fizika va mineralogiyaning baʼzi masalalari bilan shugʻullandi. Minerallarni aniqlash, ularni tizimga
solishda solishtirma ogʻirliklardan foydalanish gʻoyasi ham mana shu yerda tugʻildi. 1017-yil
yozida Mahmud Gʻaznaviyning buyrugʻiga koʻra Beruniy asir sifatida Gʻaznaga olib ketildi. U yerda
ogʻir sharoitda yashadi. 1019-yildan keyin ilmiy ish bilan shugʻullanish sharoitiga erishdi. 1022 —1024-yillarda Mahmud Hindistonga qilgan yurushida Beruniyni oʻzi bilan olib ketdi. Safarda
ham Beruniy ilm bilan shugʻullandi. U Panjobdagi Nandna qalʼasi yonida yer shari meridianini bir
gradusining uzunligini oʻlchadi va u 110,895 km. ekanini aniqladi. Bu maʼlumot hozirgi zamon
oʻlchashlari natijasi — 111,1 km bilan taqqoslansa, Beruniy oʻlchashlarining aniqligi qay darajada
ekani koʻrinadi.
U Hindistonda boʻlajak asari „Hindiston tarixi“ uchun maʼlumot yigʻdi va uni 1030-yil yozib tugatdi.
Oʻsha yili Mahmud vafot etdi va uning oʻrniga oʻgʻli Masʼud taxtga chiqdi. Masʼud Beruniyga
koʻp iltifotlar koʻrsatdi. Shu sababli, Beruniy oʻzining shoh asarini Masʼudga bagʻishlab „Qonuni
Masʼudiy“ deb atadi. Bu asar asosan astronomiyaga oid boʻlsa ham Beruniyning matematikaga