Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 To‘lanadigan daromadning xarakteri bo‘yicha



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə236/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

6. To‘lanadigan daromadning xarakteri bo‘yicha


yutuqli qarz majburiyatlari; 

foizli qarz majburiyatlari; 

nol kuponli qarz majburiyatlari. 
Yutuqli obligatsiyalar bo‘yicha daromadlarning to‘lanishi 
lotareyalar asosida amalga oshiriladi. Bu obligatsiyalar katta 
talabga ega emas. Chunki investorlar tasodifga tayanib emas, 
balki barqaror daromad olishga intiladilar. Yutuq olishni istaganlar 
esa lotareya chiptalari sotib olishni ixtiyor etadilar. Bu turdagi qarz 
majburiyatlarining asosiysi foizli obligatsiyalar bo‘lib, ular bo‘yicha 
daromad kuponlar asosida yilda bir, ikki yoki to‘rt marta to‘lanadi. 
Investorlarning ko‘pchiligi ana shunday qarz majburiyatlarini ma’qul 
ko‘rishadi. 
Davlatning qisqa muddatli qarz instrumentlari kuponlarga ega 
emas. Ular nominalidan chegirmalash asosida sotiladi va nominal 
bo‘yicha sotib olinadi. Ayrim uzoq muddatli qarz majburiyatlari 
ham kuponlarga ega bo‘lmasligi mumkin. Ular bo‘yicha barcha 
daromadlar asosiy qarzning summasi bilan birgalikda to‘lanadi. 
Xuddi qisqa muddatli obligatsiyalar singari ular ham nominalidan 
chegirmalash orqali sotiladi va nominali bo‘yicha sotib olinadi. 
Amaliyotda bunday obligatsiyalar nol kuponli obligatsiyalar nomini 
olgan. 
7. Daromadlarni aniqlash metodiga ko‘ra


barqaror (qat’iy) daromadli qarz majburiyatlari; 

“suzuvchan” daromadli qarz majburiyatlari. 
565 
 
23-BOB. DAVLAT KREDITI 

23.1. Davlat kreditining mazmun-mohiyati va 
funksiyalari 
 
Davlat krediti hokimiyat va boshqaruv organlari orqali, bir 
tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, jismoniy va yuridik shaxslar 
o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan 
iborat bo‘lib, unda davlat qarz oluvchi, kreditor (qarz beruvchi) va 
kafil sifatlarida maydonga chiqadi. Bunday iqtisodiy (kredit) 
munosabatlar(i)ning mumtoz (klassik) shaklida davlat, odatda, 
mablag‘larni qarz oluvchi bo‘lib hisoblanadi. 
Agar davlat yuridik va jismoniy shaxslarga qaytarish va haq 
(to‘lov, to‘lash) asosida mablag‘larni taqdim etib, kreditor (qarz 
beruvchi) sanalsa, unda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 
operatsiyalar hajmi ancha kamayadi (pasayadi). 
Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan olingan qarzlarni 
uzish (qaytarish) yoki ularning boshqa majburiyatlarini bajarish 
javobgarligini davlat o‘z zimmasiga olgan holatda, u kafilga 
aylanadi. Markazlashtirilgan pul fondlarining o‘lchamiga bevosita 
ta’sir ko‘rsatuvchi kredit munosabatlarining dastlabki ikki ko‘-
rinishidan (qarz oluvchi va kreditor) farq qilgan holda davlat 
tomonidan kafolatning berilishi o‘sha markazlashtirilgan pul 
fondining, albatta, o‘zgarishiga olib kelmasligi mumkin. Agar 
qarzdor o‘zining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar bo‘yicha 
to‘liq hajmda va o‘z vaqtida hisob-kitob qilishni uddalay olsa, kafil 
hech qanday qo‘shimcha xarajatlarni amalga oshirmaydi. Biroq 
amaliyotda yyetarli darajada ishonchli bo‘lgan qarz oluvchilar 
davlat kafolatiga muhtoj bo‘lmaydi. Ular mustaqil ravishda kredit 
bozoridan mablag‘larni jalb qilishga qodirdir. Odatda, davlat 
kafolatlari yyetarli darajada ishonchli bo‘lmagan qarz oluvchilarga 
nisbatan qo‘llaniladi va bu narsa shunga mos ravishda, 
markazlashtirilgan pul fondidan xarajatlarning o‘sishiga olib 
keladi.
Davlat krediti iqtisodiy kategoriya sifatida ikki ko‘rinishdagi – 
moliya va kredit – pul munosabatlarining o‘rtasida joylashgan bo‘lib, 
shunga mos ravishda, u ham moliyaga, ham kreditga tegishli 
bo‘lgan xususiyatlarga egadir. Moliya tizimining alohida olingan 


566 
bo‘g‘ini sifatida esa davlat krediti davlatning markazlashtirilgan pul 
fondlarini (byudjet va byudjetdan tashqari fondlarni) shakllantirish va 
ulardan foydalanish jarayoniga xizmat qiladi. 
Kreditning bir turi sifatida davlat krediti klassik (mumtoz) 
moliyaviy kategoriyalardan, masalan, soliqlardan farq qiluvchi bir 
necha o‘ziga xos bo‘lgan quyidagi xususiyatlarga egadir: 

davlat krediti soliqlarga nisbatan ixtiyoriylik xarakteriga ega. 
Ayrim hollarda amaliyotda, u yoki bu davlatlar tarixida bu prinsipdan 
chekinish va davlat zayomlarini joylashtirishda majburiylik 
holatlariga ham yo‘l qo‘yiladi; 

agar soliqlar faqat bir yo‘nalishda – soliq to‘lovchilardan 
byudjetga yoki byudjetdan tashqari jamg‘armalarga – harakat 
qilsa (bunga teskari yo‘nalishdagi harakat faqat ortiqcha to‘langan 
yoki xato undirilgan soliqlar qaytarilayotgandagina sodir bo‘lishi 
mumkin), qaytaruvchanlik va haqlilik (to‘lovlilik) davlat kreditining 
asosini tashkil etadi. Haqiqatdan ham davlat kreditiga ma’lum bir 
vaqt o‘tganidan so‘ng o‘tkazilgan summa foizi bilan qaytarilishi 
kerak. 
Umuman 
olganda, 
davlat 
krediti 
boshqa 
moliyaviy 
kategoriyalardan o‘zining quyidagi xarakterli xususiyatlari bilan 
farqlanadi: 

agar bank kreditini taqdim etishda ta’minlanganlik elementi 
sifatida konkret boyliklar – ombordagi tovarlar, tugallanmagan 
ishlab chiqarish va boshqa shunga o‘xshashlar maydonga 
chiqadigan 
bo‘lsa, 
davlat 
tomonidan 
mablag‘lar 
qarzga 
olinayotganda uning egaligida bo‘lgan barcha mol-mulk, ma’lum 
bir hududiy birlikning mulki yoki uning qandaydir bir daromadi 
davlat kreditining ta’minlanganlik elementi bo‘lishi mumkin; 

Markaziy hukumat darajasida davlat krediti aniq maqsadli 
xaraktyerga ega bo‘lmaydi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, 
hokimiyatning quyi darajalarida olingan qarziy mablag‘lar aniq 
ifodalangan maqsadli xarakterga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Masalan, 
yangi yo‘llarni va turar-joy massivlarini qurish uchun olingan qarz 
mablag‘lari ana shunday xaraktyerga egadir; 

har qanday qarz oluvchi singari davlat ham mablag‘larni 
oldindan belgilangan muddatlarga jalb qiladi va bu muddatlar 
davlat kreditining aniq shartlarida o‘z ifodasini topadi. 
571 
beruvchilar esa fuqarolar yoki yuridik shaxslar hisoblanadi. Davlat 
qarzlari ixtiyoriy bo‘lib, muomalaga chiqarilgan qarzlarning shartlarini 
o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Davlat 
krediti 
quyidagi 
bir 
necha 
belgilarga 
ko‘ra 
klasssifikatsiya qilinadi: 
1) 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin