552
Ish haqiga koeffitsiyentlar belgilangan joylarda yashovchi
shaxslarga tayinlanadigan ishsizlik nafaqasi miqdorlari ularning
shu joylarda yashagan davri uchun mazkur joyda noishlab
chiqarish tarmoqlarining xodimlariga
belgilangan koeffitsiyentni
qo‘llagan holda aniqlanadi. Ishsizlik nafaqasi miqdorini hisoblab
chiqishda rayon koeffitsiyentlarini qo‘llash tartibi O‘zbekiston
Respublikasi
Bandlik
va
mehnat
munosabatlari
vazirligi
tomonidan belgilanadi.
Ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum
bo‘lgan taqdirda, ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega bo‘lgan
shaxslarga oldingi ish joyidagi o‘rtacha ish haqining ellik foizi
miqdorida, ammo qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish
haqidan oz bo‘lmagan va nafaqani hisoblash paytida O‘zbekiston
Respublikasida tarkib topgan o‘rtacha ish haqidan ortiq bo‘lmagan
miqdorda ishsizlik nafaqasi to‘lash kafolatlanadi.
Harbiy xizmatdan, Ichki ishlar va
Milliy xavfsizlik xizmati
organlaridan bo‘shatilishi munosabati bilan ish haqidan mahrum
bo‘lgan shaxslar ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega. Harbiy
xizmatdan, Ichki ishlar va Milliy xavfsizlik xizmati organlaridan
bo‘shatilgan hamda mahalliy mehnat organlariga murojaat
qilishdan oldin ishlamagan shaxslarga nafaqa miqdori qonun
hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdori darajasida
hisoblab chiqariladi.
Ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan va ishsizlik
nafaqasi olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga mahalliy mehnat
organi tomonidan kasbga tayyorlash
yoki ishga joylashish
imkoniyati berilmagan taqdirda, ularga qonun hujjatlarida
belgilangan eng kam ish haqining kamida etmish besh foizi
miqdorida nafaqa to‘lash kafolatlanadi.
Uzoq (bir yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini
qayta
boshlashga
harakat
qilayotgan
ishsiz
shaxslarga
mutaxassisligi bo‘lgan shaxslar uchun, shuningdek o‘n ikki oy
mobaynida haq to‘lanadigan ish bilan bandligi o‘n
ikki kalendar
haftadan kam bo‘lmagan shaxslar uchun, agar ularning ishga
joylashishi uchun kasbga qayta o‘rgatishni yoki malakasini
oshirishni talab qilmasa, qonun hujjatlarida belgilangan eng kam
ish haqidan oz bo‘lmagan miqdorda va boshqa hollarda, shu
jumladan, mutaxassisligi bo‘lmagan
shaxslarga, mahalliy mehnat
organi tomonidan kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka
553
oshirish imkoniyati berilmagan taqdirda, qonun hujjatlarida
belgilangan
eng
kam
ish
haqining
etmish
besh
foizi
miqdoridamiqdorda nafaqa to‘lash kafolatlanadi.
Ishsiz deb e’tirof etilgan shaxslar ishlab chiqarishdan
ajralgan holda kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan
o‘tgandan,
malaka
oshirishni
tugatgandan
keyin
qonun
hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo‘lmagan
miqdorda ishsizlik nafaqasi olish huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: