Birinchidan
, diqqat qaratilgan narsani yaxshi
idrok qilish uchun unga
muvofiqlashishga urinishdan iborat harakatlar (tikilib qarash, quloq solish)
qilinadi.
Ikkinchidan,
ortiqcha
harakatlar
to‘xtaydi.
Jiddiy
diqqatning
xususiyatlaridan biri qimirlamasdan jim turishdir. Masalan, auditoriyadagi
jimlik diqqat vaqtidagi harakatsizlik natijasi bo‘lib, bu jimlik o‘quvchilar
o‘qituvchini zo‘r e'tibor bilan tinglashayotganini anglatadi.
Uchinchidan,
kuchli diqqat paytida o‘quvchining nafas olishi sekinlashib
va pasayib qoladi.
Demak, diqqat paytida organizm reseptorlari alohida holatda bo‘ladi.
Ammo, bu holat diqqatning faqat tashqi ifodasi bo‘libgina qolmay,
balki
uning ma'lum yo‘nalishi va barqarorligini saqlab turuvchi shartlardan biri
hisoblanadi.
O‘quvchi ayrim narsalarga o‘z diqqatini ongli ravishda o‘zi xohlab qaratsa,
boshqa bir narsalar diqqatni beixtiyor ya'ni bizning xohishimizdan tashqari
jalb qiladi. O‘quvchi psixik faoliyatining muayyan ob'ektga yo‘naltirilishi
va to‘planishiga qarab diqqat ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan so‘nggi
diqqat turlariga bo‘linadi.
Ixtiyorsiz
diqqat deb, to‘satdan ta'sir qilgan biror sabab tufayli bizning
xohishimizdan tashqari hosil bo‘ladigan diqqatga aytiladi.
Odamning ko‘z o‘ngida paydo bo‘ladigan juda yorqin rangli narsalar,
o‘zining tashqi ko‘rinishi jihatidan odatdagi narsalardan
keskin farq qiluvchi
predmetlar, to‘satdan paydo bo‘lgan qattiq tovush, biror narsaning keskin
harakati va shu kabilar ixtiyorsiz diqqatni
yuzaga keltiruvchi sabablar
bo‘lishi mumkin. Masalan, dars paytida to‘satdan uchib o‘tgan
samolyotning qattiq tovushi hammaning diqqatini beixtiyor o‘ziga jalb
qiladi.
Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qiziqishi bilan bevosita
bog‘liq bo‘lgan diqqatdir. Shuning uchun ham ayni chog‘dagi
ehtiyojlarimiz, qiziqishlarimiz bilan bog‘liq bo‘lgan narsalarning ta'siri
ixtiyorsiz diqqatga sabab bo‘ladi. Masalan, erkin oyin paytida zaldan eshitib
qolgan bolani qiziqtirgan musiqa ovozi uning diqqatini oyindan darhol
o‘ziga jalb qilib oladi.
Ixtiyoriy diqqat deb-oldindan belgilangan qat'iy bir maqsad asosida va ongli
ravishda diqqatimizni ma'lum bir narsa va
hodisalarga qaratishimizga
aytiladi.
Odamning ko‘pchilik faoliyatlari asosan ixtiyoriy diqqatning ishtiroki bilan
amalga oshiriladi. Shuning uchun barcha faoliyat turlarida, ya'ni o‘qish,
oyin va mehnat faoliyatlarida ixtiyoriy diqqatning roli juda kattadir.
Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt mobaynida davom
etadigan diqqat turi bo‘lib, u zo‘r berishni, ya'ni irodaviy kuch sarf qilishni
talab etadi.
Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdan tashqari
uning yana bir alohida turi
ixtiyoriydan so‘nggi diqqat deyiladi. Bu tushuncha psixologiyaga
N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan. Agar maqsadga qaratilgan faoliyatda
o‘quvchi uchun diqqatning ixtiyoriy to‘planganidagi
kabi faqat faoliyat
natijasi emas, balki uning mazmuni va jarayonning o‘zi qiziqarli va
ahamiyatli bo‘lsa, ixtiyoriydan so‘nggi diqqat deb tushunish mumkin.
Ixtiyoriydan so‘nggi diqqat biror narsaga uzoq vaqt davomida juda ham
barqaror qaratilishi bilan belgilanadi.
Shunday qilib, diqqatning ana shu yuqorida ko‘rib o‘tgan
asosiy
xususiyatlari o‘quvchining barcha turdagi faoliyati uchun juda kerakli
xususiyatlardir. Diqqatning ana shu xususiyatlari tufayli o‘quvchi atrofidagi
muhitga, o‘quv faoliyati bilan bog‘liq o‘zgarishlarga tez moslasha oladi.
Diqqatning bu asosiy xususiyatlari o‘quvchiga tug‘ma ravishda, ya'ni
irsiy
yo‘l bilan berilmaydi. Bu xususiyatlar bolaning yoshlik chog‘idan boshlab
oyin, o‘qish faoliyatlari jarayonida va o‘qituvchining ko‘magi asosida tarkib
topib boradi.
Foydalanilgan adabiyotlar royxati:
1. Karimov I.A. ―Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch T:, Ma‘naviyat.
2008
2. Pedagogik mahorat. O‘quv –metodik qo‘llanma. TDPU.T., 2005
3. Ishmuhamedov R. Yuldashev M. Ta‘lim va tarbiyada innovatsio
texnologiyalarT.: Nihol. 2013