Tadqiqotning maqsadi:
Ta’lim nazariyalarining mohiyati va
ularning asoschilari hamda
Ya.A.Komenskiyning pedagogik tizimi mohiyatini tahlil qilish
Tadqiqot obyekti:
Zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llaniladigan
ta’lim nazariyalari va ularning mohiyati
Tadqiqot predmeti:
Ya.A.Komenskiyning pedagogik tizimi
Tadqiqot vazifalari:
1. Yan Amos Komenskiy hayoti va faoliyatini yoritish
2. Yan Amos Komenskiy yashagan davr va uning ijtimoiy qarashlarini tahlil
qilish
3. Yan Amos Komenskiyning pedagogik faoliyati, sinf-dars tizimining
yaratilishini tadqiq etish.
Ishning metodologik asoslari:
Respublikamizning ta’lim sohasidagi
qarorlari, Prezidentimiz I.A.Karimovning Oliy Majlisning IX sessiyasida
so’zlagan «Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» nomli
nutqi, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda «Barkamol avlod yili»
Davlat dasturi, «Pedagogika» va «Pedagogik tarixi»
faniga oid darslik va
qo’llanmalar, shuningdek ta’lim nazariyalari mohiyatini yorituvchi
tadqiqotlar.
ASOSIY QISM
1. Yan Amos Komenskiy hayoti va faoliyati
Chexoslovakiyalik gumanist-pedagog Yan Amos Komenskiy pedagogika
ilmning poydevorini qurgan, uning keyingi rivojlanish yo’llarini ko’rsatib bergan,
o’zining
ongli hayotini, amaliy pedagogik faoliyatini bolalarni o’qitish va
tarbiyalashdek olijanob ishga bag’ishlagan ulug’ pedagogdir.
Buyuk chex pedagogi Ya.A.Komenskiy 1592 yil 28 mart «Ugorskiy Brod»
degan joyda Moraviyada tegirmonchi oilasida dunyoga keladi. Uning oilasi
ruhoniy «Chex qardoshlari» jamoasiga tegishli bo’lib, bu jamoa Chexiyaning
ozodligi uchun kurashuvchi vatanparvarlarni o’z atrofiga to’plagan edi.
Komenskiy
ota-onasidan ajralib, ancha vaqt o’qiy olmaydi, 16 yoshida
«Chex qardoshlari» jamoasining yordami bilan lotin maktabiga o’qishga kiradi, bu
yerda u tarbiya tizimining yomonligini, o’quv metodlarining yaramasligini ko’radi
va tushunadi. «Men o’sha vaqtdayot tarbiya masalasida mamlakatimni orqada
ekanligini ko’rdim. Men o’sha davrdayoq fan va tarbiya hammaga tegishli bo’lishi
kerakligi o’yladim»— degan edi Komenskiy.
Maktabni tugatgach Xorborni
universitetiga (Germaniyada) o’qishga kiradi, uni tugatgach Geydelberg
universitetida ma’ruza kursini tinglaydi, bu universitetda o’sha davrda ilg’or
professorlar ishlardi.
Komenskiy Avstriya, Gollandiyada bo’lib iqtisodiy, siyosiy
va madaniy turmushni o’rganadi.
Shuningdek, o’zining ilmi va dunyoqarashini
kengaytiradi.
O’sha davrda urush alohida knyazliklar orasida tez-tez bo’lib turar edi. 30
yillik urush (1618—1648) davomida chex qardoshlari jamoasi o’zining
mustaqilligi uchun kurashishi sababli nemis dvoryanlari tomonidan haydaladi.
Haydalish natijasida Komenskiy xotini va bolasidan juda bo’ladi. Qo’lyozmalari
yo’qoladi.
«Chex qardoshlari» ko’chib kelib o’rnashgan Polshadagi Leshno shahrida
Komenskiy qardoshlik maktabiga rahbarlik qiladi, u yerda gimnaziya tashkil etadi.
U o’zining qariyb 80 yillik umri davomida pedagogika, ta’lim-tarbiya, falsafa,
ilohiyotga oid 250
dan ortiq asarlar, darsliklar yaratdi. Bulardan yiriklari: «Tillar
va hamma fanlarning ochiq eshigi» (1631), «Buyuk didaktika» (1632), «Onalar
maktabi» (1632), «Pansofiya maktabi» (1651), «Yaxshi tashkil etilgan maktab
qonunlari» (1953), «Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan narsalarning suratlari»
(1658) nomli asar va darsliklar. Shuningdek, logika, fizika, lotin tili, grek tili kabi
kitoblar yozadi. Darsliklari hayotlik davridayoq ko’p tillarga tarjima qilinib,
Komenskiyning nomini butun dunyoga tanitadi.
Komenskiy «Kishilik jamiyati ishlarini yaxshilash haqida hammaga talluqli
maslahat» nomli 7 jildli katta asar yozdi (U hayot ekanligi vaqtida hammasi bo’lib
2
jildi bosilib chiqdi, qolgan jildlari esa faqat 1935 yilda topildi va
Chexoslovakiyada chop qilindi). Bu asarida «Hammani va hamma narsada har
tomonlama tuzatish»ning insonparvarlik va demokratik dasturini belgilab chiqdi va
kishilik jamiyatini isloh qilish rejasini ilgari surdi.
«Buyuk didaktika» asarida
Dostları ilə paylaş: