38
o’simliklarda tuganak hosil qilishiga qarab, shu o’simlik nomi bo’yicha tur nomi beriladi:
Rh.phaseoli (loviya), Rh.trifolii (beda), Rh.meliloti (yo’ng’ichqa), Rh.leguminosarum
(no’xat).
Olingan bilim va malakadan kelajak ish faoliyatda foydalanish:
Mikroorganizmlar
hamma joyda mavjuddir. Azotfiksatsiya jarayonida ishtirok etuvchi mikroorganizm turini
ajratib, uning xususiyatlarini o’rganish uchun uni ma’lum bir tarkibdagi ozuqa muhitida
ko’paytirib olish kerak bo’ladi. Buning uchun turli namunalar ozuqa muhitlariga ekilib,
bakteriyalarning boyitilgan kulturalari olinadi va ularning xususiyatlari o’rganiladi.
Olingan bilim va malakalardan mikrobiologiyaning turli sohalarida izlanishlar olib
borilgandagi faoliyatda foydalaniladi.
Nazorat savollar:
1. Erkin xolda yashovchi azotfiksatorlar qaysilar?
2. Simbioz xolda yashovchi azotfiksatorlar qaysilar?
3.Azotfiksatsiya jarayonining
ahamiyati nimadan iborat?
VAZIFA:
Natijalar qayd etish uchun:
Tajribadan olingan natija va xulosalarni daftaringizga yozing.
Tajriba natijasi quyidagicha:__________________________________________
__________________________________________________________________
O`tkazilgan tajribadan quyidagicha xulosaga keldim,______________________
__________________________________________________________________
Dostları ilə paylaş: