504
•
davlat pensiyalarining barcha turlari (yoshga doir, nogironlik
va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari);
•
qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan
moliyalashtiriladigan
kompensatsiya
to‘lovlari
va
boshqa
to‘lovlarni to‘lash uchun;
2) ishlaydigan fuqarolarga:
•
davlat pensiyalarining barcha turlari (yoshga doir, nogironlik
va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari);
•
dafn marosimi uchun nafaqalar (ushbu nafaqalarni
moliyalashtirish 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston
Respublikasi Davlat byudjetidan amalga oshiriladi
105
);
•
16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaning ota-onalaridan
biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda qo‘shimcha
dam olish kuni
uchun to‘lovlar;
•
qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan
moliyalashtiriladigan kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar
uchun sarflanadi.
Ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga pensiyalar,
ijtimoiy nafaqalar va kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni
moliyalashtirish uchun Jamg‘armaning hududiy bo‘linmalari
tomonidan G‘aznachilikning bo‘linmalarida hisob raqamlari
ochiladi.
Jamg‘armaning
hududiy
boshqarmalari
to‘lov
to‘lanadigan har bir oyning 15-kunigacha ishlamaydigan va
ishlaydigan
fuqarolarga
pensiyalar,
ijtimoiy
nafaqalar,
kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar to‘lash
uchun
mablag‘larga
bo‘lgan
ehtiyoj
hajmini
belgilaydi
hamda
Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga buyurtmanoma taqdim
etadi. Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati Jamg‘arma xarajatlarini
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan
tartibda:
•
joriy to‘lov oyining 15-kunigacha — o‘tgan oyning ehtiyoji
hisob-kitobidan kelib chiqib 50 foiz miqdoridagi summani;
•
joriy to‘lov oyining 27-kunigacha —
amaldagi ehtiyojning
taqdim etilgan miqdoridan qolgan summani moliyalashtiradi.
Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari pensiyalar, ijtimoiy
nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlar uchun mablag‘larni
aloqa tashkilotlari va banklarning hisob raqamlariga o‘tkazadi.
105
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat
byudjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida” gi 26-dekabr 2018-yilda qabul
qilingan PQ-4086 son Qarori 28-band.
505
Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari tashkilotlarning
buyurtmanomalari
bo‘yicha
ishlaydigan
pensionerlarga
pensiyalar, dafn marosimi uchun nafaqalar (mablag‘lari davlat
byudjetidan qoplanadi), 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarning
ota-onalaridan biriga qo‘shimcha
dam olish kunlari uchun va
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarni to‘lashga
mablag‘larni moliyalashtiradi.
Jamg‘armaning hisob raqamlaridan mablag‘larni qonun
hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadlarda o‘tkazish va
vaqtincha olib qo‘yish taqiqlanadi.
Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari har yili 15-iyundan
kechikmay Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga joriy yil uchun
xarajatlarning kutilayotgan ijrosini va kelgusi yilga Jamg‘arma
xarajatlari prognozini taqdim etadi. Kelgusi yilga manbalar va
foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha Jamg‘armaning
daromadlari va
xarajatlari prognozlari Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati
tomonidan ishlab chiqiladi va Jamg‘armaning Kuzatuv kengashiga
ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat
byudjeti belgilangan tartibda qabul qilingandan va
kelgusi yilga
uning asosiy parametrlari tasdiqlangandan keyin Jamg‘armaning
ijro etuvchi apparati besh kun muddatda:
•
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga —
mintaqalar bo‘yicha kelgusi yilga Jamg‘arma daromadlarining
tasdiqlangan asosiy parametrlarini;
•
Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar)
bo‘limlariga — turlar va mintaqalar bo‘yicha kelgusi yilga
Jamg‘arma xarajatlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini
(yo‘nalishlarini) etkazadi.
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan
ko‘rsatkichlarini bajarish:
•
yuridik va jismoniy shaxslardan majburiy to‘lovlar, badallar
va boshqa to‘lovlar tushishining va yig‘ilishining to‘liqligi yuzasidan
— davlat soliq xizmati organlari tomonidan;
•
Jamg‘arma mablag‘larini belgilangan tartibda o‘z vaqtida va
to‘liq
moliyalashtirish, o‘z vaqtida tayinlash, to‘lash va manzilli
ravishda
sarflash,
shuningdek
Jamg‘arma
mablag‘laridan
maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish yuzasidan —
Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar)
bo‘limlari tomonidan ta’minlanadi.
Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari Jamg‘armaning ijro
etuvchi apparatiga: