45
holda oziqlanishga o’tadi. Shunday qilib, tuganak bakteriya o’simlikka, o’simlik
bakteriyaga moslashib boradi.
Tuganak bakteriyalar o’ziga
xos xususiyatga (spetsifiklik)
ega. Hozir bularning 20
dan ortiq irqi ma’lum. Har bir irq ma’lum o’simlikda yashaydi. Masalan, sebarga ildizida
rizobium trifolia, soya ildizida - rizobium yaponikum, loviya ildizida - rizobium fasoli,
beda va qashqarbeda ildizida - rizobium meliloti, no’xat, xushbo’y no’xat, burchoq va
nutda - rizobium legiminozarum, lyupin ildizida - rizobium lupini tuganaklar hosil qiladi
. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tuganak bakteriyalarda har xil dukkakdosh
o’simliklarga nisbatan moslanish bor, ya’ni ular ma’lum bir turlardagina o’sa oladi. Shu
xususiyatiga ko’ra ularni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
1)
no’xat, yovvoyi no’xat, china va burchoq bakteriyalari; 2
2) lyupin va seradella bakteriyalari;
3) beda va qashqarbeda bakteriyalari;
4) loviya bakteriyalari;
5) soya bakteriyalari;
6) nut bakteriyalari;
7) sebarga bakteriyalari.
Tuproqdagi tuganak bakteriyalarni ajratib olish uchun Krasilnikov va
Korenyanko (1940) metodi qo’llaniladi. Buning uchun dukkakli o’simliklar urug’i
sulema eritmasi bilan sterillanadi, keyin sterillangan suv bilan yuviladi. Keyin urug’
mineral holdagi agar solingan katta probirkalarga solinadi. Bakteriya yuqtirish uchun
tuproq eritmasidan 1 ml qo’shiladi. Agar tuproqda tuganak bakteriyalar bo’lsa, ular
o’simlikda tuganaklar hosil qiladi. Ular 2—3 haftadan so’ng aniq ko’rinadi. Dukkakli
o’simlik ildizidan qirib olingan tuganakdan NN3 ajraladi. Fin olimi Virtanen aytishicha,
tuganak bakteriyalar azot o’zlashtirganda eng avval asparagin kislota hosil bo’lar ekan:
N2→NN2ON
Dostları ilə paylaş: