Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Davlat – garant (kafil) va kreditor sifatida



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

23.5. Davlat – garant (kafil) va kreditor sifatida 
 
Garant (kafillik) huquqiy majburiyatlarni ta’minlash usuli bo‘lib, 
unga muvofiq kafolat beruvchi kafolat berilgan tomonning 
(shaxsning) majburiyatlarini to‘liq yoki qisman uchinchi tomon 
591 
Majburiy sug‘urta qonun asosida joriy etiladi. Majburiy 
davlat sug‘urtasi davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan, majburiy 
sug‘urta esa yuridik yoki jismoniy shaxsning o‘z mablag‘lari 
hisobidan amalga oshiriladi. 
Yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulkini sug‘urta qilish, 
fuqarolarni baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilish, xorijga chiquvchi 
fuqarolarni sug‘urta qilish, tibbiy sug‘urta, uzoq muddatli hayotni 
sug‘urtalash, yuklarni sug‘urtalash kabi sug‘urta turlari ixtiyoriy 
shaklda amalga oshiriladi. 
24.2. Sug‘urtani amalga oshirishning huquqiy asoslari 
 
Sug‘urta kompaniyasi, sug‘urta tashkiloti va sug‘urtalovchi 
so‘zlari yagona ma’noni – sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanadigan 
xo‘jalik 
yurituvchi 
subyektlarini 
anglatadi. 
O‘zbekiston 
Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida 
sug‘urta tashkiloti sug‘urtalovchi sifatida talqin etilgan. Fuqarolik 
kodeksida esa sug‘urta kompaniyasi sug‘urtalovchi, sug‘urta 
tashkiloti deb nomlangan. “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi 
Qonunning 6-moddasida sug‘urta tashkilotiga quyidagicha ta’rif 
berilgan: “Tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun 
litsenziyaga ega bo‘lgan va sug‘urta shartnomasiga muvofiq 
sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish 
majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs 
sug‘urtalovchi deb e’tirof etiladi”
108

Sug‘urta tashkiloti tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish 
uchun litsenziyaga ega bo‘lishi shart. Unga litsenziyani maxsus 
vakolatli davlat organi – O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi 
beradi. 
Sug‘urta tashkiloti yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lishi 
lozim. Sug‘urta tashkilotlarini yuridik shaxs sifatida davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirligi 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Sug‘urta tashkilotlari turli mulkchilik shakllarida tashkil 
etilishi 
mumkin. 2019-yil 10-yanvar holatiga 
O‘zbekiston 
Respublikasida 30 ta sug‘urta kompaniyasi tegishli faoliyatni 
amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega. Ularning 
bittasi to‘liq davlat tasarrufida (“O‘zbekinvest” eksport-import milliy 
108
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (qo‘shimcha va o‘zgarishlar bilan birga). 


590 
- umumiy sug‘urta (shaxsiy, mulkiy sug‘urta, javobgarlikni 
sug‘urta qilish hamda hayotni sug‘urta qilish sohasiga taalluqli 
bo‘lmagan boshqa sug‘urta turlari). 
Har 
bir 
sug‘urta 
tarmog‘i 
sug‘urta 
risklari 
va 
majburiyatlarining 
umumiy 
xususiyatlariga 
qarab 
sug‘urta 
klasslariga bo‘linadi. Hayotni sug‘urta qilish tarmog‘i 4 ta va 
umumiy sug‘urta sohasi 17 ta klassni o‘z tarkibiga oladi. Har bir 
sug‘urta klassi umumiy xususiyatlariga qarab bitta yoki bir nechta 
sug‘urta turlarini (mahsulotlarini) o‘z ichiga oladi. Sug‘urta 
tarmoqlariga oid sug‘urta klasslarining to‘liq nomlanishi 2002-yil 
27-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining “Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 413-sonli qarori bilan tasdiqlangan 
“Sug‘urta faoliyati klassifikatori”da keltirilgan. 
Sug‘urta majburiy va ixtiyoriy shakllarda amalga oshiriladi. 
Hozirgi kunda O‘zbekistonda majburiy sug‘urtaning quyidagi 
turlari amalga oshiriladi: 
- harbiy xizmatchilar va harbiy majburiyatli shaxslarning, 
oddiy askarlar hamda boshliqlar tarkibiga kiruvchi shaxslarning 
davlat majburiy sug‘urtasi; 
- soliq organlari xodimlarining davlat majburiy sug‘urtasi; 
- davlat sud ekspertlarining hayoti va sog‘lig‘ini davlat 
tomonidan majburiy sug‘urta qilish; 
- sudyalarning hayoti va sog‘lig‘ini davlat tomonidan 
majburiy sug‘urta qilish; 
- Hukumat kafolati ostida kiritilayotgan va Davlat byudjeti 
mablag‘lari hisobidan qurilayotgan obyektlardagi qurilish risklarini 
majburiy sug‘urtasi; 
- xavfli ishlab chiqarish obyektiga ega korxonalarning xavfli 
ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan taqdirda boshqa 
shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof 
muhitga zarar yetkazganlik uchun fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug‘urta qilish; 
- transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini 
majburiy sug‘urta qilish; 
- ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta 
qilish; 
- tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta 
qilish. 
579 
(shaxs) oldida ijro etilishiga (bajarilishiga) javob berishi uchun 
majburiyatni yozma ravishda o‘z zimmasiga oladi. Kafolatlar, 
odatda, tanlov asosida taqdim etilishi kerak. Davlat tomonidan 
milliy va xorijiy valyutada berilayotgan kafolatlar (kafilliklar) 
o‘zining yuqori chegarasiga ega bo‘lmog‘i lozim. Mamlakatning 
milliy valyutasida ifodalangan kafolatlarning umumiy summasi 
davlatning ichki qarzlari tarkibiga, uning xorijiy valyutada 
ifodalangan summasi esa davlatning tashqi qarzlari tarkibiga 
kiritiladi. Kafolatlar taqdim etilayotgan paytda, albatta, uni 
oluvchilarning (unga ega bo‘layotganlarning) moliyaviy ahvoli 
tekshirilmog‘i kerak. 
An’anaviy ravishda davlat aholining tijorat banklaridagi
omonatlarini 
kafolatlaydi. 
Keyingi 
yillarda 
bozor 
munosabatlarining rivojlanishiga muvofiq ravishda davlat turli 
yuridik 
shaxslarning 
qarziy 
majburiyatlari 
bo‘yicha 
ham 
kafolatlovchi (kafillik beruvchi) sifatida maydonga chiqmoqda. 
Mamlakatda moliyaviy intizomni mustahkamlash va kafolatlar 
berishning asoslangan mexanizmini joriy etish maqsadida 
byudjetga va byudjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar 
bo‘yicha 
qarzlari 
mavjud 
bo‘lgan 
subyektlarga 
kafolatlar 
berilmaydi. Shuningdek, kafolatlarni tanlov asosida amalga oshirish 
maqsadga muvofiqdir. 
Rezident-yuridik 
shaxslarning 
majburiyatlari 
bo‘yicha 
O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan sodir 
etiladi. Jismoniy shaxslarning majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston 
Respublikasining kafolatlari berilmaydi. Kafolatlar berish tartibi, 
shuningdek, kafolatlar berilganligi uchun kafolatlar oluvchidan haq 
olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan belgilanadi. 
Davlat qarzi bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishga 
hamda davlat tomonidan ichki va xorijdan mablag‘ jalb qilish 
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining majburiyatlaridan kelib 
chiquvchi to‘lovlarni amalga oshirish uchun mablag‘larni jamlashga 
shart-sharoit yaratish maqsadida respublika byudjet tarkibida 
kafolat jamg‘armasi tuzilishi mumkin. Bu jamg‘armani tashkil etish 
va undan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Bozor munosabatlarining rivojlana borishi bilan ichki bozorda 
davlatning kreditor sifatidagi faolligi ham asta-sekinlik bilan 
kuchaymoqda. Agar avval byudjetdan moliyalashtirishga asosiy 


580 
e’tibor qaratilgan bo‘lsa, keyingi yillarda og‘irlik markazining kredit 
munosabatlari tomon o‘zgarayotganligi sezilib turibdi. Chunki kredit 
munosabatlari 
mablag‘lardan 
foydalanishda 
byudjet 
re-
surslarining katta qismini tejashga imkon beradigan va samarali 
usul hisoblanadi. 
Davlatning kreditor sifatidagi o‘rni uning ichki va tashqi kreditlari 
bilan belgilanadi. Odatda, dunyo amaliyotida ichki kreditlar ikki 
ko‘rinishga ega (bu degani, hamma davlatlar amaliyotida ham 
bo‘lishi mumkin emas yoki boshqacha shaklda amal qilishi mumkin): 

byudjet kreditlari; 

byudjet ssudalari. 
Byudjet kreditlari xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish 
shakli bo‘lib, u yuridik shaxslarga qaytarilish va tiklash asosida 
mablag‘ berilishini ko‘zda tutadi. Byudjet ssudasi esa yuqori 
byudjetdan quyi byudjetga yoxud respublika byudjetidan rezident-
yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan 
ajratiladigan mablag‘dir. 
Byudjetdan qarz mablag‘larini oluvchilar quyidagilar bo‘lishi 
mumkin: 

byudjet tashkilotlari. Amalda byudjet tashkilotlari kredit 
tashkilotlaridan hamda yuridik va jismoniy shaxslardan kredit olish 
huquqiga 
ega 
emas 
(byudjet 
va 
byudjetdan 
tashqari 
jamg‘armalardan olinadigan ssudalarni mustasno qilganda); 

davlat unitar korxonalari; 

byudjet tashkiloti va davlat unitar korxonasi bo‘lmagan yuridik 
shaxslar; 

ijroiya hokimiyat organlarining quyi byudjetlari. 
Byudjet kreditlarini qaytarish bo‘yicha ijroni ta’minlashning 
usullari faqat bank kafolatlari, mol-mulk garovi bo‘lishi mumkin. 
Yuridik shaxslarga berilgan byudjet mablag‘larini qaytarish va 
ulardan foydalanganlik uchun haqini to‘lash byudjet to‘lovlariga 
tenglashtiriladi. Byudjet kreditlari faqat qaytarilish asosida oldin 
berilgan byudjet mablag‘lari bo‘yicha to‘lov muddati o‘tib ketgan 
qarzlari bo‘lmagan yuridik shaxslarga berilishi mumkin. 
Moliya 
vazirligi 
kelgusi 
yil 
uchun 
byudjet 
loyihasi 
tayyorlanayotgan paytda tashkilotlarga berilishi mumkin bo‘lgan 
byudjet kreditlarining umumiy hajmini aniqlaydi va investitsion 
loyihalarning tanlovini o‘tkazish uchun kelgusi moliya yilining 
boshlanishidan to‘rt oy oldin ularni tegishli vazirliklarning ixtiyoriga 
etkazadi.
589 
maxsus pul jamg‘armasini tashkil etish va turli noxush 
hodisalarning sodir bo‘lishi natijasida ana shu shaxslarning hayoti 
va faoliyatiga yyetkazilgan zararlarni mazkur jamg‘arma hisobidan 
qoplash 
bilan 
bog‘liq 
iqtisodiy 
munosabatlarga 
sug‘urta 
deyiladi”
106
. 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston 
Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunida 
sug‘urtaga quyidagicha ta’rif berilgan: “Sug‘urta deganda yuridik 
yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta mukofotlaridan 
shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta 
hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga 
muvofiq sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan 
ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi”
107
.
Ko‘rinib turibdiki, yuridik va jismoniy shaxslar xizmat haqi 
sifatida to‘laydigan sug‘urta mukofotlari hisobidan maxsus 
maqsadga mo‘ljallangan pul fondlari tashkil etiladi. Bu pul fondlari 
sug‘urta tashkilotlarining tasarrufida bo‘ladi. Sug‘urta tashkiloti 
yuridik hamda jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan sug‘urta 
shartnomasiga asosan sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishi natijasida 
yyetkazilgan zararlarni qoplaydi. 
Sug‘urta hodisasi sodir bo‘lishi natijasida yyetkazilgan 
zararlar, faqat, sug‘urta tashkiloti bilan tegishli sug‘urta 
shartnomasini tuzgan yoki sug‘urta polisini olgan yuridik va 
jismoniy shaxslarga shartnomada ko‘rsatilgan xavf-xatarlar sodir 
bo‘lgan taqdirdagina qoplanadi. Demak, sug‘urta qoplamasini 
olish uchun yuridik yoki jismoniy shaxs sug‘urta mukofotini 
to‘lagan va shu asnoda pul fondini shakllanishida ishtirok etgan 
bo‘lishi kerak. 
Sug‘urta quyidagi ikkita tarmoqqa ajratilgan: 
- hayotni sug‘urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, 
sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog‘liq 
manfaatlarini 
sug‘urta 
qilish, 
bunda 
shartnoma 
bo‘yicha 
sug‘urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda 
sug‘urta pullarining sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan 
oshirilgan foizni o‘z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy 
to‘lovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi); 
106
Ermasov S.V., Ermasov N.B. Straxovanie: Uchebnoe posobie dlya vuzov. – M.: YuNITI-DANA, 2004. – 5 s. 
107
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni.// Xalq so‘zi, 2002- yil, 28-may. 


588 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin