Reja Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodi Ba’zi asarlarining yara-fayllar.org
Reja: Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodi Ba’zi asarlarining yaratilish tarixi
REJA: 1. Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodi
2. Ba’zi asarlarining yaratilish tarixi
3. Abu Rayhon Beruniyga bo’lgan hozirgi munosabat Abu Rayhon Beruniy
Turkistonlik ulugʻ alloma abu Rayhon Beruniy ota-onasidan juda yosh yetim qolgan va Iroqiylar
xonadonida tarbiyalangan. Iroqiylarning oxirgi vakili Xorazmshoh, Abu Abdulloh Muhammad
ibn Ahmad ibn Iroq hisoblanadi. Xorazmshohning jiyani — amakisining oʻgʻli Abu Nasr Mansur
ibn Iroq Beruniyning ustozi edi. Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar — astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya edi. U oʻzining „Geodeziya“
asarida 990-yil Kat shahrining geografik kengligini aniqlaganini yozadi. Maʼlumki, geografik
kenglikni aniqlash uchun geografiya, matematika va astronomiyadan yetarlicha bilimga ega
boʻlish lozim. 995-yil Katni, Xorazmning ikkinchi poytaxti, Gurganj (Urganch)ning amiri Maʼmun
ibn Muhammad bosib oladi. Beruniy Iroqiylar xonadoniga mansubligi uchun Maʼmunning
gʻazabidan qochib, Ray shahriga (hozirgi Tehron yaqinida) keladi. U Rayda mashhur olim —
matematik va astronom al-Xoʻjandiy, tabib va faylasuf ar-Roziylar bilan tanishadi. Beruniy
Rayda oʻzining „Al-Faxriy sekstanti“ risolasini yozadi. 997-yil Beruniy Katga qaytdi. Bu davrda
Xorazmda oʻzgarishlar boʻlib, Maʼmun vafot etib, uning oʻrniga Ali ibn Maʼmun taxtga chiqqan
edi. 998-yil Beruniy Jurjonga keldi. U Jurjonda 1004-yilgacha yashaydi. Oʻzining oʻn beshga yaqin
asarini shu yerda yaratdi. Jumladan, olimning „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ asari