|
O‘rta Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Fargʻoniy, Habash Xasib, Marvaridiy kabi olimlar turli
|
səhifə | 5/10 | tarix | 07.01.2024 | ölçüsü | 21,83 Kb. | | #207476 |
| Reja Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodi Ba’zi asarlarining yara-fayllar.org
O‘rta Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Fargʻoniy, Habash Xasib, Marvaridiy kabi olimlar turli
sohalarda ish olib borganlar. Beruniy ham shu „Donishmandlik uyi“ning aʼzosi boʻlib, u yerda 7
yil ishlagan. Uning yozishicha, xalifa Maʼmun buyrugʻiga binoan „Donishmandlik uyi“ning olimlari
ikki guruhga boʻlinib, Iroqning Mosul shahri gʻarbidagi Sanjar sahrosida gradus oʻlchash usuli
asosida Yer kattaligini aniqlashga kirishishgan, bunda Xolid al-Marvaridiy bir guruhga, Abu
ibn Iso as Asturlobiy ikkinchi guruhga rahbarlik qilgan. Har qaysi guruh oʻzi oʻlchab topgan
natijalar boʻyicha bir gradus meridian yoyning uzunligini hisoblagan. Birinchi guruhdagilarning
hisoblashicha, bir gradus meridian yoyning uzunligi 111,815 kilometrga teng chiqqan, ikkinchi
guruh topgan qiymat 1315 metr kam boʻlgan. Beruniy natijalar oʻrtasidagi bu tafovutning sababi
ikki xil oʻlchashda, deydi va oʻzi bu natijalarni tekshirib koʻrishga qiziqib, gradus oʻlchash ishlarini
olib bormoqchi boʻladi. Buning uchun u Dehiston dashtini (Kaspiy dengizining janubi-sharqiy
qismi) tanlagan, lekin yordamchisi va yetarli mablagʻi yoʻqligi uchun bu ishni amalga oshira
olmagan. Yer oʻlchamini gradus oʻlchovi usuli bilan aniqlash uchun maʼlum kenglikda tekis joy
kerak boʻladi va bu yerda bir necha oʻn kilometr aniq oʻlchanishi lozim. Bu ish koʻp vaqt, katta
mablagʻ va puxta tayyorgarlik talab qilardi. Bu haqda Beruniy: „Yer aylanasi uzunligini sahroni
kezib yurmasdan quyidagicha aniqlash mumkin. Buning uchun dengiz sohilidagi yoki tekis
joyda qad koʻtarib turgan baland toqqa koʻtarilib quyosh chiqishi yoki botishi oldidan quyosh
gardishining yarmi ufq orasida boʻlgan vaqtda doirali armillyar asbob bilan uning pasayish
Dostları ilə paylaş: |
|
|