231
kuchi prujina orqali hosil qilinadi hamda elektrmagnit
kuchi yordamida
ko`paytiriladi.
3.6.2-rasm. KEB Combistop M firmasi prujinali tormozi
Prujinali qurilmalarning afzalliklariga
uning
katta deformatsiyalarda
ishlashi, uzoq muddatli statik yuklamalarga chidamliligi, harorat o`zgarishlariga
chidamliligi kiradi. Shu
bilar birga uning quyidagi
kamchiliklari
bor: kuch
xarakteristikalarini rostlashning qiyinligi; prujinaning boshlang`ich qisish
tormozlanadigan massasaga nisbatan yuklamaning ortishiga olib keladi.
O`q bo`yicha bosiladigan tormozlar.
Bu turdagi tormozlarda tormozlovchi
moment tormoz vali o`qi bo`yicha ta`sir qiladi. Bular diskli va konusli bo`ladi.
Diskli tormozlarda kerak bo`lgan ishqalanish momenti qo`zg`almas disklar
1
ni tormozlovchi val bilan
birga aylanuvchi disklar
2
ga bosish yordamida hosil
qilinadi (3.6.3-rasm). Yopuvchi oxirgi kuch sifatida prujina kuchi, yuk og`irligi yoki
inson kuchi xizmat qilishi mumkin. Bu kuchlar richagli, gidravlik yoki pnevmatik
tizimlar orqali yetkaziladi.
232
3.6.3-rasm. Prujina kuchi
yordamida ishlovchi diskli
elektrmagnit yuritmali diskli
tormoz
Rezinali tormozlovchi qurilmalar
bir nechta ketma ket ulangan elementlarni
o`z ichiga oladi (3.6.4-rasm,
a
), hamda rezinali vtulka
1
va metall shaybalar
2
dan
tashkil topgan. Tormozlash qurilmalarning konstruktsiyasiga
qarab rezinali
vtulkalar qisishga (3.6.4-rasm,
a,b
) yoki siljishga (3.6.4-rasm,
c
) moslab ishlaydi.
Qisishga moslab ishlaydigan vtulkalar uncha katta bo`lmagan ta’sirchanlikka ega,
ammo ko`proq yuk ostida ishlashga mo`ljallangan, siljitish vtulkasi esa katta
ta’sirchanlikka ega va uncha katta bo`lmagan kuch ostida ishlaydi.
Rezina uncha katta bo`lmagan kuchlanish ostida o`z shaklini o`zgartiradi.
Yopiq muhitda o`zini qisilmaydigan suyuqlik sifatida tutadi.
Shuning uchun
qisishga ishlaydigan rezinali elementlar uchun qisish o`qiga nisbatan perpendikulyar
ravishda deformatsiya bo`lishini ta`minlashni nazarda tutish lozim.
Muntazam ko`ndalang kesimga ega bo`lgan (3.6.4-rasm,
a,b
) rezinali
elementni bir o`qli qisishda sodir bo`ladigan elastik qarshilik kuchi quyidagiga teng:
𝐹 =
𝑐ℎ𝑥
ℎ − 𝑥
bu yerda
c
- rezinaning o`q bo`yicha
qattiqligi, N/mm.