Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə225/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Bola tug‘ilganda beriladigan nafaqa. 
Bola tug‘ilganda 
beriladigan bir martalik nafaqa O‘zbekiston Respublikasi 
hududida belgilangan eng kam oylik ish haqining ikki baravari 
miqdorida beriladi. Ish haqiga koeffitsiyent qo‘llaniladigan 
tumanlarda nafaqa ushbu koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda 
belgilanadi. 
Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan 
holda oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida, 
magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil 
olayotgan ayollarga bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik 
nafaqa tegishlicha ish yoki o‘qish joyidan to‘lanadi. Bolaning onasi 
ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda nafaqa bolaning 
ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan 
otasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga to‘lanadi. 
Ishlamaydigan va o‘qimaydigan ota-onalarga bola tug‘ilganda 
nafaqa ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan tayinlanadi va 


558 

umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga 
hamda 21 yoshga etmagan chin (sag‘ir) yetimlarga ish haqining 
80 foizi miqdorida; 

umumiy ish staji 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 
60 foizi miqdorida. 
Tayinlangan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha 
nafaqa quyidagi miqdorlarda to‘lanadi: 

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safidagi muddatli 
xizmatdan bo‘shatilgandan so‘ng bir oy ichida kasal bo‘lib qolgan 
sobiq harbiy xizmatchilarga — respublikada belgilangan eng kam 
ish haqi miqdorida; 

boshqa hollarda — ish haqining 60 foizi miqdorida. 
Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa barcha 
hollarda belgilangan eng kam ish haqidan kam bo‘lmasligi va 
nafaqa hisoblab chiqarilgan ish haqidan yuqori bo‘lmasligi lozim. 
Nafaqa miqdori vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan 
kungacha, mehnat daftarchasi yoki uning o‘rniga berilgan boshqa 
hujjat, shuningdek ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan berilgan 
ma’lumotnoma asosida hisoblangan umumiy ish stajiga muvofiq 
aniqlanadi. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   221   222   223   224   225   226   227   228   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin