vaynberglar kashf etishgan.
Xardi-Vaynberg qonuniga binoan, mutatsiyaningdek tanlash bosimi, migratsiya va
genlar dreyfi yuz bermaydigan hollarda allellarning oʻzaro shu uchrash tezligi avloddan
avlodga oʻzgarishsiz oʻtadi.
Modomiki, avlodda allellarning uchrash tezligi ota-onalarinikiga oʻxshash boʻlar ekan,
u holda genotiplarning ham uchrash chastotalari oʻzgarishsiz qoladi.
A - allelini "p", a - allelini esa "q" harfi bilan belgilansa, u holda p+q=1 boʻlishi, bu
formula yordamida populyatsiyada A va a allellarining uchrash tezligi;
AA, Aa, aa genotiplarning uchrash tezligini esa p² + 2pq + q² formula yordamida
aniqlash mumkin.
Xardi-Vaynberg qonuni populyatsiyalar genetikasi uchunda ahamiyatga ega. Qonun
populyatsiyalarda
kam
uchrovchi
allellarning
aksariyat
hollarda
geterozigota
organizmlarda saqlanib qolishini koʻrsatib beradi.
Xardi-Vaynberg qonuni tabiiy sharoitda amal qilishi juda qiyin chunki
populyatsiyalarga genetik muvozanatni buzuvchi tashqi va ichki omillar doimo taʼsir etib
turadi. Shu asnoda Xardi-Vaynberg qonunini keyingi populyatsion genetik modellar
yaratishning boshlang'ich shakli sifatida qarash maqsadga muvofiq boʻladi.
Masalan, agar fenilketonuriya kasalligi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda 1:10000 nisbatda
uchrasa va autosom-resessiv irsiylansa, dominant belgi bo‘yicha gomozigota va
geterozigotalarning qanchaligini hisoblab toppish mumkin.
Fenilketonuriya bilan og‘rigan bolaning genotipi q2(aa)=0,0001.
Bu yerda q=0,01. p=1-0,01=0,99.
Geterozigota organizmlarning uchrash chastotasi 2pq.2*0,99*0,01=0,02 yoki 0,2 %
Endi dominant va resessiv belgilar uchrash chastotasini hisoblab topamiz:
AA=p 2=0,992=0,9801 yoki 98 %
Aa=q2=0,012=0,0001 yoki 0,01 %.