2022-2023-O’QUV YILI UCHUN
~ 62 ~
q = 1 – 0,1 = 0,9 yoki p = 0,9 bo‗ladi. AA genotipli individlarning uchrash chastotasi esa
0,81 ga teng bo‗ladi, ya‘ni AA = p
2
= 0,9
2
= 0,81. Aa genotipli individlarning chastotasini
quyidagicha topamiz: Aa = 2 pq = 2 (0,9 x 0,1) = 0,18
Shunday qilib, o‗rganilayotgan populyasiya 81% AA genotipli, 18% Aa genotipli va 1%
aa genotipli individlardan tashkil topgan.
2-masala.
Populyatsiyada A va a genlarining nisbati mos ravishda 0,8 va 0,2 ga teng. Shu
populyatsiyada ikki geterozigotali organizm chatishtirildi va 1800 ta organizm olindi.
Gomozigota va geterozigota organizmlarning o‘zaro nisbatini toping.
A) AA-1200; Aa=400; aa-200 B) AA-450; Aa-900; aa-450
C) AA-1100; Aa-500; aa-200 D) AA-1152; Aa-576; aa-72
Yechilishi: Genlarning uchrash chastotasi Xardi-Vaynberg qonuni tenglamasi bo‘yicha
topiladi:p2+2pq+q2=1. Bu yerda p – dominant gen chastotasi; q – resessiv gen chastotasi.
Berilgan masalada A=0,8; a=0,2 ga. Yuqoridagi tenglama bo‘yicha: 0,82+2*0,8*0,2+0,22
yoki 0,64+0,32+0,04=1
Demak, AA=0,64 (64 %); Aa=0,32 (32 %); aa=0,04 (4 %).
1800 ta avlodni 100 % deb oladigan bo‘lsak, quyidagi nisbat chiqadi:
100 % -------------1800
64 % -------------x=1152 (AA)
100 % -------------1800
32 % -------------x=576 (Aa)
100 % -------------1800
4 % -------------x=72 (aa)
3-masala.
Dengiz cho‘chqalarida junining kaltaligi (A) uzunligi (a) ustidan dominantlik qiladi.
Dengiz cho‘chqalarining populyatsiyasida A gen uchrash chastotasi 60 %, a genniki esa 40
%. Populyatsiyada 3600 ta individ bo‘lsa, nechtasining juni kalta gomozigota(l),
nechtasining juni uzun (2), nechtasining juni kalta geterozigota (3) ?
A) 1-1296; 2-576; 3-1728 B) 1-800; 2-1200; 3-1600
C) 1-1728; 2-1296; 3-576 D) 1-2304; 2-648; 3-648
Yechilishi: Bu masalada ham Xardi-Vaynber
qonuni formulasidan foydalanib,
quyidagi tenglikni chiqaramiz: 0,62+ 2*0,6*0,4+0,42= 1
Bundan 0,36+0,48+0,16=1 chiqadi. Demak, AA=36 %; Aa=48 %; aa=16 %. 3600
ta individni 100 % deb olsak, masalani sharti bo‘yicha quyidagi natija chiqadi :
1. juni kalta gomozigotali individlar(AA)-1296 ta ;
2. juni uzun individlar(aa) – 576 ta ;
3. juni kalta geterozigota individlar(Aa) – 1728 ta.
To‘g‘ri javob – A.