Ishni bajarish uchun komponentlar
Amaliy mashg’ulotni bajarish uchun quyidagilar kerak bo`ladi (2.2-rasm):
2.2-rasm:
1.
470 Om qarshilikka ega rezistor- (elektr sxemada
R1
belgili);
2.
LED –(elektr sxemada
D1
belgili);
3.
Maket (breadboard);
4.
Maket platalasi uchun o`tkazgichlar;
5.
“Arduino Uno” qurilmasi;
6.
USB standart kabeli.
Arduino Uno qurilmasiga LEDni ulash printsipial elektr sxemasi
Biz birinchi elektron sxemani tashkil etamiz va uni “Arduino Uno” platasiga
ulaymiz.
2.3-rasm. Arduino Uno qurilmasiga LEDni ulash printsipial elektr sxemasi
LED
katodi rezistor bilan bog’lanadi va boshqa chiqishi esa Arduino platasining
GND
kontakti bilan ulanishi kerak. So`ngra
Arduino
platasining 13-raqamli chiqishi
bilan printsipial sxemadagi rezistorning anod tomoni ulanishi zarur, ya`ni rezistorning
ikkinchi uchi.
Sizning sxemangiz taxminan quyidagi rasmga o`xshash bo`lishi kerak:
“Arduino” dasturiy ta`minotini o`rnatish
Biz kompyuterimizga
Arduino IDE
dasturiy ta`minotini o`rnatishimiz zarur.
“Arduino” da dasturlash
Bu amaliy mashg’ulotimizda biz tayyor dasturdan foydalanamiz, qaysiki bu
dastur
Arduino IDE
dasturlash tizimida kiritilgan (o`zi mavjud) bo`ladi. Bu tayyor
dastur elektrik sxemadagi
LED
lampochkani o`chirish/yoqish buyrug’ini amalga
oshiradi va lampochkani o`chiradi/yoqadi.
Arduino
platani
kompyuterga ulaymiz va
Arduino IDE
dasturlash tizimida
quyidagi mavjud tayyor dasturni ochamiz:
1.
USB
kabelni Arduino
USB
portiga ulaymiz va boshqa uchini esa
kompyuterning
USB
portiga ulaymiz (bu kompyuterda
IDE Arduino
dasturiy ta`minoti
o`rnatilgan bo`lishi kerak).
2.
IDE Arduino
dasturlash tizimini ishga tushiramiz.
3. Dasturlash tizimida
Arduino
platasi uchun mos portni tanlaganingizga iqror
bo`lamiz.
4. Dasturlash tizimining eng yuqori asosiy menyusida quyidagi buyruqni
tanlaymiz: “
Fayl → Primeri → 1.Basics → Blink”
5. 2.4-rasmda ko`rsatilganidek tayyor dastur kodli yangi oyna paydo bo`ladi
|