Rahmonqulov Abduhomid
Rozikulovich, Ochilov Og’abek
Narzullayevich
O’QUV FAOLIYATIDA O’QUVCHILAR DIQQATINI
RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
O‘quv jarayonida bolaga har bir daqiqada juda ko‘p omillar ta'sir
etib turadi. Lekin, o‘quvchiga ta'sir etayotgan
bu omillarning hammasi bir
xil aniqlikda aks etmaydi. Ulardan ayrimlari aniq, yaqqol aks etsa,
boshqa
birlari shunchaki juda xira aks etadi, yoki umuman aks etmaydi. Bu esa ana
shu bolaga ta'sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratilishiga
bog‘liqdir. Shuning uchun o‘quvchi diqqati qaratilgan narsa va hodisalar
aniq va to‘la aks ettiriladi.
O‘quvchi o‘quv faoliyatining sifatini ta‘minlaydigan
eng asosiy
vositalardan biri diqqatdir. O‘z faoliyatining samaradorligini oshirish uchun
har bir pedagog diqqat haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lishi kerak.
Quyida diqqat haqidagi nazariy tushunchalar umumiy shaklda o‘z aksini
topgan
Diqqat tushunchasiga olimlar tomonidan bir qator ta'riflar keltirilgan.
P.I.Ivanov tomonidan diqqat deb- ongni bir nuqtaga to‘plab muayyan bir
ob'ektga aktiv qaratilishga aytiladi. E.B.Pirogovaning ta'kidlashicha, diqqat
shunday
muhim jarayonki, u odamning barcha faoliyatlarida, albatta,
ishtirok etadi. Eng sodda faoliyatdan tortib eng murakkab faoliyatni ham
diqqatning ishtirokisiz bajarish mutlaqo mumkin emas.
Shuning uchun
diqqatning inson hayotidagi roli benihoya kattadir. Jumladan, fransuz olimi
Kyuve geniallikni ―chidamli diqqat deb ta'riflashi, K.D.Ushinskiyning
"diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga
kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o’tib kiradi"
degan fikrlari
uning ahamiyatini bildiradi.
Haqiqatdan, ham diqqat eshigidan tashqarida
qolgan narsa ongimizga yetib bormaydi. Diqqat sezish jarayonida,
idrok
qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi.
Diqqat barcha aks ettirish jarayonlarining doimiy yo‘ldoshidir. Diqqat
barcha psixik jarayonlarimizda qatnashsa ham, lekin diqqatning o‘zi hech
narsani aks ettirmaydi. Shu sabab diqqat psixik
jarayonlarning sifatini
ta‘minlovchi vosita hisoblanadi.
Bola o‘quv faoliyatiga zo‘r diqqat bilan kirishgan paytida uning tashqi
qiyofasida ayrim o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. Diqqatning sirtqi, ya'ni
tashqi alomatlari quyidagicha ifodalanadi.