518
“O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
huzuridagi
Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi
2017-yil 14-fevraldagi PQ-2776-sonli qaroriga ko‘ra Respublika yo‘l
jamg‘armasi
O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligidan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Hududlarni
kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital
qurilish, qurilish industriyasi masalalari kompleksiga bo‘ysundirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-yilgi asosiy
makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlari
prognozi
va
davlat
byudjeti
parametrlari hamda 2020-2021-yillarga byudjet mo‘ljallari to‘g‘risida”
gi 26-dekabr 2018-yilda qabul qilingan PQ-4086 son Qaroriga ko‘ra
2019-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining
Avtomobil yo‘llari davlat Qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazildi va uning
asosiy funksiyalarini bajarish maqsadidagi manzilli dasturlarni
kelishish va moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi funksiyasiga o‘tkazildi. Yo‘l xo‘jaligi sohasidagi qurilish,
rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va jihozlash bo‘yicha manzilli
dasturlarni moliyalashtirish va kelishish, shuningdek, avtomobil
yo‘llaridan
foydalanish
va
saqlash
bo‘yicha
xarajatlarni
moliyalashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat
qo‘mitasi, uning hududiy bosh boshqarmalari, tuman yo‘llardan
foydalanish
korxonalari,
yo‘llardan
muntazam
foydalanish
korxonalari, ko‘priklardan foydalanish korxonalari, Respublika yo‘l
jamg‘armasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari
sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasini saqlash funksiyalarini
Moliya vazirligi zimmasiga yuklandi hamda boshqaruv xodimlarining
cheklangan sonini 9 birlikdan iborat etib belgilagan holda
Respublika yo‘l jamg‘armasini yo‘l xo‘jaligi sohasida xalqaro
moliyaviy institutlar, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi
investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ijrochi organ
sifatida belgilandi.
Respublika yo‘l jamg‘armasiga 2019-yil 1-yanvardan keyin
tushadigan majburiy ajratmalar summasi to‘liq miqdorda Pensiya
jamg‘armasiga o‘tkaziladigan bo‘ldi hamda ushbu to‘lovlar bo‘yicha
ortiqcha to‘langan summalar Pensiya jamg‘armasidan to‘lanilishi
belgilandi. Respublika yo‘l jamg‘armasining (xodimlarni moddiy
rag‘batlantirish maxsus hisobraqamidan tashqari) 2018-yil yakuni
bo‘yicha qoldiq mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi respublika
byudjetiga o‘tkaziladi hamda yakunlanmagan qurilish-ta’mirlash va
jihozlash ishlari keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi respublika
523
•
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan Jamg‘arma
mablag‘larining bo‘sh qoldiqlarini ishonchli boshqarish to‘g‘risida
shartnomalar tuzadi;
•
Jamg‘arma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan
bog‘liq bo‘lgan boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
•
Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Kengash Jamg‘armaning
yuqori boshqaruv organi hisoblanadi, uning tarkibi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Dostları ilə paylaş: