bayon etilgan. Beruniyning matematikaga va fanning boshqa sohalariga qoʻshgan hissasini
yozib qoldirgan 100 dan ortiq asaridan ham koʻrish mumkin. Ulardan eng yiriklari — „Hindiston“, „Yodgorliklar“, „Qonuni Masʼudiy“, „Geodeziya“, „Mineralogiya“ va „Astronomiya“. Qolganlarini
quyidagicha taqsimlash mumkin: matematikaga doirlari — 22 ta; astronomik asboblar haqida — 10 ta; astrologiklari — 21 ta; turli fanlar (fizika, mineralogiya, adabiyot, tarix va boshqalar) —
38 ta; turli tillardan tarjima asarlar — 21 ta. Beruniyning bu asarlaridan atigi 30 ga yaqini bizning
kunlargacha yetib kelgan. Beruniy yoshligidayoq koʻp vaqtini turli kuzatishlar bilan oʻtkazgan.
U bolaliastronomik asbob yasagan. Xorazmning turli joylari koordinatalarini aniqlash bilan
shugʻullangan va 995—996-yillarda Kat shahrida diametri 15 ziroʻ (Ziroʻ — qadimgi oʻlchov birligi,
49 santimetr chamasida) boʻlgan doira va boshqa asboblar bilan astronomik oʻlchash ishlarini
olib borgan. Beruniyning 152 asari maʼlum boʻlib, bizgacha uning faqat 30 tasi yetib kelgan. Jami
falsafaga, 18 tasi adabiyotga bagʻishlangan. U 50 yoshida qadimiy sanskrit tilini oʻrgandi, bundan
tashqari, fors, arab, yahudiy, grek tillarini ham bilar edi.Beruniyning boy ilmiy merosi hali toʻla oʻrganilmagan. Beruniy yirik olim Abu Nosir ibn Iroqdan
Evklid geometriyasi, Ptolemeyning astronomik taʼlimotlari boʻyicha dars olgan. 995-yilgacha
u astronomiya, geografiya, geodeziya amaliy masalalarini hal etish bilan birga Yer va osmon