Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Pensiya, nafaqa va to‘lov xarajatlarini moliyalashtirish



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Pensiya, nafaqa va to‘lov xarajatlarini moliyalashtirish 
tartibi. 
Amaldagi 
me’yoriy 
hujjatlarga 
muvofiq 
Pensiya 
jamg‘armasi quyidagi yo‘nalishlarga xarajat qilinadi
104

1) ishlamaydigan fuqarolarga: 
104
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 2010-yil 19-fevraldagi 30-son 
qarori 


504 

davlat pensiyalarining barcha turlari (yoshga doir, nogironlik 
va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari); 

qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan 
moliyalashtiriladigan 
kompensatsiya 
to‘lovlari 
va 
boshqa 
to‘lovlarni to‘lash uchun; 
2) ishlaydigan fuqarolarga: 

davlat pensiyalarining barcha turlari (yoshga doir, nogironlik 
va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalari); 

dafn marosimi uchun nafaqalar (ushbu nafaqalarni 
moliyalashtirish 2019-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat byudjetidan amalga oshiriladi
105
);

16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolaning ota-onalaridan 
biriga (vasiyga, homiyga) bir oyda qo‘shimcha dam olish kuni 
uchun to‘lovlar; 

qonun hujjatlariga muvofiq Jamg‘arma mablag‘laridan 
moliyalashtiriladigan kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar 
uchun sarflanadi. 
Ishlamaydigan va ishlaydigan fuqarolarga pensiyalar, 
ijtimoiy nafaqalar va kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlarni 
moliyalashtirish uchun Jamg‘armaning hududiy bo‘linmalari 
tomonidan G‘aznachilikning bo‘linmalarida hisob raqamlari 
ochiladi. 
Jamg‘armaning 
hududiy 
boshqarmalari 
to‘lov 
to‘lanadigan har bir oyning 15-kunigacha ishlamaydigan va 
ishlaydigan 
fuqarolarga 
pensiyalar, 
ijtimoiy 
nafaqalar, 
kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar to‘lash uchun 
mablag‘larga 
bo‘lgan 
ehtiyoj 
hajmini 
belgilaydi 
hamda 
Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga buyurtmanoma taqdim 
etadi. Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati Jamg‘arma xarajatlarini 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilangan 
tartibda: 

joriy to‘lov oyining 15-kunigacha — o‘tgan oyning ehtiyoji 
hisob-kitobidan kelib chiqib 50 foiz miqdoridagi summani; 

joriy to‘lov oyining 27-kunigacha — amaldagi ehtiyojning 
taqdim etilgan miqdoridan qolgan summani moliyalashtiradi. 
Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari pensiyalar, ijtimoiy 
nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to‘lovlar uchun mablag‘larni 
aloqa tashkilotlari va banklarning hisob raqamlariga o‘tkazadi.
105
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat 
byudjeti parametrlari hamda 2020-2021-yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida” gi 26-dekabr 2018-yilda qabul 
qilingan PQ-4086 son Qarori 28-band. 
505 
Jamg‘armaning tuman (shahar) bo‘limlari tashkilotlarning 
buyurtmanomalari 
bo‘yicha 
ishlaydigan 
pensionerlarga 
pensiyalar, dafn marosimi uchun nafaqalar (mablag‘lari davlat 
byudjetidan qoplanadi), 16 yoshgacha bo‘lgan nogiron bolalarning 
ota-onalaridan biriga qo‘shimcha dam olish kunlari uchun va 
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlarni to‘lashga 
mablag‘larni moliyalashtiradi. 
Jamg‘armaning hisob raqamlaridan mablag‘larni qonun 
hujjatlarida nazarda tutilmagan maqsadlarda o‘tkazish va 
vaqtincha olib qo‘yish taqiqlanadi. 
Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari har yili 15-iyundan 
kechikmay Jamg‘armaning ijro etuvchi apparatiga joriy yil uchun 
xarajatlarning kutilayotgan ijrosini va kelgusi yilga Jamg‘arma 
xarajatlari prognozini taqdim etadi. Kelgusi yilga manbalar va 
foydalanish yo‘nalishlari bo‘yicha Jamg‘armaning daromadlari va 
xarajatlari prognozlari Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati 
tomonidan ishlab chiqiladi va Jamg‘armaning Kuzatuv kengashiga 
ko‘rib chiqish uchun kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasining Davlat 
byudjeti belgilangan tartibda qabul qilingandan va kelgusi yilga 
uning asosiy parametrlari tasdiqlangandan keyin Jamg‘armaning 
ijro etuvchi apparati besh kun muddatda: 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiga — 
mintaqalar bo‘yicha kelgusi yilga Jamg‘arma daromadlarining 
tasdiqlangan asosiy parametrlarini; 

Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) 
bo‘limlariga — turlar va mintaqalar bo‘yicha kelgusi yilga 
Jamg‘arma xarajatlarining tasdiqlangan asosiy parametrlarini 
(yo‘nalishlarini) etkazadi. 
Jamg‘arma daromadlari va xarajatlarining tasdiqlangan 
ko‘rsatkichlarini bajarish: 

yuridik va jismoniy shaxslardan majburiy to‘lovlar, badallar 
va boshqa to‘lovlar tushishining va yig‘ilishining to‘liqligi yuzasidan 
— davlat soliq xizmati organlari tomonidan; 

Jamg‘arma mablag‘larini belgilangan tartibda o‘z vaqtida va 
to‘liq moliyalashtirish, o‘z vaqtida tayinlash, to‘lash va manzilli 
ravishda 
sarflash, 
shuningdek 
Jamg‘arma 
mablag‘laridan 
maqsadli va samarali foydalanilishini nazorat qilish yuzasidan — 
Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) 
bo‘limlari tomonidan ta’minlanadi. 
Jamg‘armaning hududiy boshqarmalari Jamg‘armaning ijro 
etuvchi apparatiga: 


528 

Uning daromadlari qanday manbalar hisobidan tashkil topadi? 

Jamg‘armada shakllangan moliyaviy resurslar hisobidan 
qanday chora-tadbirlar moliyalashtiriladi?

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin