O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 492,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix17.09.2023
ölçüsü492,24 Kb.
#144733
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
yan amos komenskiyning pedagogik tizimi (1)

«pan sofiya g’oyasini»
(
pan 
gerkcha — butun, 
hamma, 
sofiya
— donolik, aqllilik) 
hamma narsani bilish, hamma uchun bilim 
berish» 
demakdir. Pan sofiyada u tabiat va jamiyat bilimlarining yig’indisini 
beradi. Maktab — bu muassasa, u yerda «Hammani har narsaga o’rgatmoq kerak» 
degan fikr ko’p marta takrorlanishini ko’ramiz. 
Komenskiyning pansofiya ishi Angliyaning ilg’or kishilari tomonidan 
quvvatlanib, parlament tomonidan chaqiriladi. Komenskiy 1641 yili Angliyaga 
keladi, lekin grajdanlar urushi boshlanib ketib, bu ish qolib ketadi. Komenskiy 
duyoga tanilgandan so’ng hamma mamlakatlarga uni taklif eta boshlaydilar. 
Shvesiyada 
lotin tili darsligini va til o’qitish metodikasini 
tuzadi.
Komenskiy chex qardoshlari jamoasiga yepiskop qilib tayinlangach, 1648 
yilda Leshnoga qaytib keladi. Jamoa tarqatilgandan so’ng u yana o’qituvchilik 
faoliyatini davom ettiradi. Bir necha yil Vengriyada maktablarni boshqarada. 
«Vidimo’y mir v kartinkax»
, ya’ni 
«Hislar vositasi bilan idrok qilinadigan 
narsalarning suratlari»
degan asar yozib
o’qish ishini
rasmlar bilan olib 
borishni ilgari suradi. Bunda «Yoshlarning xulq qoidasi», «Yaxshi tashkil topgan 
maktablarning qonuni» degan bir qancha pedagogikaga doir ishlari berilgan. 


1656 yili Shved—polyak urushi vaqtida Leshnodagi chex qardoshlari 
jamoasi tor-mor qilinadi. Komenskiy Gamburgga qochadi. Undan Amsterdamga 
o’tadi. Shunda Gollandiya senatining buyrug’iga muvofiq uning asarlari to’plami 
bosilib chiqadi. 
Komenskiy o’z vatanini juda sevar va uning mustaqilligi uchun kurash olib 
boradi. Uning ko’p asarlarida vatanparvarlik hissi aks etgan. U chex xalq 
poeziyasini yig’ib chex maqollar to’plamini tuzadi va o’z xalqining tilini 
saqlashga, sevishga undaydi. 

Yüklə 492,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin