globusini yasadi hamda astronomiyaga oid bir necha kitoblar yozdi.
Olimning ana shunday asarlaridan biri „Geodeziya“ 1025-yilda yozib tugatilgan. Bu asar „shaharlar orasidagi masofalarni aniqlash uchun joylarning chegaralarini belgilash“ga doirdir.
Kitobning 4-bobi oxirida Beruniy Yer aylanasining kattaligini oʻlchash haqida fikr yuritgan.
Qadimdan insonlar Yerning shakli va kattaligini bilishga qiziqqanlar va turli xalqlar Yer shaklini
turlicha tasavvur qilishgan.
Miloddan avval oʻtgan Pifagor, Arastu, Arximed, Eratosfen kabi buyuk olimlar Yer dumaloq
va shar shaklida degan fikrni aytganlar. Jumladan, miloddan avvalgi 250-yilda iskandariyalik
olim Eratosfen Yer shar shaklida deb, uning oʻlchamlarini quyidagicha aniqlagan. Iskandariya
bilan Sienya (hozirgi Asvon) shaharlari orasidagi masofani karvonlarning yurish muddati bilan
oʻlchaydi, keyin bu qiymatni ikki shahar kengligining ayirmasiga boʻladi va Yer radiusini 6840
kilometr deb chiqaradi. Bu gradus meridian yoyining uzunligi esa 119,444 boʻladi yoki meridian
yoyining uzunligi 70 121 ga tengligini aniqlab, bu yoy meridian aylanasi uzunligining 1/50 qismi
ekanligini hisoblagan. Yer meridian aylanasining uzunligi 39500 kilometrga yaqin boʻlsa kerak,
degan fikrga kelgan. Eratosfendan soʻng Misr, Xitoy va yunon olimlaridan bir qanchasi Eratosfen
oʻlchagan usul bilan Yerning kattaligini aniqlaganlar. O‘rta asrlarda Yerning hajmini aniqlashda
yurtimizdan yetishib chiqqan olimlarning xizmatlari katta boʻlgan. Muso Muhammad al-Xorazmiy
bir gradus meridian yoyning uzunligi 111,8 kilometrga tengligini isbotlab bergan.
Bagʻdodda tashkil topgan „Donishmandlik uyi“ nomli oʻsha davrning fanlar akademiyasida