1-MA’RUZA: JavaScript dasturlash tili va uning imkoniyatlari
Reja:
1. JavaScript dasturlash tilida ishlash.
2. JavaScript dasturlash tilining imkoniyatlari va boshqa dasturlash tillari
bilan bogʻliqligi.
1. JavaScript haqida ma'lumot.
JavaScript o'zi nima?
Bu dastur 1995-yili dekabrda Live Script nomi bilan atala
boshlangan edi. JavaScripning rasmiy nomi esa Ecmas script bo'lar edi. Tez orada
JavaScriptga o'zgartirildi. JavaScript bu webni geperma tilini sahifalarini klent tomonidan
ko'rish senariyalarini boshqarish tilidir. JavaScript tilini mashhur qilgan narsa bu klent
tomonidan dasturlashdir. JavaScript asosiy vazifasi konteynerlar atributlarining
qiymatlarini ko'rsatuvchi muhiti hossalarini HTML sarlavxalarini ko'rish jarayonida
foydalanuvchi tomonidan o'zgartirish imkoniyatlaridan bepul, boshqacha aytganda ularni
dinamik sarlavxalarini qo'shish mumkin. Yana shuni aytish kerak: sarlavxalarini qayta
yuklab bo'lmaydi. JavaScript dasturlar yaratish uchun hech qanday qo'shma vositalar kerak
bo'lmaydi.
JavaScript yordamida brauzerd ishni boshqarish mumkin. JavaScript dakumentdagi
ma'lumotlar bilan bog'lanish imkoniyatini beradi. JavaScript foydalanuvchi bilan aloqa
qilishga hatto imkon beradi. JavaScript hodisalarini qayta ishlovchi sifatida ixtiyoriy yangi
oldindan berilgan funksiyalarda foydalanish inkonini ham beradi. JavaScript bo'yicha
o'quv qo'llanmalarda JavaScriptni qo'llashning bayonini odatda SCRIPT kontentlaridan
boshlanadi.
JavaScript brauzer tomonidan bajariladi. JavaScripning funksioni qo'llanishining 4
xil usuli mavjud. 1-usuli gepermatnli o'tish, 2-usuli xodisalarni qayta ishlash, 3-usuli
o'rniga qo'yish, 4-qo'yish usuli hisoblanadi. JavaScript ixtiyoriy matematik hisoblarni
bajarish imkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari bu tilda vaqt va sanalarining qiymatlari
bilan ishlovchi yuqori darajada rivojlangan vositalar mavjuddir.
JavaScript nima?
Bu savolga har xil javob berish mumkin. Bu dasturlash tili, to'g'rirog'i veb dasturlash
tili, undan ham to'g'rirog'i klient(brauzer) tomonda ishlaydigan dasturlash tili, ya'ni bu veb
dasturlash tili ishlashi uchun hech qanday server (Apache, ngnix) kerak emas, oddiy
brauzerda(Javascript'da yozilgan kodlar) ishlayveradi.
Bu til nima uchun kerak?
Bu dasturlash tili orqali serverga so'rov jo'natmasdan, so'rovlarni(javascript
kodlarini), ya'ni yozilgan kodlar natijasini, brauzerni ishga tushirgan holda olishingiz
mumkin. Asosan interaktiv (dinamik) saytlar tuzish uchun kerak.
Yuqoridagi fikr nima degani?
Har xil turdagi veb dasturlash tillari mavjud, misol uchun,
PHP
, ASP,
JAVA
. Bu
dasturlash tillari serverga murojaat qilgan holda ishlaydi. Misol uchun, siz arifmetik
qo'shish amalini bajarmoqdasiz, yig'indini olish uchun, siz yozgan kod, veb serverga
jo'natiladi, server bu kodni qayta ishlaydi va natijani sizga jo'natadi. Shu tariqa siz natijani
olasiz, brauzer ham serverdan javob(natija) kelguncha aylanib yotadi. Bundan ko'rinib
turibdiki, saytning(veb sahifaning) ishlash tezligi server sozlamalariga, servergacha
bo'lgan masofaga, aloqa kabellariga va boshqa narsalarga bog'liq bo'lib qoladi.
JavaScript'da yozilgan kodlar esa, hech qanday serverga murojaatni amalga oshirmaydi,
shu sababli bu dasturlash tili kodlari brauzerni qayta yuklamasdan ishlayveradi.
JavaScript veb dasturlash tilini qachon o'rgangan ma'qul?
Bu dasturlash tilini
HTML
,
CSS
kabilarni o'rganib olgandan keyin boshlagan
yaxshi. Shunda o'rganish ham oson bo'ladi. Ko'pchilik darhol PHP veb dasturlash tilini
o'rganishni boshlab yuborishadi, keyin qiynalib qolishadi, fikrimizcha dasturlash tilidan
dastlab Javascript'ni o'rgangan yaxshi va yengil.
JavaScript kodlari orqali nimalarni qilib bo'lmaydi?
grafika bilan ishlay olmaydi, ya'ni o'zi grafik ob'yektlar hosil qila olmaydi;
fayllar bilan ishlay olmaydi;
ma'lumotlar bazasi bilan ishlay olmaydi;
tarmoq texnologiyalari bilan ishlay olmaydi, va boshqa murakkab ishlarni
qilishga qiynaladi yoki qilaolmaydi.
Bu til kodlari ishlash tezligi qanday?
Agar sodda kodlar bo'lsa, albatta tez ishlaydi, lekin kodlar murakkab bo'lsa boshqa veb
dasturlash tillariga(PHP, ASP)qaraganda sekinroq ishlaydi. Chunki yozilgan kodni qayta
ishlashga yordam beradigan server yo'q, agar kodda xatoliklar bo'lsa, bu xatoliklarni
brauzerni o'zi analiz qilishi lozim.
JavaScript kodlari qayerga yoziladi, ya'ni u uchun IDE(muhit) mavjudmi?
HTML kodlari qayerga yozilsa, javascript kodlari ham o'sha yerda yozilishi mumkin,
o'rganish uchun eng yaxshi muhit, mani fikrimcha,
Notepad++
. Undan tashqari quyidagi
IDE'larda ham yozish mumkin:
PHPStorm
NetBeans
Zend Studio
PHPDesigner
JavaScript kodlari ishlashi uchun nimalar kerak?
Umuman olganda brauzer bo'lsa bo'ldi, lekin brauzerning Javascript kodlarini o'qishi
va ishga tushirishiga ruhsat beradigan funksiyasi yoqilgan bo'lishi kerak(
qanday yoqish
qilish kerakligi haqida
).
JavaScript dasturlash tili bilan, JAVA dasturlash tili bitta narsami?
Yo'q, bu ikki til boshqa boshqa dasturlash tillari hisoblanadi. Ko'pchilik shu ikki
tilni bitta deb o'ylashadi. JAVA kodlari JVM orqali ishlaydi. Bu til haqida to'liq
ma'lumotni
quyidagi
maqoladan o'qishingiz mumkin.
JavaScript tilini o'rganish uchun o'zbekcha darslarni qayerdan topsa bo'ladi?
Agar sabr bilan kuzatib borsangiz, man, bu tilni, shu sayt(akmx.uz) orqali o'rgatib
boraman.
2. JavaScript dasturlash tilining imkoniyatlari va boshqa dasturlash tillari bilan
bogʻliqligi.
Javascript
– bu Webni gipermatnli sahifalarini klient tomonida ko‘rish
senariyalarini boshqarish tili hisoblanadi. Yanada aniqroq aytadigan bo‘lsa,
Javascript
–
bu nafaqat klient tomonidagi dasturlash tili. Live ware
Javascript
tilining avlodi bo‘lib,
Netscape serveri tomonida ishlovchi vosita. Ammo
Javascript
tilini mashhur qilgan narsa
bu klient tomonida dasturlashdir.
Javascript
ning asosiy vazifasi –
HTML-konteynerlar
atributlarining qiymatlarini va
ko‘rsatuvchi muhitining
hossalirini
HTML-sarlavxalarni ko‘rish jarayonida foydalanuvchi
tomonidan o‘zgartirish imkoniyatlari hamda ularni dinamik sarlavhalar qilish (DHTML).
Amalda buni, quydagicha ifodalash mumkin, sarlavxaning fonini rangini yoki xujjatdagi
rasmni o‘zgartirish, yangi oyna ochish yoki ogohlantirish oynasini chiqarish.
“
JavaScript
” nomi Netscape kompaniyasining hususiy maxsuloti hisoblanadi.
Microsoft tomonidan amalga oshirilgan til rasman
Jscript
deb nomlanadi
. Jscript
versiyalari
Javascript
ning mos versiyalari bilan mos keladi.
Javascript
– ECMA (European Computer Manufacturers Association – Evropa
Kompyuter Ishlab Chiqaruvchilar Assotsiyatsiyasi) tomonidan standartlashtirilgan. Mos
standartlar quydagicha nomlanadi ECMA-262 va ISO-16262. Bugungi kunda
Javascript
ning hamma versiyalari ham ECMA standartlariga mos kelavermaydi.
Javascriptning asosiy hususiyatlari.
Javascript
– bu Internet uchun katta bo‘lmagan
klient va server ilovalarni yaratishga mo‘ljallangan nisbatan oddiy ob’ektga yo‘naltirilgan
til.
Javascript
tilida tuzilgan dasturlar HTML-xujjatning ichiga joylashtirilib ular bilan
birga uzatiladi. Ko‘rish dasturlari (
brauzerlar
–
browser
ingliz so‘zidan) Netscape
Navigator va Microsoft Internet Explorer xujjat matniga joylashtirilgan dasturlarni
(
Scriptkod
) uzatishadi va bojarishadi.
Shunday qilib,
Javascript
– interpritatorli dasturlash tili xisoblanadi.
Javascript
da
tuzilgan dasturlarga foydalanuvchi tomonidan kiritilayotgan ma’lumotlarni tekshirayotgan
yoki xujjatni ochganda yoki yopganda biror bir amallarni bagaruvchi dasturlar misol
bo‘lishi mumkin.
JavaScript da yaratilgan dasturlarga misol sifatida foydalanuvchi tomonidan
kiritilgan ma’lumotlarn tekshiruvchi, dokumentni ochish yoki yopish vaqtida qandaydir
amallarni bajaruvchi dasturlarni keltirish mumkin. Bunday dasturlar foydalanuvchi
tomonidan berilgan ko‘rsatmalarga – sichqoncha tugmachasini bosilishiga, ma’lumotlarni
ekran orqali kiritishiga yoki sichqonchani sahifa bo‘ylab siljitilishiga ko‘ra ish bajaradi.
Bundan tashqari JavaScript dagi dasturlar brauzerning o‘zini va dokumentning
atributlarini ham boshqarishi mumkin.
JavaScript dasturlash tili sintaktik jihatdan Java dasturlash tiliga, ob’ektli
modellashni istisno qilgan holda, o‘hshab ketsada, lekin ma’lumotlarni statik tiplari va
qat’iy tiplashtirish kabi hususiyatlarga ega bo‘lmaydi. JavaScript da Java dasturlash tilidan
farq qilib, sinf (klass) tushunchasi bu tilning asosiy sintaktik qurilmasi hisoblanmaydi.
Bunday asos sifatida foydalanilayotgan tizim tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan,
oldindan aniqlangan ma’lumot tiplari: sonli, mantiqiy va satrli; mustaqil ham bo‘lishi,
ob’ektning metodi (JavaScripda metod tushunchasi funktsiya/qism-dastur ning o‘zi)
sifatida ham ishlatilishi mumkin bo‘lgan funktsiyalar; katta sondagi o‘z hossalariga va
metodlariga ega bo‘lgan oldindan aniqlangan ob’ektlardan iborat ob’ektli model va yana
dastur ichida foydalanuvchi tomonidan yangi ob’ektlarni berish qoidalari hisoblanadi.
JavaScript da dasturlar yaratish uchun hech qanday qo‘shimcha vositalar kerak
bulmaydi – faqatgina tegishli versiyadagi JavaScript qo‘llanishi mumkin bo‘lgan brauzer
va DHTML-dokumentlarni yaratishga imkon beruvchi matn muharriri kerak bo‘ladi.
JavaScript dagi dastur bevosita HTML –dokumentlarni ichiga joylashtirilganligi uchun
dastur natijasini dokumentni brauzer yordamida ko‘rish orqali tekshirish mumkin va
kerakli holda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.
JavaScript dasturlash tilining imkoniyatlari.
Uning yordamida HTML –
dokumentlarning ko‘rinishi va tuzilishini dinamik ravishda boshqarish mumkin. Ekranda
tasvirlanayotgan dokumentga brauzer tomonidan yuklangan dokumentning sintaktik tahlil
qilish jarayonida istalgan HTML-kodlarni joylashtirish mumkin. “Dokument” ob’ekti
yordamida foydalanuvchining oldingi bajargan amallari yoki boshqa bir faktorlarga ko‘ra
yangi dokumentlarni avtomatik hosil qilish mumkin.
JavaScript yordamida brauzer ishini boshqarish mumkin. Masalan, Window ob’ekti
suzib yuruvchi oynalarni ekranga chiqarish, brauzerning yangi oynalarini yaratish, ochish
va yopish, oynalarning yugurdagi va o‘lchamlarining rejimlarini o‘rnatish va hokazolar
imkoniyatini beruvchi metodlarga ega.
JavaScript dokumentdagi ma’lumotlar bilan bog‘lanish imkoniyatini beradi.
Document ob’ekti va undagi mavjud ob’ektlar dasturlarga HTML-dokumentlarning
qismlarini o‘qish va bazida ular bilan bog‘lanish imkoniyatini beradi. Matnning o‘zini
o‘qish mumkin emas, lekin masalan berilgan dokumentdagi gipermatnli o‘tishlar
ro‘yhatini olish mumkin. Hozirgi vaqtda Form ob’ekti va undagi mavjud bo‘lishi mumkin
bo‘lgan ob’ektlar: Button, Checkbox, Hidden, Password, Radio, Reset, Select, Submit,
Text va Textarealar dokumentdagi ma’lumotlar bilan bo‘g‘lanish uchun keng imkoniyatlar
beradi.
JavaScript foydalanuvchi bilan aloqa qilishga imkon beradi. Bu tilning eng muhim
hususiyati unda amalga oshirilgan hodisalarni qayta ishlashni aniqlsh imkoniyati – ma’lum
bir hodisaning (odatda foydalanuvchi tomonidan bajarilgan amal) ro‘y berish vaqtida
bajariladigan dastur kodining ixtiyoriy qismi hisoblanadi. JavaScript hodisalarni qayta
ishlovchi sifatida ixtiyoriy yangi oldindan berilgan funktsiyalardan foydalanish
imkoniyatini beradi. Masalan, foydalanuvchi sichqoncha ko‘rsatkichini gipermatnli
o‘tishlar ustiga keltirsa, holatlar satrida mahsus habarni chiqaruvchi yoki ma’lum bir
amalni bajarishni tasdiqlashni so‘rovchi dialogli oynani ekranga chiqaruvchi yoki
foydalanuvchi tomonidan kiritilgan qiymatlarni tekshiruvchi va hatolik yuz bergan holda
kerakli ko‘rsatmalarni berib, to‘g‘ri qiymatni kiritishni so‘rovchi dasturlarni yaratish
mumkin.
JavaScript ixtiyoriy matematik hisoblashlarni bajarish imkoniyatini beradi. Bundan
tashqari bu tilda vaqt va sanalarning qiymatlari bilan ishlovchi yuqori darajada rivojlangan
vositalar mavjud. JavaScript CGI-dasturlarga va Perl dasturlash tiliga va to‘ldiruvchi
sifatida ayrim hollarda Java tiliga muqobil til sifatida yaratilgan.
Har bir boshlovchi dasturchining asosiy savoli: “Dasturlar qanday tuziladi va
bajariladi?”. Bu savolga iloji boricha soddaroq, lekin
JavaScript
-kodlarini
qo‘llanilishining barcha usullarini unutmagan holda javob berishga harakat qilamiz.
Birinchidan,
JavaScript
- kodlari brauzer tomonidan bajariladi. Unda mahsus
JavaScript
interpritatori mavjud. Unga ko‘ra programmaning bajarilishi interpretator
tomonidan boshqaruvni qachon va qay tarzda olishiga bog‘liq bo‘ladi. Bu esa, o‘z
navbatida kodning funktsiyaviy qo‘llanilishiga bo‘g‘liq bo‘ladi. Umuman olganda
JavaScript
ning funktsional qo‘llanishining 4 hil usulini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1.
gipermatnli o‘tish (URL sxemasi);
2.
hodisalarni qayta ishlash (handler);
3.
o‘rniga qo‘yish(entity)
4.
qo‘yish (
SCRIPT
konteyneri).
JavaScript
ni qo‘llashning bayoni odatda SCRIPT konteyneridan boshlanadi. Lekin
dasturlash nuqtai nazaridan bu unchalik ham to‘g‘ri emas, chunki bunday tartib asosiy
savol: “
JavaScript
- kodi boshqaruvni qanday oladi?” ga javob bermaydi. Ya’ni
JavaScript
da yozilgan va HTML-dokumentning ichiga joylashtirilgan dastur qanday tarzda
chaqiriladi va bajariladi.
HTML-sahifa muallifining kasbi va uning dasturlash asoslaridan habardarligining
darajasiga qarab
JavaScript
ni o‘zlashtirishga kirishishni bir necha xil variantlari mavjud.
Agar siz klassik tillar (C, Fortran, C++, Java va h.) bo‘yicha dasturlovchi bo‘lsangiz, u
holda dokument matni ichida dasturlashdan boshlagan ma’qul, agar siz Windows
sistemasida dasturlashga o‘rgangan bo‘lsangiz, u holda hodisalarni qayta ishlashni
dasturlashdan boshlaganingiz ma’qul, agar siz faqat HTML bo‘yichagina tajribaga ega
bo‘lsangiz yoki anchadan beri dasturlash bilan shug‘ullanmayotgan bo‘lsangiz, u holda
gipermatnli o‘tishlarni dasturlashdan boshlaganingiz ma’qul.
URL-sxemali JavaScript.
URL sxemasi (Uniform Resource Locator)- bu Web-
texhologiyalarning asosiy elementlaridan biri. Web dagi har bir informatsion resurs
o‘zining o‘ziga hos URLiga ega bo‘ladi. URL A konteynerining HREF atributida, IMG
konteynerining SRC atributida, FORM konteynerining ACTION atributida va h.larda
ko‘rsatiladi. Barcha URL lar resursga ruhsatning protokoliga bog‘liq bo‘lgan ruxsat
sxemalariga bo‘linadi, masalan, FTP-arxiviga kirish uchun ftp sxemasi, Gopher-arxiviga
kirish uchun gopher sxemasi, elektron maktublarni jo‘natish uchun smtp sxemasi
qo‘llaniladi. Sxemaning tipi URLning birinchi komponentasiga ko‘ra aniqlanadi:
http://directory/page.html
. Bu holatda URL http bilan boshlanayapti - mana shu kirish
sxemasini aniqlashdir (sxema http).
Gipermatnli sistemalar uchun dasturlash tillarining asosiy vazifasi gipermatnli
o‘tishlarni dasturlashdir. Bu shuni bildiradiki, u yoki bu gipermatnli o‘tishlarni tanlashda
gipermatnli o‘tishni amalga oshiruvchi dastur chaqiriladi. Web-texnologiyalarida standart
dastur sifatida sahifani yuklash dasturi hisoblanadi. HTTP protokoli bo‘yicha standart
o‘tishni
JavaScript
da dasturlangan o‘tishdan farq qilish uchun yaratuvchilar yangi URL
sxemasi –
JavaScript
ni kiritishdi:
...
Bu holatda "JavaScript_kod" matni birinchi holatda gipermatnli o‘tishni tanlanganda
chaqiriladigan va ikkinchi holatda rasmni yuklashda chaqiriladigan JavaScript da
yaratilgan dasturiy-qayta ishlovchilarni bildiradi.
Masalan, Внимание!!! gipermatnli o‘tishga keltirilgan holda ogohlantiruvchi
oynani chiqarish mumkin:
Внимание!!!
Formadagi submit tipidagi tugmachani bosish orqali shu formadagi matnli
maydonni to‘ldirish mumkin:
ACTION="JavaScript:
window.document.f.i.VALUE='
Click
tugmani
bosing‘;void(0);"
URLda murakkab dasturlar va funktsiya chaqirilishlarini joylashtirish mumkin.
Faqatgina shuni yodda tutish kerakki, JavaScript sxemasi hamma brauzerlarda ham
ishlamaydi, faqatgina Netscape Navigator va Internet Explorer larning to‘rtinchi
versiyalaridan boshlab ishlaydi.
Shunday qilib gipermatnli o‘tishlarni dasturlashda interpretator boshqaruvni
foydalanuvchi sichqoncha tugmasini gipermatnli o‘tishga “bosgandan” keyingina oladi.
Nazorat uchun savollar.
1.
JavaScript qanday til?
2.
JavaScriptda qanday ishlarni bajarish mumkin?
3.
JavaScriptni kim va qachon yaratilgan?
|