UIF-2022: 8.2
SCIENCE AND INNOVATION
ISSN: 2181-3337
INTERNATIONAL SCIENTIFIC
JOURNAL
2022
№4
130
Kompyuterning bazaviy mantiqiy elementlari, asosan, uchta mantiqiy amalni bajaradi:
1.
“VA” mantiqiy elementi - mantiqiy ko‘payishni amalga oshiradi;
2.
“YOKI” mantiqiy elementi - mantiqiy qo‘shishni amalga oshiradi;
3.
“EMAS” mantiqiy elementi - rad etishni amalga oshiradi.
1-jadvalda ikkita kiriuvchi A va B elementlar uchun “VA” mantiqiy elementining rostlik
jadvali ham ko‘rsatilgan. Ikkala kiruvchi element bir vaqtning o‘zida “1” kirish signali bilan
ta’minlangandagina chiquvchi signal orqali “1” signali hosil bo‘ladi.
Boshqa uchta holatda
chiqish signali nolga teng bo‘ladi.
Ikkita (A, B) kiruvchi signal uchun “YOKI” mantiqiy elementi biroz boshqacha ishlaydi.
Yig‘uvchi sxеmada ikkita kiruvchi signalning ixtiyoriy bittasi “1” kirish signali bilan
ta’minlansagina, chiquvchi signal orqali “1” signali hosil bo‘ladi. Boshqa holatda chiqish signali
nol (0)ga teng bo‘ladi (1-jadval).
“EMAS” mantiqiy elementida faqat bitta (A) kiruvchi va bitta (A emas) chiquvchi
signal
mavjud. Bu “teskari zanjir” deb ham ataladi. “EMAS” mantiqiy
amalida kiruvchi signalning
qiymati qarama-qarshisiga o‘zgaradi, masalan, kiruvchi signal “1” kirish signali bilan
ta’minlansa, chiquvchi signal orqali “0” signali hosil bo‘ladi va aksincha. 1-jadvalda yuqoridagi
ikki amalni bajarishdan hosil bo‘lgan natija ustida “EMAS” mantiqiy amali bajarib ko‘rsatilgan
va bu amallarni mos ravishda “VA EMAS” hamda “YOKI EMAS” deb nomlab qo‘yilgan.
1-jadval
Kiruvchi signal
Chiquvchi signal
VA
YOKI
VA EMAS
YOKI EMAS
A
B
A∙B
A+B
A B
A
B
0
0
0
0
1
1
0
1
0
1
1
0
1
0
0
1
1
0
1
1
1
1
0
0
Mantiqiy elementlardan arifmetik amallarni bajarish va
axborotlarni saqlash uchun
mo‘ljallangan murakkab raqamli sxemalar tuziladi. Bir necha mantiqiy element va ularning turli
birikmasi yordamida berilgan funksiyalarni bajarishga qodir sxemalarni tuzish mumkin.
Dostları ilə paylaş: