Axborot texnologiyalarining boshqaruv tizimlari.
Axborot tizimi
— belgilangan maqsadga erishish yulida axborotni
yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va uzatish uchun qo‘llaniladigan usullar,
vositalar va shaxslarning o‘zaro bog‘langan majmuasidir.
Axborot tizimlari jamiyat paydo bo‘lgan paytdan boshlab mavjud
bo‘lgan, chunki rivojlanishining turli bosqichida jamiyat uz boshqaruvi
uchun tizimlashtirilgan, oldindan tayyorlangan axborotni talab etgan. Bu,
ayniqsa, ishlab chiqarish jarayonlari — moddiy va nomoddiy ne'matlarni
ishlab chiqarish bilan bog‘liq jarayonlarga tegishlidir. Chunki ular
jamiyat
rivoji uchun xayotiy muhim axamiyatga ega. Aynan ishlab chiqarish
jarayonlari tezkor takomillashadi. Ularning rivojlanib borishi bilan
boshqarish xam murakkablashadiki, o‘z navbatida, u axborot tizimlarini
takomillashtirish va rivojlantirishni rag‘batlantiradi.
Shu sababli
, avvalo,
boshqaruv tizimi nima ekanligini bilib olaylik.
Kibernetik yondashuvga muvofiq boshqaruv tizimi boshqaruv ob'ekti
(masalan, korxonalar, tashkilotlar va xokazo) va boshqaruv sub'ekti,
boshqaruv apparati yig‘indisini o‘zida namoyon etadi. Boshqaruv apparati
deganda maqsadlarni shakllantiruvchi, rejalarni ishlab chiquvchi, qabo`l
kilingan qarorlarga
talablarni moslashtiruvchi
, shuningdek, ularning
bajarilishini nazorat qiluvchi xodimlar tushuniladi. Boshqaruv ob'ekti
vazifasiga esa boshqaruv apparati ishlab chiqqan rejalarni bajarish kiradi,
ya'ni boshqaruv tizimining o‘zi aynan mana shu ishlarni amalga oshirish
uchun to‘zilgandir.
Boshqaruv tizimining ikkala komponenti to‘g‘ri (T) va aks (A) aloqalar
bilan bog‘langan. TuKri aloqa boshqaruv apparatidan boshqaruv ob'ektiga
yunaltiriladigan axborot oqimida ifodalanadi. Aks aloqa teskari yunalishda
yuboriluvchi qabo`l kilingan qarorlarning bajarilishi haqidagi xisobot
axboroti oqimida uz aksini topadi.
Axborot oqimlari (T va A), qayta
ishlash vositalari,
ma'lumotlarni
uzatish va saqlash
, shuningdek, ma'lumotlarni qayta ishlash
bo‘yicha operatsiyalarni bajaruvchi boshqaruv apparati xodimlarining o‘zaro
aloqasi ob'ektning axborot tizimini tashkil etadi.
Axborot tizimlari nafakat axborotni qayta ishlash va saqlash, yozuv-
chizuv ishlarini avtomatlashtirish, balki qarorlarni qabo`l qilish
(sun'iy
intellekt usullari
, ekspert tizimlari va xokazolar), zamonaviy
telekommunikatsiya vositalari (elektron pochta, telekonferentsiyalar), yalpi
va lokal xisoblash tarmoqlari va boshqaruvning yangi uslublaridan
foydalanish xisobiga boshqaruv ob'ekti faoliyati samaradorligini oshiradi va
shu maqsadda keng qo‘llaniladi.
Tashkiliy boshqaruvda axborot tizimlari — shaxslar funktsiyalarini
avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bu sinfga xam sanoat (korxonalar),
xam nosanoat ob'ektlari (bank, birja, suKo‘rta kompaniyalari,
mexmonxonalar va xokazolar) va ayrim ofislar (ofis tizimlari)ni
boshqarishning axborot tizimlari kiradi.
Texnologik jarayonlarni boshqarishda axborot tizimi turli texnologik
jarayonlarni avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan (moslashuvchan ishlab
chiqarish jarayonlari, metallurgiya, energetika va xokazolar).
Dastlabki axborot tizimlari 50-yillarda paydo bo`ldi. Bu yillarda ular maosh
xisob-kitoblarini qayta ishlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, elektromexanik
buxgalterlik xisoblash mashinalarida amalga oshirilgan. Bu kog‘oz xujjatlarni
tayyorlashda mexnat va vaqtni bir qadar kiskartirishga olib kelgan.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda axborot bosharuv tizimlarida yuqorida ko‗rib
chiqilgan tizimda hisobot ma‘lumotlari haqiqiy ma‘lumotlar
bilan ish
ko‗rsa, intellektual tizim qayta ishlangan va, hattoki, ba‘zida uchrab
turadigan ma‘lumotlar bilan kam ta‘minlaydi. Bu tizim marketingning turli
tasnifi to‗g‗risida kundalik axborotlar olish
uchun foydalaniladigan
manbalar va jarayonlar yig‗indisidan iborat. Tizimning, intellektual
imkoniyatlari kitoblar,
gazetalar, maxsus maqolalar, xaridorlar,
mahsulot
yetkazib beruvchilar, vositachilar va firmaning o‗z xodimlari bilan
suhbatlardan tashkil topadi. Marketing bilan to‗laqonli shug‗ullanayotgan
firmalarda ko‗pchilik hollarda intellektual
tizim sifatini yaxshilash
maqsadida qo‗shimcha imkoniyatlar yaratiladi. Birinchidan, xodimlarni
yangi g‗oyalar haqida xabar qilishlariga o‗rgatiladi va rag‗batlantiriladi.
Masalan, ular boshqalar tomonidan e‘tiborga
olinmagan qiziqarli
axborotlarni to‗plaganlari va u to‗g‗risida xabar qilganliklari uchun
rag‗batlantiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1.
www.ziyonet.uz
2.
www.kitobim.uz
3.
Axborot tizimlari ma‘ruza matni
4.
EHM tushunchasi va nazariyasi kitobi.