|
boʻldi. Xorazmning yangi xukmdori Abu Abbos Maʼmun ibn Maʼmun Beruniyni oʻz saroyida katta
|
səhifə | 9/10 | tarix | 07.01.2024 | ölçüsü | 21,83 Kb. | | #207476 |
| Reja Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodi Ba’zi asarlarining yara-fayllar.org
boʻldi. Xorazmning yangi xukmdori Abu Abbos Maʼmun ibn Maʼmun Beruniyni oʻz saroyida katta
izzat-hurmat bilan qabul qiladi. Maʼmun rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat
koʻrsatish bilan birga siyosiy jarayonlarda ham Xorazmshohning yaqin maslahatchisiga aylanadi.
Xorazmning Mahmud Gʻaznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini xavf ostiga qoʻydi. U
Xorazmshoh saroyidagi aksariyat olimlar, jumladan, ustozi Abu Nasr ibn Iroq, Abul-Xayr Hammarva boshqalar bilan birga Gʻazna shahriga olib ketiladi. Maʼlumki, Xorazm ilmiy mazkazidagi
olimlardan faqat Ibn Sino va Abu Sahl Masihiylar Mahmud Gʻaznaviy zulmidan havotirlanib,
Gʻaznaga emas, Joʻrjonga qarab yoʻl olgan edilar. Beruniyning 1017—1048 yillarda Gʻaznada
kechirgan hayoti moddiy va siyosiy jihatdan mashaqqatli boʻlishiga qaramasdan, uning ilmiy
faoliyati uchun mahsuldor davr boʻldi. U Mahmud Gʻaznaviy saroyida kechgan dastlabki yillarda
astronomiya va geodeziya masalalariga katta eʼtibor berdi.
Yerning aylana uzunligini oʻlchash.
Muallifning ilmiy adabiyotlarda qisqacha „Geodeziya“ deb yuritiladigan „Turar joylar orasidagi
masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarni aniqlash“ nomli astronomiya va
geografiyaga bagʻishlangan asari 1025-yilda yozib tugatildi. Beruniyning „Munajjimlik sanʼatidan
boshlangʻich tushunchalar“ asari ham 1029-yilda Gʻaznada yoziladi. Oradan bir yil oʻtgandan
soʻng u oʻzining „Hindiston“ nomi bilan tanilgan „Hindlarning aqlga sigʻadigan va sigʻmaydigan
taʼlimotlarini aniqlash“ kitobini yakunlaydi. Bunda Beruniy hozirgi Amerika qitʼasini mavjudligini
Kolumbdan bir necha asr avval ilmiy asoslab bergan. Bu shoh asarning vujudga kelishiga
Dostları ilə paylaş: |
|
|