O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 492,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix17.09.2023
ölçüsü492,24 Kb.
#144733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
yan amos komenskiyning pedagogik tizimi (1)

Izchillik tamoyilida
— fan asoslarini izchil bayon qilish va sistemali 
tarzda o’rgatish talab etiladi. Izchillik tamoyilida, kun, oy, yilga vazifa qo’yish va 
uni amalga oshirish uchun intilish kerakligi aytiladi. Bunda aniq vaqtni belgilash, 
o’qishning bola yoshiga mos bo’lishi, material izchillik bilan o’rganilishi, ya’ni 
bugungi material ertagi bilan bog’lanishi va keyingi o’tiladigan materialga yo’l 
ochish kerak. 
Komenskiy 
materialni mustahkam, asosli o’zlashtirib olishlariga
katta 
ahamiyat berib, «mustahkam asos» vujudga keltirish, o’qitilayotgan narsalarni bir-
biriga bog’lagan holda olib borish lozim, deydi. Har bir mavzu qisqa, aniq qoidalar 
asosida berilishi kerak. O’tilgan materialni mashq qildirish va takrorlatish 
o’quvchilarning materialni mustahkam o’zlashtirishiga olib keladi. Takrorlangan 
dars materiali esda yaxshi saqlanib qoladi. Ovoz chiqarib takrorlashning foydasi 
ko’pligini ko’rsatadi. Mashqlar o’rnida bir qancha qoidalarni belgilab, takrorlash 
yo’llarini aniqlab beradi. O’qitishda taqrib bilan tahlilni bir-biriga qo’shib olib 
borish kerakligini ko’rsatadi. 
Komenskiy maktablarda mashq qilish bilan yozishni, nutqni mashq qilish 
bilan gapirishni, ashulani mashq qilish bilan ashula aytishni, xulosalar chiqarib 
berish yo’li bilan xulosalar chiqarishni va shu kabilarni o’rgansinlar, toki maktab 
ishi qizib turgan bamisoli bir ustaxona bo’lsin deydi. Shuningdek, u 
o’quvchilarning bilish qobiliyatini o’stirishga, bilimga bo’lgan ishtiyoqini 
kuchaytirishga va ilm ishiga bo’lgan g’ayratini oshirishga intildi. 


Sinf — dars tizimi.
Komenskiy o’qituvchi butun sinf bilan jamoa bo’lib 
ish olib borishini, ya’ni sinf — dars tizimida o’qitishni olib borishni tavsiya etdi. 
Komenskiy sinf — dars tizimini ishlab chiqadi. Dars vaqtida o’tgan darsni 
qaytarish, yangi mavzuni tushuntirish, mustahkamlash, uyga vazifa berish 
kerakligini ko’rsatadi. Darsni rejalashtirish va olib borish to’g’risida ko’rsatmalar 
beradi. Har bir darsning o’z mavzusi va o’z vazifasi bo’lishini aytadi. O’qituvchi 
o’quvchilarning dars mashg’ulotlarida faol qatnashishlarini ta’minlashi, kuzatib 
borishi, sinfda intizom saqlanishi kerakligini uqtiradi. O’quv jarayonini tashkil 
qilishni haddat tashqari oshirib yuborib, o’qituvchi bir vaqtda 300 o’quvchi bilan 
dars olib borishi mumkin, deb hisobladi. O’qituvchi o’ziga yaxshi o’quvchini 
yordamchi qilib olishi mumkinligini aytadi. 
U maktabda o’quv yili va uni o’quv choraklariga bo’lish, ta’tillar berilishini 
kiritdi. O’quv kunini (ona tili maktabida 4 soat, lotin maktabida 6 soat) belgilab 
berdi. O’quvchilar maktabga bir vaqtda qabul qilinib, o’qish kuzda (sentyabrda) 
boshlanishi kerak, deb hisobladi. 
Komenskiy darslik qanday bo’lishi to’g’risida qimmatli fikrlar aytib, o’z 
zamonasi uchun namunali bo’lgan bir necha darsliklar yozdi. O’zining nazariy 
fikrlarini darsliklarida amalga oshirdi. Darslikda o’quv materiali yetarlicha 
bo’lishi, qisqa, mazmunli, tushunarli, izchil berilishi kerak. Darslik oddiy, 
bolalarga tushunarli tilda yozilishi, rasmlarga boy bo’lishi kerak. Darslikdagi 
material muntazam tartib bilan joylashtirilishi, bolalarning yoshiga qarab ravshan 
bayon etilishi shart, deydi. Bu fikrlarni o’zining 

Yüklə 492,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin