536
doimiy ravishda baholarning darajasidan ortda qolmoqda. Qarilik
bo‘yicha (yoshga doir) pensiyaning o‘rtacha miqdori hayotning
yashash darajasidan ancha past. Shu munosabat bilan iqtisodiy
islohotlarni amalga oshirish sharoitida fuqarolarning pensiya ta’minoti
bo‘yicha huquqlarini davlat tomonidan kafolatlanishini kuchaytirish va
pensiya tizimini barqaror rivojlantirish shart-sharoitlarini yaratish
maqsadida mamlakatda pensiya tizimi isloh qilinmoqda.
Pensiya
tizimini
isloh
qilishning
negizida
pensiya
to‘lanmalarini
moliyalashtirishning
jamg‘ariladigan
prinsiplari
asosida
tashkil
qilish
yotadi.
Unga
muvofiq
ravishda
pensiyalarning
quyidagi
uch
darajasini
o‘rnatish
ko‘zda
tutilmoqda:
•
jamg‘ariladigan pensiyalar – yollanib ishlaydiganlarga
beriladi, butun mehnat faoliyati davomida olingan ish haqiga
nisbatan ajratmalar va bu ajratmalarni saqlab o‘z oborotida
foydalanganligi uchun ular tomonidan to‘lanadigan foizlar
hisobidan amalga oshiriladi;
•
ijtimoiy pensiyalar – o‘zlariga pensiya to‘lanmalarining
to‘lanishi uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni jamg‘armagan va
hayot kechirish uchun zaruriy mablag‘larga ega bo‘lmagan
shaxslarga umumiy soliqlar yoki majburiy ajratmalar hisobidan
to‘lanadi;
•
qo‘shimcha pensiyalar – alohida toifadagi ish beruvchilardan
undiriladigan yoki ish beruvchilar va xodimlar tomonidan ixtiyoriy
ravishda o‘tkazilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Sekin-astalik bilan, oxir-oqibatda, jamg‘ariladigan pensiya
pensiyaning asosiy ko‘rinishiga (turiga) aylanmog‘i lozim.
Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida “Fuqarolarning
davlat
pensiya
ta’minoti
to‘g‘risida”gi
Qonuniga
muvofiq
pensiyaning quyidagi turlari qo‘llanilib kelinayapti:
•
yoshga doir pensiya;
•
nogironlik pensiyasi;
•
boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi.
Dostları ilə paylaş: