Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə216/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

 
21.6. Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 
O‘zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‘ar-
masi 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
“O‘zbekiston 
Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot Jamg‘armasini tashkil etish 
to‘g‘risida”gi 2006-yil 11-maydagi PF–3751-sonli Farmoniga
muvofiq tashkil etilgan. Jamg‘arma Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
moliyaviy 
muassasa 
bo‘lib, 
faoliyatining 
asosiy 
maqsadi 
iqtisodiyotning 
yetakchi, 
eng 
avvalo 
bazaviy 
tarmoqlarini 
modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirish bo‘yicha 
loyihalarning 
amalga 
oshirilishini 
ta’minlash, 
shuningdek 
mamlakatni muttasil, barqaror va mutanosib ravishda ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishga erishish hamda samarali tarkibiy va 
investitsiyaviy siyosatni amalga oshirishdan iborat. 
Jamg‘arma 
loyihalarni 
moliyalashtirish 
(qo‘shma 
moliyalashtirish) quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi: 

Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash qarori bilan 
tasdiqlanadigan ro‘yxatga kiritilgan vakolatli banklarning (keyingi 
o‘rinlarda — tijorat banklari) buyurtmanomalariga binoan — 
muddatli, to‘lovli va qaytarish asosida kreditlar berish va kredit 
liniyalarini ochish; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bo‘yicha 
ayrim investitsiya loyihalarining dastlabki yoki yakuniy texnik-
iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun Iqtisodiyot vazirligi 
buyurtmanomalariga binoan — grantlar yoki foizsiz kreditlar berish 
(yiliga Jamg‘armaning o‘tgan yildagi foydasining 5 foizidan ko‘p 
bo‘lmagan miqdorda); 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan 
tijorat banklari va qarz oluvchining buyurtmanomalari bo‘yicha 


520 
hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari asosida — 
Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadigan imtiyozli 
kreditlar berish; 

tashkil etilayotgan korxona va tashkilotlarning ta’sis 
hujjatlariga va ularni tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarorlariga 
muvofiq — yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda 
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 
strategik ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalarning ustav kapitaliga 
investitsiya kiritish (korxona yoki tashkilot ustav kapitali (fondi)ning 
25 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda). 
Shuningdek, Jamg‘arma mablag‘lari quyidagilarga ishlatilishi 
mumkin: 

Moliya vazirligining buyurtmanomalari bo‘yicha va tegishli 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlariga asosan — 
davlatning tashqi qarzlari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari va 
xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to‘lash; 

tasdiqlangan 
davlat 
dasturlariga 
muvofiq 
O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti qarorlari bo‘yicha — yangi zamonaviy 
xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda strategik 
ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa tovarlarni xarid qilish uchun 
imtiyozli kreditlar berish. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin