Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə232/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Tor ma’noda
davlat kreditini boshqarish deyilganda davlatning 
qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarish va joylashtirish, davlat 
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish, davlat qarziga xizmat 
ko‘rsatish va uni qaytarish (uzish), ssuda va garantiyalar taqdim 
etish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar majmui tushuniladi.
Davlat kreditini boshqarish jarayonida quyidagi vazifalarni 
yechish ko‘zda tutiladi: 

qarzdorning qarzi qiymatini minimallashtirish; 

bozorni davlatning qarz majburiyatlari bilan ortiqcha to‘lib 
ketishiga va ular kursining keskin tebranishiga yo‘l qo‘ymaslik; 

jalb qilingan mablag‘lardan samarali foydalanish va 
ajratilgan kreditlarning maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni 
amalga oshirish; 

kreditlarning o‘z vaqtida qaytrilishini ta’minlash; 

moliyaviy siyosat bilan aniqlangan vazifalarni maksimal 
yechish. 
Davlat kreditini boshqarishni boshqaruv organlari, moliya va 
kredit institutlari amalga oshiradi. Uni tezkor boshqarish esa 
mamlakat hukumatining rahbarligi ostida Moliya vazirligining 
Markaziy bank bilan hamkorligida ta’minlanadi. 
 
23.4. Davlat qarzi. Ichki va tashqi qarzlar 
 
Davlat tomonidan qarziy faoliyatning amalga oshirilishi 
natijasida davlat qarzi vujudga keladi. Jismoniy va yuridik 
shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro 
huquqningboshqa subyektlari oldida vujudga kelgan hukumatning 
qarziy 
majburiyatlariga 
davlat 
qarzi 
deyiladi. 
O‘zbekiston 


574 
joylashtirish 
hamda 
eski 
qarzni 
qaytarib, 
investor 
o‘z 
yo‘qotmalarini kamaytirishi mumkin. 
Qarzlarni qaytarishning ikki usuli bo‘lishi mumkin: 

bir vaqtning o‘zida; 

qismlarga bo‘lib. 
Agar qarzlar qismlarga bo‘linib qaytarilayotgan bo‘lsa, 
qaytarish muddatlari bo‘yicha qarz summalarining taqsimlanishiga 
ko‘ra quyidagi uch variant bo‘lishi mumkin: 
1) aniqlangan davr, masalan, 4 yil ichida teng qismlarga bo‘lib 
qaytarish. Bu holda, masalan, qarzning summasi 10 mln. so‘m 
bo‘lsa, har yili 2,5 mln. so‘mdan qaytariladi; 
2) oshib boriladigan qismlarda. Masalan, birinchi yil 1 mln. 
so‘m, ikkinchi yilda – 2 mln. so‘m, uchinchi yilda – 3 mln. so‘m va 
to‘rtinchi yilda – 4 mln. so‘m. Qarzdorning daromadlari yildan-yilga 
o‘sib (oshib) borayotgan paytda bu tizim juda qulay hisoblanadi. 
Masalan, boshqa sharoitlar teng bo‘lgan taqdirda, ishbilarmonlik 
faolligining oshishi natijasida soliq tushumlari o‘sishi ko‘zda tutiladi 
yoki qurilishga qarz mablag‘lari jalb qilingan obyekt, sekin-astalik 
bilan o‘z quvvatiga ega bo‘la borib, yildan-yilga kattaroq summada 
foyda keltira boshlaydi; 
3) pasayib boradigan qismlarda. Masalan, birinchi yilda – 4 
mln. so‘m, ikkinchi yilda – 3 mln. so‘m, uchinchi yilda – 2 mln. 
so‘m va h.k. Bunday tizim qarzdorning daromadlarini pasayishi 
yoki xarajatlarining ortishi kutilayotgan paytda afzalliklarga ega va 
ustuvor ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin