594
- O‘zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va chet el
reyting tashkilotlari reytinglarini olish;
- o‘zining alohida bo‘linmalarini tashkil etish.
Sug‘urtalovchi:
- sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga
rioya etishi;
- sug‘urta faoliyatini amalga oshirish chog‘ida olingan
axborotning mahfiyligini qonun hujjatlari talablariga muvofiq
ta’minlashi;
- o‘zi vakolat bergan sug‘urta agentlarining reestrini yuritishi;
- qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli
davlat organining talabiga binoan taqdim etishi;
- sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonun hujjatlarida
yoki sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda
tutilgan muddatlarda barcha zarur hisob-kitoblarni amalga
oshirishi va sug‘urta tovoni to‘lashi;
- firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan eri
o‘zgargan taqdirda, bu haqdagi axborotni sug‘urta qildiruvchilarga
qonunda belgilangan tartibda etkazishi;
- sug‘urta zaxiralarini maxsus vakolatli davlat organi
belgilaydigan tartibda va shartlarda shakllantirishi hamda
joylashtirishi;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili majburiy
auditorlik tekshiruvidan o‘tishi;
- maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda bir yilda
kamida bir marta aktuariyni (aktuar tashkilotni) aktuar xizmatlar
ko‘rsatish uchun jalb etishi;
- maxsus vakolatli davlat organi belgilagan shaklda, tartibda
va muddatlarda yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilishi;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini
yuritishi, moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa
hisobotlarni tuzishi shart.
Sug‘urta tashkilotlari ustav kapitalining eng kam miqdorlari
qonunchilik hujjatlarida ko‘rsatilgan tartibda shakllantiriladi.
Boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlardan farqli ravishda sug‘urta
tashkilotlari ustav kapitalining 90 foizi pul shaklida bo‘lishi talab
etiladi va litsenziya olayotgan paytda ustav kapitali 100 foiz
shakllantirilgan bo‘lish lozim.
607
deganda sug‘urta voqeasi yuz berishining matematik jihatdan
ehtimolligi hisob-kitobini amalga oshirish, takroriylik va zarar
yetkazilish oqibatlarining og‘irlik darajasini aniqlash, sug‘urta
zaxiralarini hisob-kitob qilish, sug‘urta jarayonini tashkil etish
uchun zarur xarajatlar hajmini aniqlash, sug‘urta xizmatlari
tannarxini hisob-kitob qilish, sug‘urtaning (qayta sug‘urta
qilishning) har bir turi bo‘yicha tarif stavkalarini belgilash,
investitsiya
faoliyati
natijalarini
baholash,
daromadlarni
sug‘urtaning (qayta sug‘urta qilishning) har xil turlari bo‘yicha
rejalashtirish va boshqa aktuar xizmatlarini ko‘rsatishni o‘zi ichiga
oluvchi aktuar xizmatlari majmuasi tushuniladi.
Ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirligi
tomonidan tasdiqlangan va milliy sug‘urta bozorini tartibga
solishga qaratilgan barcha me’yoriy-huquqiy hujjatlar ustida
atroflicha to‘xtalib o‘tishning imkoniyati mavjud emas. Shu
sababli, ayrim me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va
ahamiyatiga e’tiborni qaratdik.
Dostları ilə paylaş: