502
jamg‘armasining tegishli hududiy bo‘linmalari tomonidan amalga
oshirilishi belgilangan.
2005-moliya yili boshlangunga qadar, Byudjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasi dastlab O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy
ta’minot vazirligi, so‘ngra vazirlik Mehnat vazirligi bilan
umumlashtirilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (hozirgi O‘zbekiston
Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi)
tasarrufiga o‘tkazildi.
2004-yil 21-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining
490-sonli
“Byudjetdan
tashqari
Pensiya
jamg‘armasi boshqaruvini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi
Qarori e’lon qilindi. Ushbu qarorga muvofiq Pensiya jamg‘armasi
2005-yil 1-yanvardan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
maqomini oldi. Shuningdek, ushbu qaror bilan Byudjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasini boshqaruv kengashi va uning
tarkibi ham belgilandi.
Qayd etilgan qarorga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi
byudjetdan
tashqari
Pensiya
jamg‘armasini
tezkor
muvofiqlashtirib turuvchi Ijroiya direksiya tasdiqlangan.
Dostları ilə paylaş: