Komenskiy boshlang’ich umumiy ta’lim g’oyasini ilgari surdi. U
kambag’allarning bolalaridagi iste’dod bilim olmasligi tufayli halok bo’ladi deb
g’azablanardi.
Komenskiy fikricha, tarbiyaning uch bosqichi va uch vazifasi mavjud:
1. O’zini va tevarak atrofidagi olamni bilish (aqliy tarbiya).
2. O’z-o’zini boshqarish (axloqiy tarbiya).
3. Xudoni tanishga intilish (diniy tarbiya).
Komenskiyning O’rta asr pedagoglaridan farqi shuki,
u birinchi vazifaning
bajarilishiga katta e’tibor berdi. Tarbiyaga yuksak baho berdi. Inson tarbiya
tufayligina insonga aylanadi, u har qanday bolani ham odam qilishi mumkin,
deydi.
Komenskiy birinchi bo’lib
ko’rsatmalilik tamoyilini
asoslab berdi. U
mumkin bo’lgan narsalarning o’zini, mumkin bo’lmaganlarda esa rasmlardan
foydalanish kerak, deb ko’rsatadi. O’sha davrgacha to’plangan ko’rsatmalik
tamoyili asosidagi bilimlarni umumlashtirdi, guruhlashtirdi va kengaytirdi, amalda
keng qo’lladi.
Komenskiy o’qitishdagi dogmatik usulga qarshi chiqdiv a
onglilik
tamoyilini ilgari surdi. U ta’limning
tizimli
bo’lishini talab qildi. Uning fikricha,
ta’limda
izchillik
tamoyili katta ahamiyatga ega. O’quvchilarning kuchi yetadigan
narsani o’qitish
kerak deb
didaktik
tamoyilni ilgari surdi. Komenskiy
o’qitilayotgan
materialni
o’quvchilarning
mustahkam,
asosli
ravishda
o’zlashtirishlariga katta e’tibor berdi. Shuningdek, ovoz chiqarib takrorlashning
ahamiyati kattaligini, o’quvchilarning qobiliyatini o’stirishi, nutqining rivojlanishi
va rovon bo’lishi, o’quvchilarning bilish qobiliyatini
imkon boricha kuchliroq
o’stirishga harakat qildi.
Komenskiy barcha askarlarida, jumladan «Buyuk didaktika» asarida tarbiya
tabiat bilan uyg’un bo’lishi kerak, degan fikrni ilgari suradi. U tarbiyaning tabiatga
uyg’un bo’lish tamoyilini birinchi bo’lib yaratdi. Bu tamoyil XVIII-XIX asr
pedagoglari tomonidan ham qayta-qayta takrorlandi.
Komenskiy inson tabiatning bir qismidir, shuning uchun ham u tabiatga
bo’ysunadi deb hisobladi. U «Buyuk didaktika» asarida
bayon qilgan fikrlarning
barchasi pedagogik tajribalari, orttirgan bilimlari bilan qimmatlidir. Bu asar din
bilan sug’orilgan bo’lsa-da, unda tarbiyaning umumiy qonuniyatlarini isbotlab
berishdagi fikrlari va ko’rsatmalari diqqatga sazovordir.
U o’z asarlarida bolaga tarbiya berishda inson tabiatiga (tug’ma belgilariga)
e’tibor berishligini ko’rsatadi. U inson tabiatiga asoslanib, bolaning yosh davrlarini
oralig’i 6 yildan bo’lgan 4 davrga ajratadi:
1) Go’daklik davri (tug’ilgandan 6 yoshgacha bo’lgan davr).
2) Bolalik davri (6 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan davr).
3) O’smirlik davri (12 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan davr).
4) Yetuklik (balog’at) davri (18 yoshdan 24 yoshgacha bo’lgan davr).
Komenskiy birinchi davrda bola jismoniy jihatdan o’sadi,
ikkinchi davrda
eslash qobiliyati, xayol ularning ijrochilari bo’lgan til va qo’l rivojlanadi,
uchchinchi davrda bulardan tashqari tafakkur yuksak darajada o’sadi, to’rtinchi
davrda esa iroda va uyg’unlikni saqlash qobiliyati o’sadi, deb ko’rsatadi.
Komenskiy bu bosqichlar bir-biri bilan uzviy bog’langan, biri-birining
davomidir. U umumiy maktab bo’lishi kerak, deb
demokratik tamoyilni ilgari
suradi. 6 yoshgacha bo’lgan bolalar ijtimoiy hayot, tabiat, uy-ro’zg’or buyumlari
to’g’risidagi dastlabki tushunchalarga ega bo’lishi kerak. Bu yoshdagi bolalarda
insonparvarlik,
mehnatsevarlik, rostgo’ylik, kattalarga hurmat, ozodalik kabi
xislatlar tarkib toptirilishi kerak.
Komenskiy dunyoda birinchi marta tarbiyaga doir «
Dostları ilə paylaş: