434
erishish uchun mablag‘larni qayta o‘zgartirib, taqdim etishni
amalga oshiradi, moliyaviy resurslarni taqsimlashda tarkib
topayotgan nisbatlarni tartibga soladi.
Davlat tomonidan moddiy ishlab chiqarish sohasi va uy-joy,
kommunal xo‘jaligiga qilinadigan xarajatlar mamlakat iqtisodiyotini
moliyalashtirish xarajatlariga kiradi. Bunda
davlat byudjeti
mablag‘lari vazirliklar, idoralar va korxonalarga
ishlab chiqarishni
kengaytirish bo‘yicha xarajatlarga (kapital qo‘yilmalarga), oddiy
takror ishlab chiqarishni ta’minlashga (subsidiyalar, dotatsiyalar va
transfertlar), operatsion xarajatlarga va boshqa xarajatlarga beriladi.
Mamlakat iqtisodiyotini moliyalashtirish xarajatlari vazirliklar,
idoralar va korxonalar bo‘yicha rejalashtiriladi hamda bir vaqtning
o‘zida ma’lum maqsadlarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bunda davlat
byudjeti mablag‘larining asosiy qismi iqtisodiyotning ustuvor
tarmoqlariga, ya’ni sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va
transportga yo‘naltiriladi.
Davlat byudjeti mablag‘laridan maqsadli foydalanish nuqtayi
nazaridan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirish iqtisodiyotni
rivojlantirishda muhim ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish va
noishlab chiqarish maqsadlariga mo‘ljallangan asosiy fondlarning
yangilarini yaratish va harakatdagilarini kengaytirish uchun pul
mablag‘larini taqdim etishga kapital qo‘yilmalarni
moliyalashtirish
deyiladi. Davlat byudjeti resurslari cheklanganligi uchun ular
investitsiyalarning
cheklangan
doirasiga,
ya’ni
maqsadli
dasturlarga kiritilgan yoki hokimiyatning ijroiya organlari qarori
bo‘yicha amalga oshirilayotgan investitsiyalarga beriladi.
Iqtisodiyot xarajatlarini moliyalashtirishning muhim yo‘nalishi
yuridik shaxslarga turli subsidiyalar, dotatsiyalar va subventsiyalar
berishdir. Bu ko‘rinishdagi davlat byudjeti mablag‘lari davlat,
mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari va xususiy korxonalarning
turli joriy xarajatlari va zararlarini qoplash uchun ajratiladi. Ana
shunday xarajatlarning asosiy qismi yoqilg‘i-energetika sanoati,
agrosanoat kompleksi, uy-joy kommunal xo‘jaligi, shahar
transporti va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga yo‘naltiriladi.
Davlat
byudjetining
ijtimoiy
ehtiyojlarga
mo‘ljallangan
xarajatlari davlat tomonidan ijtimoiy funksiyaning bajarilishi bilan
bog‘liq. Bu xarajatlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
•
maorif;
•
madaniyat, san’at va kinematografiya;
447
iboratki, unga muvofiq ravishda vakolatli organlar va davlat byudjeti
mablag‘larini oluvchilar byudjetlarni tuzish va ularning ijrosini
ta’minlashda, avvalo, ko‘zda tutilgan maqsadlarga erishishda
mablag‘larning kamroq hajmidan yoki ma’lum bir hajmdagi
mablag‘lardan
foydalangan
holda
yuqori
natijaga
erishish
zarurligidan kelib chiqishi kerak.
Kassaning
yagonaligi
prinsipi
davlat
byudjeti
tizimi
byudjetlarining barcha daromadlari Yagona g‘azna hisobva-
rag‘iga
kiritilishi
va
ularning
xarajatlarini
to‘lash
ushbu
hisobvaraqdan amalga oshirilishini anglatadi.
Davlat byudjeti jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi prinsipi
davlat byudjeti jarayonining har bir ishtirokchisi davlat byudjeti
jarayonining har bir bosqichida o‘z harakatlari uchun javobgar
bo‘lishidan iboratdir.
Davlat byudjeti tizimidagi ochiqlik prinsipi ochiq matbuotda
tasdiqlangan davlat byudjeti va uning ijrosi to‘g‘risidagi
hisobotlarni, albatta, e’lon qilinishini, davlat byudjeti ijrosi
jarayonida ma’lumotlarning to‘liq va to‘g‘ri berilishini, davlat
hokimiyati qonunchilik organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish
organlarining
qarorlariga
oid
boshqa
ma’lumotlarni
olish
imkoniyatining yaratilganligini, davlat byudjeti loyihasi bo‘yicha
qarorlarni ko‘rib chiqish va qabul qilish tartiblarining (jumladan,
davlat
hokimiyati
qonunchilik
organi
ichida
yoki
davlat
hokimiyatining qonunchilik va ijroiya organlari o‘rtasidagi qarama-
qarshiliklarni ifodalovchi masalalar bo‘yicha ham) jamiyat va
ommaviy axborot vositalari uchun albatta, ochiq bo‘lishini ko‘zda
tutadi. Bundan tashqari, Davlat byudjeti va davlat maqsadli
jamg‘armalari byudjetlari ijrosi to‘g‘risidagi
axborot Moliya vazir-
ligining rasmiy veb-saytida ham joylashtirilishi va yangilanib
borishi kerak.
Maxfiy moddalarni tasdiqlash, odatda, faqat respublika
byudjeti tarkibida amalga oshiriladi.
Mamlakat davlat byudjeti tizimini boshqarish sohasida tegishli
hokimiyat organlari alohida vakolatlarga egadir. Masalan,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat byudjeti
tizimini boshqarish sohasidagi vakolatlari quyidagilardan iborat
86
:
•
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari,
shuningdek‚ soliq va davlat byudjeti siyosatining asosiy
yo‘nalishlari loyihalarini ishlab chiqish jarayonini tashkil etadi
hamda muvofiqlashtirib boradi;
86
“O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi” 25 modda: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.
446
daromadlarning miqdorlari prognoz qilinadi. Xarajatlar ham o‘z-
o‘zidan amalga oshirilmaydi, balki oldindan hisob-kitob qilingan
aniq miqdorlar asosida byudjetlarga ajratiladi. Daromadlar
ularning aniq manbalari bo‘yicha prognoz qilinsa, xarajatlar
yo‘nalishlar bo‘yicha rejalashtiriladi.
Davlat
byudjeti
tizimi
byudjetlari
mablag‘laridan
foydalanishning aniq yo‘naltirilganligi
va maqsadlilik xususiyati
prinsipi davlat byudjeti mablag‘larini konkret oluvchilar ixtiyoriga
ularning aniq maqsadlarni moliyalashtirilishi oldindan belgilangan
holda bo‘lib berilishini nazarda tutadi. Byudjetda ko‘zda tutilgan
mablag‘lar manzilliligini yoki yo‘nalishini ko‘zda tutilmagan
maqsadlarga o‘zgartirish borasidagi har qanday xatti-harakat
mamlakat davlat byudjeti qonunchiligini buzish hisoblanadi
.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mustaqilligi prinsipi
qonunchilik va davlat hokimiyatining ijroiya organlari hamda
mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mamlakat davlat
byudjeti tizimining tegishli darajalarida davlat byudjeti jarayonini
mustaqil amalga oshirish borasidagi huquqlarini bildiradi. Bu
prinsipning amal qilishi qonunchilikka muvofiq mamlakat davlat
byudjeti tizimining har bir darajasida byudjetlar daromadlarining
o‘z
manbalariga egaligini, byudjetlarning tartibga keltiruvchi
daromadlarini,
qonunchilikka
muvofiq
ravishda
tegishli
byudjetlarning daromadlarini shakllantirish bo‘yicha vakolatlarni,
davlat hokimiyat organlari va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish
organlarining qonunchilikka muvofiq ravishda tegishli byudjetlar
xarajatlarining sarflanish yo‘nalishlarini mustaqil aniqlash huquqini
qonuniy biriktirilishini, byudjet to‘g‘risidagi qonunlarni ijro etish
jarayonida olingan qo‘shimcha daromadlar, davlat byudjeti
daromadlarining xarajatlaridan oshgan qismi summalari va davlat
byudjeti xarajatlari bo‘yicha iqtisod qilingan summalarni olishning
mumkin emasligini, davlat byudjeti to‘g‘risidagi
qonunlarning ijro
etilishi jarayonida vujudga kelgan daromadlardagi yo‘qotmalar va
qo‘shimcha xarajatlarni davlat byudjeti tizimining boshqa daraja-
lari
hisobidan
kompensatsiya
qilishga
yo‘l
qo‘ymaslikni
(qonunchilikning o‘zgarishiga bog‘liq holda vujudga kelgan
holatlardan tashqari) taqozo etadi. Baxtga qarshi, 2016-yilga
qadar o‘tgan davrda mamlakatimiz davlat byudjeti tizimida
byudjetlarning mustaqilligi prinsipiga rioya qilinmagan holatlar yuz
berdi.
Davlat
byudjeti
tizimi
byudjetlari
mablag‘laridan
foydalanishning natijadorligi prinsipining mazmuni shundan
435
•
ommaviy axborot vositalari;
•
sog‘liqni saqlash va jismoniy tarbiya;
•
ijtimoiy siyosat.
Ijtimoiy ehtiyojlar xarajatlari smetali rejalashtirish prinsiplari
asosida aniqlanadi. Bu xarajatlar konkret tadbirlar va xarajatlarning
turlari bo‘yicha moliyalashtiriladi. Xarajatlar hajmi bir-biri bilan o‘zaro
bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy soha tashkilotlarida ishlab chiqiladigan smeta
va moliya organlarida tuzilgan mablag‘lar hisob-kitobi asosida
aniqlanadi.
Hisob-kitoblar
asosida
xizmat
ko‘rsatiladigan
kontingentlarni xarakterlovchi tashkilotlar faoliyatining ko‘rsatkichlari
(masalan, o‘quvchilar, guruhlar, sinflar soni va h.k.) yotadi. Bunda
ularning yil davomida faoliyat ko‘rsatish vaqti ham hisobga olinadi.
Bu ko‘rsatkichlar hisob-kitob birliklari bo‘lib xizmat qiladi. Hisob-kitob
birligiga to‘g‘ri keluvchi pulli xarajat davlat byudjeti tashkilotining
faoliyat ko‘rsatishini va rivojlanishini ta’minlaydigan norma bo‘yicha
o‘rnatiladi.
Dostları ilə paylaş: