280
•
Amaliyotda hamma vaqt ham foydaning mohiyati bir xil tarzda
ifodalanaveriladimi va foyda deganda nima tushuniladi?
•
Amaliy faoliyatda “foyda”ning barcha tushunchalarini qanday
guruhlarga bo‘lish mumkin?
•
Faoliyatning moliyaviy natijalarini tahlil qilishda XYuSlar, ko‘p
hollarda, foydaning qanday ko‘rinishlariga (tushunchalariga)
tayanadi?
•
Asos foyda deyilganda qanday foyda tushuniladi?
•
Balans foyda nimadan iborat?
•
Sof foyda yoki sof daromad qachon vujudga kelishi mumkin?
•
Hisobotlarda foyda qanday ko‘rinishlarda aks ettiriladi?
•
XYuSlar faoliyatining umumiy moliyaviy natijalari qanday
hisobotda o‘z aksini topadi va unda moliyaviy tahlil uchun zarur
bo‘lgan qanday muhim ma’lumotlar mujassamlashgan?
•
Faoliyatning odatdagi ko‘rinishi bo‘yicha
daromadlar va
xarajatlar qanday tarzda hisoblanadi?
•
Boshqa daromadlar va xarajatlar nimalardan iborat bo‘ladi?
•
Foydani tahlil qilishning asosiy maqsadi nimadan iborat?
•
Yalpi foyda, sotuvdan olingan foyda, soliqqa tortilgunga
qadar bo‘lgan foyda va sof foyda qanday aniqlanadi?
•
Foydaning taqsimlanish tartibi qanday?
•
Rentabellik ko‘rsatkichi o‘zida nimani ifodalaydi va u qanday
aniqlanadi?
•
Moliyaviy
tahlil
jarayonida
rentabellikning
qanday
ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi?
•
Sotuv (sotish) rentabelligi qanday aniqlanadi?
•
O‘z kapitalining rentabelliginin aniqlash tartibi qanday?
•
Aylanma aktivlarning rentabelligi qanday aniqlanadi?
•
Aylanmadan tashqaridagi aktivlarning rentabelligi o‘zida
nimani aks ettiradi?
•
Investitsiyalarning
rentabelligi
koeffitsiyenti
qanday
hisoblanadi?
•
Rentabellikni oshirish yo‘nalishlari omillarning qanday
guruhlari bilan bog‘liq?
Dostları ilə paylaş: