Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanish
istiqbollari
Mamlakatimizda 26-30 sentabr kunlari ―InfoCom-2011‖ axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‗lib o‗tadi. Mazkur tadbir 2004
yildan buyon har yili sentabr oyining oxirida o‗tkazib kelinmoqda. U sohani
takomillashtirishga qaratilgan qator tadbirlarni o‗z ichiga oladi. An‘anaviy
haftalik mutaxassislarda ham, ko‗p sonli axborot texnologiyalaridan
foydalanuvchilarda ham katta qiziqish uyg‗otmoqda.
Mamlakatimizda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ijtimoiy-
iqtisodiy, shu jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)
sohasida keng ko‗lamli islohotlar amalga oshirilayotir. Davlatimiz
rahbarining 2002 yil 30 mayda qabul qilingan ―Kompyuterlashtirishni yanada
rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish
to‗g‗risida‖gi farmonida axborot hamjamiyatini shakllantirish masalalari o‗z
ifodasini topgan. Shu asosda axborot makonini kengaytirish bo‗yicha turli
tadbirlar ishlab chiqilib, izchil amalga oshirilmoqda.
O‗zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligidan O‗zA muxbiriga
ma‘lum qilishlaricha, haftalik O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasining Abort va kommunikatsiya texnologiyalari
masalalari qo‗mitasi, Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini rivojlantirish bo‗yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash,
O‗zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‗zbekiston axborot
texnologiyalari korxona va tashkilotlari uyushmasi tomonidan tashkil
etilmoqda.
―InfoCom-2011‖ axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo‗lib o‗tadigan ―ITPA-
2011‖ O‗zbekiston-Koreya xalqaro konferensiyasi bilan boshlanadi.
Haftalikning dastlabki kunida poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida UZ
milliy domeni internet-festivali g‗oliblarini mukofotlash marosimi bo‗lib
o‗tadi. Tanlov dasturi mavzuga oid 13 va 2 maxsus nominatsiyani o‗z ichiga
olgan. 27 sentabrda esa Xalqaro biznes markazida Axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari bo‗yicha har yili o‗tkaziladigan milliy sammit o‗z ishini
boshlaydi. ―AKT Sammit-2011‖ bugungi kunda O‗zbekiston axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi muhim voqealardan bo‗lib,
milliy hamda xorijiy mamlakatlar xalqaro ekspertlarida katta qiziqish
uyg‗otmoqda. Dastlabki yillarda ―AKT Sammit‖da 200ga yaqin delegat
qatnashgan bo‗lsa, bugun unda ishtirok etayotgan mutaxassislar soni ikki
baravar ko‗paydi.
Tadbir davomida AKTni rivojlantirish bo‗yicha milliy dasturlarni
amalga oshirish borasidagi yutuqlar va muammolar, hayotimizning ayrim
sohalariga AKTni joriy etish tajribasi, elektron boshqaruv, elektron sog‗liqni
saqlash, kadrlar tayyorlash, infratuzilmani, media biznesi, innovatsiya
faoliyatini rivojlantirish hamda boshqa dolzarb mavzularga bag‗ishlangan
ma‘ruzalar tinglanadi.
Mazkur sammit mutaxassislar, davlat organlari va xalqaro tashkilotlar,
shuningdek, xususiy sektorga AKT-bozori ahvolini muayyan darajada tahlil
qilish, bu boradagi yangi yutuqlar bilan tanishish, yangi barqaror va ishonchli
hamkorlar bilan aloqa o‗rnatish, mamlakatimizda AKTni joriy etish bo‗yicha
qo‗shimcha investitsiya resurslarini jalb etishga ko‗maklashadi.
Yalpi va seksiyalar majlislarida AKT bozorining yetakchi ekspertlari, davlat
organlari, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari, mamlakatimiz va xorijiy
AT-kompaniyalar rahbarlari hamda mutaxassislari AKTni jamiyat hayoti va
faoliyatining turli jabhalariga joriy etish siyosatining dolzarb masalalarini
muhokama etadilar. Bu boradagi strategiyalar va sohani rivojlantirish
masalalari, texnologiyalar va infratuzilma, ilova va yechimlar ko‗rib
chiqiladi, nafaqat ijobiy tajriba, balki mavjud muammolar, ularni bartaraf
etish yo‗llari ham tahlil qilinadi.
Haftalik doirasida bir paytning o‗zida Toshkent, Buxoro va Farg‗onada
axborot texnologiyalarining har yilgi ―ICTExpo-2011‖ milliy ko‗rgazmasi
bo‗lib o‗tadi. Ko‗rgazmani bir paytning o‗zida uchta shaharda o‗tkazishdan
maqsad axborot texnologiyalarini hayotimizga joriy etishning hududiy
darajasi qanchalik ortib borayotganini namoyish etishdir. ―ICTExpo-2011‖
kunlarida bu yerga tashrif buyuradiganlar uchun boshqa ko‗rgazmalardagi
eksponatlar bilan tanishish imkonini beradigan videoko‗prik tashkil etiladi.
Ko‗rgazmada 150 dan ortiq ishtirokchi kompaniyalar axborot
texnologiyalari sohasidagi eng so‗nggi ishlanmalarni, keng turdagi noyob
xizmatlar va yechimlarni namoyish qiladi. Unda mamlakatimiz
kompaniyalari bilan bir qatorda Xitoy, Avstriya, Germaniya, Rossiya,
Ukraina, Janubiy Koreya, Vengriya va boshqa davlatlar vakillari ham ishtirok
etadi.
Ko‗rgazma dasturi keng va rang-barang bo‗lib, undan ko‗plab o‗quv
seminarlari, davra suhbatlari, ko‗ngilochar tadbirlar o‗rin olgan. Shu bilan
birga, O‗zbekistonda internet-provaydingni rivojlantirish masalalari bo‗yicha
davra suhbati, oliy o‗quv yurtlari, kollej va litseylar jamoalari o‗rtasida
―Kompyuter sporti bo‗yicha ―ICT-students‖ universiadasi‖, Uzbekistan
Cyber Games 2011 – kompyuter o‗yinlari bo‗yicha O‗zbekiston
chempionatining final o‗yinlarini o‗tkazish rejalashtirilgan.
―ICTExpo‖ milliy ko‗rgazmasi mamlakatimizda 2006 yildan buyon
o‗tkazib kelinmoqda. U dastlabki yildan boshlab tarmoq xususiyatiga ega
bo‗lib, bir paytning o‗zida ikki-uch shaharda videoko‗prik bilan bog‗langan
ikki-uchta ko‗rgazma ochiladi. ―ICTExpo-2011‖ ko‗rgazmasi axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasida o‗zaro manfaatli hamkorlikni
rivojlantirish va mustahkam amaliy aloqalarni yo‗lga qo‗yishda muhim omil
bo‗ladi.
Mazkur haftalik mamlakatimizda AKT sohasini yanada rivojlantirish, bu
boradagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi, shubhasiz.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi
kunda informatika fanining rivoji va istiqbollari, bu fan oldida turgan dolzarb
masalalar haqida talaba va o‘quvchilarga o‘z vaqtida ma‘lumot yetkazish,
bilim berish zamonaviy fan o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchi olimlarning
muhim vazifalaridir. Sababi fan shunchalik shiddat bilan rivojlanmoqdaki,
agar bu bilimlar bugun talabalarga yetkazilmasa, ertaga eskirgan ma‘lumotga
aylanib qolishi hech gap emas. Shunday muhim vazifalarni amalga oshirishda
ta‘lim muassasalarida o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlar ham muhim
ahamiyat kasb etadi.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Informatika
o‘qitish metodikasi kafedrasida zamonaviy informatika fanining shakllanishi,
rivojlanishi va istiqbollari masalalari izlanuvchilar va olimlar tomonidan
keng o‘rganilib kelinadi. Jadal rivojlanib borayotgan fan sirlarini o‘rganish va
bu boradagi yangi fikrlar bilan o‘rtoqlashishni ko‘zda tutib, 2018-yil 23-aprel
kuni «Zamonaviy informatikaning dolzarb muammolari: o‘tmish tajribasi,
istiqbollari» mavzusida tashkil etilib, o‘tkazilgan Respublika ilmiy-amaliy
anjumani ham shunday maqsadga yo‘naltirildi.
Ilmiy-amaliy anjumanning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilar:
Respublikamizdagi ta‘lim tizimi muassasalarida zamonaviy fanlardan biri va
jamiyat rivojining asosi bo‘lgan informatika fanining yutuqlari va ushbu fan
taraqqiyotining turli sohalarida erishilgan natijalar, fanning oldida turgan
vazifalar va kelajakdagi dolzarb muammolarni aniqlash va yechimlarini
topish kabi masalalarni muhokama qilish deb belgilandi.
Anjumanni kirish so‘zi bilan Nizomiy nomidagi TDPU rektori, p.f.d.,
professor Shavkat Sharipov ochdi. Yalpi majlisda: Nizomiy nomidagi
Toshkent davlat pedagogika universiteti «Informatika o‘qitish metodikasi»
kafedrasi professori, Xalqaro pedagogika ta‘limi va Turon fanlar akademiyasi
akademigi A. Abduqodirov tomonidan «Umumiy ta‘lim maktablarining
ta‘lim jarayonida AKTdan foydalanish aspektlari» mavzusidagi ma‘ruza,
T. N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika Fanlari ilmiy-tadqiqot
instituti direktori, p.f.d., professor N. Taylaqovning «Umumiy o‘rta ta‘lim
maktablarining 10-sinfi uchun «Informatika va axborot texnologiyalari»
fanidan yangi avlod darsligini yaratish asoslari» mavzusidagi ma‘ruza, Xalq
ta‘limi vazirligi ZiyoNET bo‘limi boshlig‘i U. Taylaqovning «Zamonaviy
informatika internetning milliy segmenti rivojlanishi bilan hamnafas bo‘lishi
zarur» mavzusidagi ma‘ruza, t.f.n., dotsent X. Xaldarovning
«Обеспечение
непрерывности
оценивания
успе-
ваемости
студентов
всистеме
электронного
деканата» mavzusidagi
ma‘ruzalar ishtirokchilar tomonidan qizg‘in kutib olindi.
«Zamonaviy informatikaning dolzarb muammolari: O‘tmish tajribasi,
istiqbollari» mavzusidagi anjumanda quyidagi:
1.
Informatika zamonaviy jamiyatning asosi sifatida.
2.
Zamonaviy informatikani o‘qitish: maqsad, mazmun, usullar.
3.
Zamonaviy informatika o‘qituvchisi tayyorlashning ilmiy-metodik
tizimi.
4.
Elektron ilovalarni ishlab chiqish va qo‘llash zamon talabi.
5.
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda informatikaning o‘rni va ahamiyati
kabi masalalar ham muhokama qilindi.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim
vazirligi, Xalq ta‘limi vazirligi vakillari, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchi va talabalari ishtirok
etdilar. Bundan tashqari, respublikamizning boshqa oliy ta‘lim
muassasalaridan, jumladan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti,
Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali, Qo‘qon davlat
pedagogika instituti, Qarshi davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika
instituti, Jizzax davlat pedagogika instituti, Guliston davlat universiteti,
Andijon davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillari instituti, Samarqand
davlat universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand
filiali, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali, Toshkent
axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali, T. N. Qori Niyoziy
nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, Samarqand
davlat universiteti huzuridagi Xalq ta‘limi xodimlarini qayta tayyorlash va
malakasini oshirish instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti
huzuridagi Toshkent shahar Xalq ta‘limi xodimlarini qayta tayyorlash va
malakasini oshirish instituti, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti,
O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi instituti, Toshkent
avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya instituti, Navoiy
davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari, olim va mutaxassislar,
shuningdek, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari hamda umumta‘lim
maktablarining o‘qituvchilari ham faol ishtirok etdilar. Jumladan, Sergeli
tibbiyot kolleji, Sergeli yengil sanoat kasb-hunar kolleji, Termiz axborot
texnologiyalari va turizm kasb-hunar kolleji, Toshkent temir yo‘l
muhandislari instituti akademik litseyi, Jizzax tibbiyot kolleji, Toshkent
moliya iqtisodiyot kolleji vakillari, Yunusobod tumani 235-maktab
o‘qituvchilari tadbirda faol ishtirok etdilar. Anjumanda qabul qilingan
qarorlar va tavsiyalardan foydalanishda kutilayotgan natijalar quyidagilardan
iborat:
Anjuman natijalaridan kutilayotgan ilmiy samaradorlik —
anjuman natijalari AKT taraqqiyoti tobora tezlashib borayotgan
davrda ta‘lim tizimida o‘quv jarayonlarini tashkil qilishda
informatika kabi zamonaviy fanlarni o‘qitish yo‘llari va unda
mavjud muammolar hamda ularning yechimlarini o‘rganish,
shuningdek, ular haqidagi ilmiy tasavvurlar kengayishi, ilmiy
jamoatchilikda bu borada shakllangan tushunchalarning aniq-
lashtirilishi, umumlashtirilishi uchun xizmat qilishi mumkin.
Anjuman natijalaridan kutilayotgan ijtimoiy samaradorlik —
anjuman natijalari ta‘limni tashkil qilish, boshqarishda va o‘quv
jarayonlarini tashkil qilishda Informatika fani imkoniyatlari
aniqlashtirilishiga xizmat qilishi mumkin.
Anjuman natijalaridan kutilayotgan iqtisodiy samaradorlik —
anjuman natijalari ishlab chiqarishda (kadrlarning innovatsion
faoliyatida)gi munosabatlarining inson omili tufayli vujudga
kelishi mumkin bo‘lgan sifat va miqdor ko‘rsatkichlari, jumladan,
AKTdan foydalanish darajasining oshishiga, bunda turli fanlarga
oid yangi ishlanmalarning yaratilishi va ularning imkoniyatlari
haqidagi tasavvurlarning kengaytirilishiga xizmat qilishi kutiladi.
Anjumanning ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilayotgan loyihalar bilan
bog‘liqligi: «Oliy ta‘lim muassasalarining yagona elektron axborot ta‘lim
tizimini yaratish va joriy etish» loyihasi, 2015-yil 9-dekabrda o‘tkazilgan
«Pedagogning shaxsiy va kasbiy axborot maydonini loyihalashda axborot
kommunikatsiya texnologiyalariga oid kompetentligini rivojlantirish» va
2016-yil 15-aprelda o‘tkazilgan «Zamonaviy informatikaning dolzarb
muammolari: O‘tmish tajribasi, istiqbollari» mavzularidagi Vazirlik
tizimidagi oliy ta‘lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari miqyosida ilmiy-amaliy
anjuman, 2017-yil 26-dekabrdagi «Elektron ta‘limni tashkil qilish:
muammolar, yechimlar va istiqbollar» mavzusidagi Vazirlik tizimidagi oliy
ta‘lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari miqyosida ilmiy-amaliy anjumandagi
tushgan takliflar va xulosalarning mantiqiy davomi bo‘lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |