572
bir yildan o‘n yilgacha qaytarilish muddatlarida chiqariladi. Uzoq
muddatlar uchun mablag‘larni jalb qilish, odatda, obligatsiyalar
yordamida amalga oshiriladi.
5. Qarz majburiyatlari ta’minlanganligiga qarab
:
•
garovli;
•
garovsiz bo‘ladi
Garovli obligatsiyalar mutlaq yoki aniq mulk bilan ta’minlanadi.
Xorijning rivojlangan mamlakatlarida tez-tez mahalliy hokimiyat
organlari tomonidan bunday obligatsiyalar muomalaga chiqariladi.
Garovsiz obligatsiyalarda aniq bir narsa ta’minlanmaydi: uning
ta’minlanish asosi bo‘lib davlatning yoki mahalliy hokimiyat
organlarining jami mulki hisoblanadi. Markaziy boshqaruv
organlari,
odatda,
garovsiz
obligatsiyalarni
muomalaga
chiqarishadi. Ularning ishonchliligi juda yuqori bo‘lganligi uchun
ular qo‘shimcha kafolatga ehtiyoj sezmaydi.
Dostları ilə paylaş: