Amaliy mashg’ulot Elektron sxemani maket (Breadboard)da qurish


Ishni bajarish uchun komponentlar



Yüklə 3,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/25
tarix17.09.2023
ölçüsü3,32 Mb.
#144786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Амалий Методичка

Ishni bajarish uchun komponentlar 
 


Amaliy mashg’ulotni bajarish uchun quyidagilar kerak bo`ladi (2.2-rasm): 
2.2-rasm: 
1.
470 Om qarshilikka ega rezistor- (elektr sxemada 
R1
belgili); 
2.
LED –(elektr sxemada 
D1 
belgili); 
3.
Maket (breadboard); 
4.
Maket platalasi uchun o`tkazgichlar; 
5.
“Arduino Uno” qurilmasi; 
6.
USB standart kabeli.
 
Arduino Uno qurilmasiga LEDni ulash printsipial elektr sxemasi 
 
Biz birinchi elektron sxemani tashkil etamiz va uni “Arduino Uno” platasiga 
ulaymiz. 
2.3-rasm. Arduino Uno qurilmasiga LEDni ulash printsipial elektr sxemasi 


LED 
katodi rezistor bilan bog’lanadi va boshqa chiqishi esa Arduino platasining 
GND 
kontakti bilan ulanishi kerak. So`ngra 
Arduino 
platasining 13-raqamli chiqishi 
bilan printsipial sxemadagi rezistorning anod tomoni ulanishi zarur, ya`ni rezistorning 
ikkinchi uchi.
Sizning sxemangiz taxminan quyidagi rasmga o`xshash bo`lishi kerak: 
“Arduino” dasturiy ta`minotini o`rnatish
Biz kompyuterimizga 
Arduino IDE
dasturiy ta`minotini o`rnatishimiz zarur.
“Arduino” da dasturlash
Bu amaliy mashg’ulotimizda biz tayyor dasturdan foydalanamiz, qaysiki bu 
dastur 
Arduino IDE
dasturlash tizimida kiritilgan (o`zi mavjud) bo`ladi. Bu tayyor 
dastur elektrik sxemadagi 
LED
lampochkani o`chirish/yoqish buyrug’ini amalga 
oshiradi va lampochkani o`chiradi/yoqadi. 
Arduino 
platani
 
kompyuterga ulaymiz va 
Arduino IDE
dasturlash tizimida 
quyidagi mavjud tayyor dasturni ochamiz: 
1. 
USB
kabelni Arduino 
USB
portiga ulaymiz va boshqa uchini esa 
kompyuterning 
USB
portiga ulaymiz (bu kompyuterda 
IDE Arduino
dasturiy ta`minoti 
o`rnatilgan bo`lishi kerak). 
2. 
IDE Arduino
dasturlash tizimini ishga tushiramiz. 
3. Dasturlash tizimida 
Arduino
platasi uchun mos portni tanlaganingizga iqror 
bo`lamiz. 
4. Dasturlash tizimining eng yuqori asosiy menyusida quyidagi buyruqni 
tanlaymiz: “
Fayl → Primeri → 1.Basics → Blink”
5. 2.4-rasmda ko`rsatilganidek tayyor dastur kodli yangi oyna paydo bo`ladi 



Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin