O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM VA TARBIYAVIY ISH YO’NALISHI
«UMUMIY PEDAGOGIKA» FANIDAN
«Yan Amos Komenskiyning pedagogik tizimi»
MAVZUSIDAGI
Bajaruvchi: 1-bosqich talabasi I.Aktomonova
Ilmiy rahbar: Sh.O’roqov
Kurs ishi pedagogika kafedrasida bajarildi.
Kafedra mudiri:
dots. A.Abdumannotov
Kurs ishi kafedraning 2013-yil ___ iyunda bo’lib o’tgan ___-sonli majlisida
himoya qilindi va ______ foizga baholandi
Komissiya raisi: _____________
A’zolari:
_____________
_____________
_____________
_____________
SAMARQAND – 2013
KIRISh
Мавзунинг долзарблиги.
Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so’zlagan nutqida
ta’kidlanganidek, «Mamlakatimizning istiqlol yo’lidagi birinchi qadamlardanoq,
buyuk ma’naviyatimizni
tiklash va yanada yuksaltirish, milliy ta’lim-tarbiya
tizimini takomillashtirish, uning milliy zaminini mustahkamlash, zamon talablari
bilan uyg’unlashtirish asosida jaxon andozalari va ko’nikmalari darajasiga
chiqarish maqsadiga katta ahamiyat berib kelinmoqda»
1
.
Pedagogika nazariyasidan har bir bo’lg’usi o’qituvchi-bakalavr,
qaysi fan
mutaxassisi bo’lib yetishishidan qat’iy nazar o’quv-tarbiyaviy faoliyatni
muvaffaqiyatli olib borishi uchun zarur bo’lgan pedagogik bilimlar va
ko’nikmalarning umumiy xajmini, o’qituvchi-murabbiyga xos umumiy kasbiy va
shaxsiy fazilatlarni shunindek ta’lim va tarbiya nazariyalarini egallashlari lozim.
Ayni paytda o’rta maxsus va kasb xunar ta’limi o’qituvchilarining o’ziga xos
xususiyatlari ham mavjud. Shunga ko’ra xar bir mutaxassis-o’qituvchi
shaxsi
o’ziga xos betakrordir va bu xolat o’z navbatida bakalavr-bo’lhusi o’qituvchilarni
pedagogikadan tayyorlash mazmuni, umumiy va o’ziga xos jihatlari va
aloqadorligi o’zaro uyhunlikda namoyon bo’ladi.
Ta’lim nazariyasi talabaning umumpedagogik bilim darajasini kengaytiradi,
pedagogik merosimizga xurmat bilan munosabatda bo’lishga o’rgatadi. Ta’lim va
tarbiya nazariyasi va amaliyoti, tarbiya va ta’lim, uning rivojlanish jarayoni
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va har
bir tarixiy bosqichda ilmiy
bilimlar darajasi bilan bohliqligi to’hrisida aniq tasavvur hosil qiladi. Bo’lajak
o’qituvchi pedagogika tarixi kursini o’rganish davomida boshqa psixologik-
pedagogik o’quv fanlari, pedagogik tushunchalar yuzasidan fikr yuritadi hamda
ularning mohiyatini tushuna boradi.
Yan Amos Komenskiy progressiv g’oyalari bugungi kunda mustaqil
O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi islohotlari,
uning maqsad
vazifalari bilan o’ziga xos uyg’unlikni ko’rsatdi.
Aynan ilm-ma’rifat orqali jamiyatdagi progressiv yo’nalish asosi portlash
effektini amalga oshirish Prezidentimiz I.A.Karimovning asosiy g’oyalaridan biri
hisoblanadi.
Ta’lim mazmunini standartlashtirish, yangi pedagogik texnologiyaga
asoslanish Yan Amos Komenskiy o’z davrida ilgari surgan progressiv g’oyalarning
davomidir
U yoki bu pedagogik konsepsiyalar, ta’limotlarni
tavsiflaganda shu
ta’limotlar ijodkorining hayoti va faoliyatidagi eng muhim voqyealarni asos qilib
olish nazarda tutiladi.
Respublikamizning
hozirgi
davrdagi
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish
tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o’rin olish
uchun ma’naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni
XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni
talab qiladi. Buning uchun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz dunyoqarashini
o’zgartirish, ularning bilim va ma’naviyatlarini jahon andozalari darajasiga
ko’tarish zarur. Bunday murakkab ijtimoiy vazifani hal etishda
boshqa fanlar qatori
ilmiy asosga qurilgan milliy pedagogika zimmasiga katta mas’uliyat tushadi.
«Ta’lim to’g’risida»gi Qonunda: «O’zbekiston Respublikasi ta’lim
to’g’risidagi siyosatini umuminsoniy qadriyatlarni, xalqning tarixiy tajribasini,
madaniyat va fan bobida ko’p asrlik an’analarini, jamiyatning istiqboldagi
rivojlanishini hisobga olgan holda yurgizadi», — deyilgan.
Shu bilan bir qatorda, ta’lim
va tarbiya bilan hamma, ya’ni butun jamiyat
a’zolari shug’ullanishlari kerak ekanligini ham hayotning o’zi ko’rsatdi. Bu
mas’uliyatli vazifada o’z faoliyatini ta’lim-tarbiya sohasiga bag’ishlagan kishilar
bilan bir qatorda jamiyatning bilimli va obro’-e’tiborli a’zolari, oliy ma’lumotli
mutaxassislar o’z hissalarini qo’shishi kerak. Chunki ular o’zlarining bilimlari va
yuqori malakalari bilan mehnat jamoalarida katta e’tiborga egadirlar. Xamma
joyda ularning so’zlari yuqori ta’sir kuchi bilan ajralib turadi.