398
ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI FANIDAN SINFDAN
TASHQARI TO‘GARAK ISHINI TASHKIL ETISH
Xujamiyarova Uldan Alimuratovna,
Toshkent viloyati
48- maktabning oliy toifali
boshlang’ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya
: ushbu maqolada 1-2-sinflarda ona tili va o’qish savodxonligi
fanidan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish usullari bayon qilingan. Shuningdek, ona
tili va o’qish savodxonligi fanidan bilimlarni turli didaktik o’yinlar orqali o’quvchilarda
XXI asr ko’nikmalarini shakllatirish usullari ko’rsatib o’tilgan.
Kalit so‘zlar:
sinfdan tashqari ishlar, ona tili va o’qish savodxonligi, to’garak
ishi,
Yosh avlodni hozirgi zamon fani bilan qurollantirish orqali ularning aqliy jihatdan
maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta‘lim – tayanch maktablar oldida
turgan eng muhim vazifalardan biridir. Bu vazifani hal etishda sinfdan tashqari ishlarning
o‘rni benihoya katta.
Ona tili va o’qish savodxonligi fanidan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning
mazmuni dars mashg‘ulotlarida egallangan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishda
qaratilgan bo‘lishi kerak. Shundagina sinfdan tashqari mashg‘ulotlar dars
mashg‘ulotlarining mantiqiy davomi bo‘lib xizmat qila oladi. Sinfdan tashqari
mashg‘ulotlar deganda ko‘pincha yuqori sinflar nazarda tutiladi. Lekin ilg‘or
tajribalarning tasdiqlashicha, boshlang‘ich sinflarda ham sinfdan tashqari turli – tuman
formalarda mashg‘ulotlar olib borishning potensial imkoniyatlari mavjud.
Bu imkoniyatlardan foydalanish o‘qitishda boshlang‘ich va yuqori sinflar
uzviyligini ta‘minlaydi. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni olib borishda
o‘quvchilarning nutq madaniyatini va matematik tafakkurini shakllantirishga kompleks
holda yondashish talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |