506
•
har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunigacha —
hududlar bo‘yicha to‘langan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar,
kompensatsiya to‘lovlari va boshqa to‘lovlar to‘g‘risidagi tezkor
axborotni;
•
tasdiqlangan shakl bo‘yicha yuridik shaxslarning choraklik
va yillik hisobotlari taqdim etilgandan keyin 15 kun mobaynida —
mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etadi.
Jamg‘armaning
Kuzatuv
kengashi
Jamg‘armani
boshqarishning
yuqori
organi
hisoblanadi,
uning
tarkibi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi.
Jamg‘armaning Kuzatuv kengashi vakolatlariga quyidagilar
tegishli bo‘ladi:
•
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan
holda Jamg‘armaning daromadlari va xarajatlari prognoz
parametrlarini, shuningdek Jamg‘arma xarajatlarining har yilgi
smetasini ko‘rib chiqish va tasdiqlash;
•
Jamg‘arma ijro etuvchi apparati, hududiy boshqarmalarining
amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitish va
tasdiqlash;
•
vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va
boshqa tashkilotlar mas’ul xodimlarining Jamg‘arma vakolatiga
tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha hisobotlarini eshitish;
•
O‘zbekiston
Respublikasi
Davlat
soliq
qo‘mitasining
Jamg‘armaga
majburiy
ajratmalar,
badallar
va
boshqa
to‘lovlarning to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash to‘g‘risidagi
axborotini eshitish;
•
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasiga
Jamg‘armaning ijro etuvchi direktorini, uning o‘rinbosarlarini
lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish to‘g‘risida
taqdimnoma kiritish;
•
Jamg‘armaning
hududiy
boshqarmalari
to‘g‘risidagi
namunaviy nizomni tasdiqlash;
•
O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligi
huzuridagi
byudjetdan
tashqari
Pensiya
jamg‘armasining
Pensiyalar
tayinlash
bo‘yicha
tuman
(shahar)
bo‘limi
komissiyalari
to‘g‘risidagi namunaviy nizomni tasdiqlash;
•
Jamg‘armaning ijro etuvchi apparati faoliyatini, ayniqsa
Jamg‘arma
daromadlarini
shakllantirish,
uni
o‘z
vaqtida
503
davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga muvofiq undiriladigan mablag‘larning 85 foizi;
•
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq
muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni to‘lash
xarajatlarini
qoplash
uchun
o‘tkaziladigan
O‘zbekiston
Respublikasi
Bandlikka
ko‘maklashish
davlat
jamg‘armasi
mablag‘lari;
•
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq
tayinlangan imtiyozli pensiyalarni to‘lash xarajatlarini qoplash
hisobiga o‘tkaziladigan yuridik shaxslar mablag‘lari;
•
dehqon xo‘jaliklari a’zolari tomonidan qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda to‘lanadigan sug‘urta badallari;
•
hisoblangan jarimalar summasining bir qismi hamda
majburiy to‘lovlar, badallar va boshqa to‘lovlar o‘z vaqtida
to‘lanmaganligi uchun penyalar (qonun hujjatlariga muvofiq davlat
soliq xizmati organlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-texnik
ta’minlash maxsus jamg‘armasiga hamda Jamg‘arma xodimlarini
ijtimoiy rivojlantirish va moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasiga
undiriladigan summalardan tashqari);
•
yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo‘jaligi kooperativi
(shirkati), fermer va dehqon xo‘jaligi qayta tashkil etilganda yoki
tugatilganda mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda mayib
bo‘lgan, kasb kasalligiga chalingan yoki sog‘lig‘iga boshqacha
shikast yetkazilgan xodimga yyetkazilgan zararni qoplash uchun
to‘lanadigan summalar;
•
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu
jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari va
ixtiyoriy badallar.
Yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlarning ko‘pchiligi bugungi kunda
Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanmayapti,
asosan davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilmoqda
Dostları ilə paylaş: