kumush tangalar hadiya etadi. Yoqut Al-Xamaviyning fikricha „Masʼud qonuni“ kitobi matematika
va astronomiya boʻyicha ungacha yozilgan barcha kitoblarning izini oʻchirib yuborgan.
Olim Sulton Masʼudning oʻgʻli Mavdudning hukumronlik yillarida (1041—1049) oʻzining „Mineralogiya“ va „Farmakognoziya“ deb atalgan ikki asarini yozadi. Ularning har biri mazkur
sohalardagi betakror asarlardan boʻlib, jahon madaniyatiing noyob durdonalaridan hisoblanadi.
Abu Rayxon Beruniy 1048 yili Gʻaznada vafot etadi. Olim yozib qoldirgan 150 ga yaqin asarlari