24.8. Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy
sug‘urta qilish
Xorijiy amaliyot shuni ko‘rsatadiki, majburiy sug‘urtaning
mavjudligi sug‘urtaning mamlakat iqtisodiyotiga kirib borishida
asosiy omillardan biridir. Albatta, sug‘urtaning majburiy turlarini
tatbiq etish respublikada sug‘urta sohasi rivojiga ko‘p jihatdan
imkon yaratadi. Lekin, majburiy sug‘urta tizimini yaratishdan
asosiy maqsad aholi muhtoj qatlamlarining ijtimoiy himoyasini
ta’minlashdan iboratdir. Bugungi kunda majburiy sug‘urta
aholining muhtoj qatlamlari uchun ijtimoiy himoyani bozor
iqtisodiyoti prinsiplari asosida ta’minlovchi qulay usul hisoblanadi.
Sug‘urtaning majburiy turlari ijtimoiy himoyani bozor
iqtisodiyoti sharoitida ta’minlashda qanchalik dolzarb ekanligini
hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 10-apreldagi “Sug‘urta bozorini isloh qilish va yanada
rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-618-son
qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasida sug‘urta bozorini isloh
qilish va rivojlantirishning 2007-2010-yillarga mo‘ljallangan
Dasturi” tasdiqlangan edi. Bu dastur respublikada sug‘urta
sohasini rivojlantirish bilan bir qatorda majburiy sug‘urtaning
ijtimoiy yo‘naltirilgan tizimini yaratishni ko‘zda tutadi. Bugungi
kunda mamlakatimizda transport vositalari egalarining fuqarolik
javobgarligini majburiy sug‘urtalash muvaffaqiyatli amal qila
boshladi.
2009-yilning 17-aprelida O‘zbekiston Respublikasining “Ish
beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish
to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi
119
. Ushbu qonunni qabul
qilishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad mehnat jarayonida
119
“Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining
Qonuni. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik hujjatlari to‘plami. – T.: Adliya vazirligi, 2009 yil, 16-son.
647
har bir transport vositasi bo‘yicha taqdim etadi, unga quyidagi
hujjatlarning nusxalari ilova qilinadi:
a) transport vositasini boshqarishga qo‘yilgan sug‘urta
qildiruvchi — jismoniy shaxsning va boshqa shaxslarning pasporti
yoki boshqa shaxsini tasdiqlovchi guvohnomasi (fotosurati va
ro‘yxatga olinganlik to‘g‘risidagi oxirgi yozuv qayd etilgan
varaqlari);
b)
transport
vositasining
texnik
pasporti
(schyot-
ma’lumotnomasi) yoki uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi
to‘g‘risidagi
guvohnoma
(transport
vositasining
oldi-sotdi
(almashish, hadya qilish) shartnomasining nusxasi);
d) transport vositasini boshqarishga berilgan ishonchnoma
yoxud ushbu transport vositasiga egalik huquqini tasdiqlovchi
boshqa hujjat — agar majburiy sug‘urta shartnomasi transport
vositasini
boshqarishga
faqat
muayyan
shaxslargina
boshqarishga qo‘yilishi sharti bilan tuzilgan bo‘lsa (transport
vositasini boshqarishga qo‘yilgan barcha shaxslar uchun,
transport vositasi egasidan tashqari);
e) transport vositasini boshqarishga qo‘yilgan barcha
shaxslarning
haydovchilik
guvohnomasi
yoki
barcha
haydovchilarning
transport
vositasini
boshqarish
huquqini
tasdiqlovchi boshqa hujjatlar — transport vositasini boshqarishga
faqat muayyan shaxslar qo‘yilishi sharti bilan majburiy sug‘urta
shartnomasi tuzilgan taqdirda;
f) sug‘urta qildiruvchi — jismoniy shaxslarning sug‘urta
mukofoti bo‘yicha siylov olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar
toifasiga tegishliligini tasdiqlovchi (guvohnoma, ma’lumotnomalar
va shu kabilar) hujjatlar (agar bo‘lsa).
Sug‘urta qildiruvchi sug‘urtalovchiga taqdim etilayotgan
ma’lumotlar va hujjatlarning to‘liqligi va haqiqiyligi uchun javobgar
hisoblanadi.
Sug‘urta puli majburiy sug‘urta shartnomasida milliy
valyutada ko‘rsatiladi. Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha
sug‘urta mukofotining miqdori hukumat qarori bilan tasdiqlangan
sug‘urta tariflariga muvofiq hisoblab chiqiladi.
Hozirgi paytda transport vositalari egalarining fuqarolik
javobgarligini
majburiy
sug‘urta
qilish
bo‘yicha
sug‘urta
summasining eng yuqori miqdori 12,0 mln. so‘mga teng qilib
belgilangan. Uning 35 foizgacha bo‘lgan qismi yo‘l-transport
648
hodisasi sodir bo‘lishi natijasida jabrlanuvchining – yuridik yoki
jismoniy shaxsning mulkiga yetkazilgan zararni qoplash uchun
sarflanadi.
Sug‘urta
summasining
65
foizgacha
bo‘lgan
qismi
jabrlanuvchining hayoti va sog‘ligiga yetkazilgan zararni qoplash
uchun to‘lanadi. Buni yuqorida keltirilgan chizmada yaqqol
ko‘rsatish mumkin.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini
majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotini hisoblashda
tarif stavkasi quyidagilarni e’tiborga olgan holda o‘zgaradi:
•
transport vositasining turi;
•
transport vositasining yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli
ekanligi;
•
transport vositasi harakatlanadigan (ro‘yxatga olingan)
hudud;
•
oldingi davrlarda sug‘urta hodisalarining sodir bo‘lganligi yoki
bo‘lmaganligi;
•
haydovchining yoshi;
•
transport vositasidan mavsumiy foydalanish;
•
haydovchining staji.
Masalan, Toshkent shahrida davlat ro‘yxatidan o‘tgan va
shu hududda harakat qiladigan dvigatel hajmi 1200 kub.
santimetrgacha bo‘lgan jismoniy shaxslarga tegishli yengil
avtomashinalar uchun bazaviy tarif stavkasi 0,4 foizni tashkil
etadi. Sug‘urta summasining eng yuqori miqdori 12,0 mln. so‘m
Sug‘urta summasi
Jabrlanuvchining mulkiga zarar
yetkazilganda to‘lanadigan
summaning eng yuqori miqdori –
sug‘urta summasining 35,0gacha
miqdorga teng
Jabrlanuvchining hayoti va
sog‘ligiga zarar yetkazilganda
to‘lanadigan summaning eng
yuqori miqdori – sug‘urta
summasining 65,0gacha miqdorga
teng
649
etib belgilangan. Demak, bazaviy stavka 48,0 ming so‘mga teng.
Mashina Toshkent shahrida harakat qilganligi uchun unga 1,4
koeffitsiyent qo‘llaniladi va natijada sug‘urta summasi 67,2 ming
so‘mga teng bo‘ldi. Agar, haydovchining staji 5 yildan ortiq bo‘lsa,
u holda unga 1,0 koeffitsiyent qo‘llaniladi, ya’ni sug‘urta mukofoti
o‘zgarmasdan qoladi.
Jabrlanuvchilarga zarar yetkazilishiga olib kelgan yo‘l-
transport hodisasi ishtirokchisi bo‘lgan sug‘urta qildiruvchi
(fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha
sug‘urtalangan boshqa shaxs) mazkur hodisaning boshqa
ishtirokchilari talabiga ko‘ra ularga ushbu transport vositasi
egalarining fuqarolik javobgarligi sug‘urtalangan majburiy sug‘urta
shartnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xabar qilishi shart.
Sug‘urta qildiruvchi (fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta
shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalangan boshqa shaxs) yoki uning
vakolatli vakili sug‘urta hodisasi sodir bo‘lganda:
-jabrlanuvchiga
(uning
merosxo‘rlariga
yoki
huquqiy
vorislariga) yo‘l-transport hodisasi kunidan boshlab uch kalendar
kundan kechiktirmay sug‘urta polisining nusxasini topshirishi;
-davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining yetib
kelishini
kutishi,
imkoni
boricha
yo‘l-transport
hodisasi
guvohlarining familiyasi va manzilini yozib olishi;
-darhol, yo‘l-transport hodisasidan keyin 72 soatdan
kechiktirmay, sodir bo‘lgan hodisa haqida yozma shaklda,
sug‘urta polisining nusxasini ilova qilgan holda sug‘urtalovchiga
(uning filialiga) yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan joydagi va
transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi davlat yo‘l
harakati xavfsizligi xizmatiga bildirishi kerak. Bildirishnomada
hodisaning xususiyati, sodir bo‘lgan payti, ko‘rilishi taxmin qilingan
zararning miqdori, yo‘l-transport hodisasiga aloqador barcha
shaxslarning, shu jumladan taxmin qilingan da’vogarlarning
nomlari va manzillariga taalluqli axborot imkon qadar to‘liq
hajmda, shuningdek“ sug‘urta qildiruvchi hodisa haqida ilk
marotaba
qay
tarzda
xabardor
bo‘lganligi
va
sug‘urta
qildiruvchining nega hodisani talabnoma bildirishga sabab bo‘lishi
mumkin deb hisoblashiga oid tafsilotlar majburiy tartibda
ko‘rsatilishi kerak;
-sug‘urtalovchiga sug‘urta hodisasi munosabati bilan unga
nisbatan qo‘yilayotgan barcha talablar yoki unga qarshi
672
Uy xo‘jaliklarining o‘zlari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar
uy
xo‘jaliklari
sektorining
ichida
moliyaviy
resurslarning
harakatlanishi jarayonida vujudga keladigan munosabatlar
hisoblanadi. Bu yerda ushbu jarayon hamma vaqt ham
oydinlashmagan va kuchsiz tartibga solinuvchi hisoblanadi.
Moliyaning bu sohasiga, jumladan, quyidagi operatsiyalarni
kiritish mumkin:
•
fermer xo‘jaliklarining hamkorlikdagi maqsadli fondlari;
•
iste’mol kooperatsiyasiga xizmat ko‘rsatuvchi fondlar;
•
uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi norasmiy kredit munosabatlari;
•
uy xo‘jaliklari sektori doirasida hamkorlikdagi pul fondlarini
shakllantirish va ulardan
foydalanish
xususidagi boshqa
munosabatlar.
Uy xo‘jaliklarining moliyaviy institutlar bilan o‘zaro aloqalari
moliyaviy munosabatlarning alohida guruhini ifodalaydi. Ularning
kredit muassasalari bilan munosabatlari uy xo‘jaligi byudjeti
defitsitini to‘ldirish (iste’mol krediti yordamida), bo‘sh turgan pul
mablag‘larini bank hisobvaraqlariga joylashtirish yoki ularni
saqlash va jamg‘arish maqsadida boshqa moliyaviy aktivlarga
qo‘yish orqali namoyon bo‘ladi. Uy xo‘jaliklarining sug‘urta kompa-
niyalari bilan bo‘ladigan munosabatlari esa turli ko‘rinishdagi
sug‘urta fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida
gavdalanadi.
Moliyaning mohiyati uning funksiyalari orqali namoyon
bo‘lganligi uchun uy xo‘jaliklari moliyasining mohiyati ham uning
funksiyalari yordamida ifodalanadi
134
. Uy xo‘jaliklari moliyasining
funksiyalari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin
135
:
•
taqsimlash;
•
takror ishlab chiqarish;
davlat muassasalari va notijorat tashkilotlarga maorif, sog‘liqni saqlash, uy-joy-kommunal xo‘jaligi, madaniyat va
san’at sohasida taqdim etilgan moddiy imtiyozlardan iborat.
134
Bir vaqtning o‘zida shu narsani ta’kidlash kerakki, iqtisodiy adabiyotlarda uy xo‘jaliklari moliyasining
funktsiyalari ayrim hollarda keng ma’noda, boshqa bir hollarda esa, tor ma’noda talqin qilinmoqda. Tor ma’noda uy
xo‘jaliklari moliyasining funktsiyalari uy xo‘jaliklaridagi iqtisodiy munosabatlarda, xususan, moliyaning
funktsiyalari (taqsimlash va nazorat) orqali ochib beri-layapti. Keng ma’noda esa, bu erda umuman moliyaga xos
bo‘lgan funktsiyalar ajratilib ko‘rsatilishi bilan birgalikda, uy xo‘jaliklari moliyasining o‘ziga xos bo‘lgan
xususiyatlarini ifodalovchi funktsiyalarga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
135
Bu erda uy xo‘jaliklari moliyasiga tegishli bo‘lgan funktsiyalar sonining oltitaga etkazilganligidan “Bir butun
moliyaning o‘zi ikki funktsiyani bajarishi, asosan, umumiy e’tirof etilgan bir paytda, uning tarkibiy qismi bo‘lgan
uy xo‘jaliklari moliyasi qanday qilib oltita funktsiyani bajarishi mumkin?” degan savol tug‘ilishi tabiiy. Jiddiy
mulohaza yuritilsa, bu erda bayon etilgan uy xo‘jaligi moliyasiga tegishli bo‘lgan olti funktsiya, oxir oqibatda,
moliyaga xos bo‘lgan ikki funktsiyaga borib taqalishi mumkinligini aniqlash mumkin. Shuning uchun ham
“moliyaning ikki funktsiyasi” va “uy xo‘jaliklari moliyasining olti funktsiyasi” o‘rtasida keskin farqlarning bo‘lishi
mumkinligini isbotlashga urinish behudaga vaqtni sarflash bilan barobardir.
657
Genuyadan Bryuggega dengiz orqali jo‘natilgan sug‘urta obyektini
qayta sug‘urtalashdan iborat edi.
Yevropada XIX asrda sanoat rivojlanishi bilan qayta
sug‘urtalashga bo‘lgan ehtiyojni faqat etarli moliyaviy resurslari va
chet el mamlakatlarida sho‘ba korxonalari mavjud bo‘lgan
sug‘urtalovchilar qondirish qobiliyatiga ega bo‘lgan. Keyinchalik
fakultativ qayta sug‘urtalash shartnomalari, risklarni to‘liq yoki
qisman qoplash shartnomasi ishlab chiqildi va joriy etildi. Bunday
shartnoma birinchi bo‘lib 1821-yilda tuzilgan.
Qayta sug‘urta operatsiyalari XIX asrning o‘rtalarida alohida
tadbirkorlik turiga aylandi. 1846-yilda Keln qayta sug‘urta jamiyati
tashkil etildi. Dastlab, qayta sug‘urta sug‘urtalovchining sug‘urta
shartnomalari bo‘yicha javobgarligida ishtirok etishdan iborat
bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan davrlar mobaynida u tavakkalchilikni
ikkilamchi taqsimlovchi kuchli mexanizmga aylandi va keng
miqyosdagi turlarga hamda shakllarga ega bo‘ldi.
Qayta
sug‘urta
sug‘urta
faoliyatini
va
sug‘urta
operatsiyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi zaruriy
mexanizm hisoblanadi. Ma’lumki, sug‘urta ehtimollar nazariyasiga
asoslangandir. Ko‘p hollarda sug‘urta tashkilotlari to‘laqonli
muvozanatlashgan risklar portfelini yaratish imkoniyatiga ega
bo‘lmaydi. Bunga sabab sug‘urtalangan obyektlar miqdori ko‘p
emas
yoki
portfel
tarkibida
katta
yoki
xavfli
risklar
joylashganligidir. Bundan tashqari amaliyotdan ma’lumki, har
qanday sug‘urta tashkiloti, hatto risklarni sug‘urtaga qabul qilishda
ularni yaxshi o‘rganib chiqqan taqdirda ham, odatda sug‘urta
shartlari turli xatarlarni qoplaganligi uchun, sug‘urtalangan
obyektlarga suv toshqini, bo‘ron, zilzila kabi tabiiy ofatlar va
yong‘in
natijasida
birdaniga
zarar
etishi
mumkin.
Sug‘urtalovchining mablag‘lari va hatto barcha aktivlari uning
sug‘urtalanuvchi oldida portfel bo‘yicha javobgarligining uncha
katta qismini tashkil etmaydi, lekin yuqoridagi ko‘rsatilgan ofatlar
esa uning moliyaviy holatiga katta ta’sir ko‘rsatish bilan birga,
hatto inqirozga yuz tutishiga olib kelishi mumkin.
Sug‘urtaga
qabul
qilingan
risklar
bo‘yicha
sug‘urta
summasini tenglashtirish va sug‘urta portfeli muvozanatini
ta’minlash, sug‘urtalovchining moliyaviy imkoniyatlariga asoslanib,
sug‘urta summalari bo‘yicha javobgarliklarni to‘g‘ri taqsimlashda
va sug‘urta operatsiyalarini moliyaviy mustahkamligini va
658
rentabelligini ta’minlash maqsadida qayta sug‘urta tizimi tashkil
etilganligini ta’kidlash kerak.
Qayta sug‘urtalash orqali sug‘urtalovchi o‘zining faoliyatiga
xavf soladigan quyidagi 3 ta riskning oldini oladi:
1. Tasodifan yuzaga keladigan zararlar xavfi:
-
sug‘urta hodisasi ro‘y berishining aniqligi;
-
tabiiy ofat natijasida juda ko‘p polislar bo‘yicha bitta
riskdan sug‘urtalovchi majburiyatlarining yuzaga kelishi.
2. Davr xavfi:
-
pulning qadrsizlanishi natijasida sug‘urtalovchi to‘plagan
sug‘urta
mukofotlarining
sug‘urta
qoplamasini
to‘lashga
yetmasligi;
-
texnologiyaning taraqqiy etishi natijasida belgilangan
sug‘urta stavkasi va sug‘urta shartlarining olingan majburiyatga
to‘g‘ri kelmasligi.
3. Xatolik xavfi:
-
sug‘urta
ta’riflarini
noto‘g‘ri
hisoblash
(statistika
axborotlarini noto‘g‘ri talqin qilish).
Har bir sug‘urta tashkilotining maqsadi mana shu risklarning
oldini olish va qayta sug‘urtalash imkoniyatlaridan to‘g‘ri
foydalanish hisoblanadi.
Qayta
sug‘urtalashning
iqtisodiy
mohiyati
sug‘urta
tashkilotlari tasarrufida dastlabki tashkil etilgan jamg‘armani qayta
taqsimlashdir, ya’ni bevosita sug‘urtada sug‘urtalovchi sug‘urta
mukofotlari
hisobidan
jamg‘arma
tashkil
qiladi.
Qayta
sug‘urtalashda esa yangi jamg‘arma tashkil etilmasdan, sug‘urta
kompaniyalari tashkil etgan jamg‘armani yo‘naltirish va qayta
taqsimlash bilan jamg‘arma tashkil etiladi. Risklarning va
jamg‘armalarning
ikkilamchi
taqsimlanishi,
ya’ni
qayta
sug‘urtalash sug‘urtanuvchiga ma’lum bo‘lmasligi mumkin.
Bunday qayta taqsimlanish ikkinchi darajali bo‘lib, bu jarayon
sug‘urtalovchi va qayta sug‘urtalovchi o‘rtasida ro‘y beradi.
Bunday fikrlarni Kristofer Pfayffer
123,
Shaxov V.V
124
, Folkner
Xenke
125,
U. Konkelar
126
o‘zlarining ilmiy ishlarida ko‘rsatib
o‘tganlar.
Jamg‘armalarning
qayta
taqsimlanishi
sug‘urta
tashkilotlari
uchun
yangi
sug‘urta
turlarini
yaratish
va
123
Kristofor Pfayffer “Vvedenie v perestraxovanie” Ankil 2002. 3 b.
124
Shaxov V.V. “Vvedenie v straxovanie”. Moskva, Finansi i Statistika 1992. 150 b.
125
Folkner Xenke “Voprosu nadzora nad perestraxovochnimi predpriyatiyami” INRE
1996, №3. 14 b.
126
U.Knoke “Osnovnie aspekti nadzora za deyatelnostno perestraxovochnix kompanii” INRE
1996, №2 17b.
671
muhim iqtisodiy tomoniga
ega:
ular iqtisodiyotda
aholi
daromadlarining boshlang‘ich darajasini belgilab beradiki, bu
holat, o‘z navbatida, iste’molning shakllanishi, ko‘lami va tarkibiy
tuzilmasiga, to‘lovga layoqatli talabning shakllanishiga va nihoyat,
uy xo‘jaliklari tomonidan jamg‘arish funksiyasining amalga
oshirilishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Davlat va uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlar
ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) va qaytarma (yana orqaga
qaytariluvchi) aloqalar asosida tashkil etiladi (vujudga keladi) va
ular byudjet hamda byudjetdan tashqari fondlarni shakllantirish va
ulardan
foydalanishdagi
munosabatlarni
ifodalaydi.
Uy
xo‘jaliklarining daromadlari va mol-mulklari soliqqa tortilish obyekti
sifatida maydonga chiqadi va demak, byudjet tizimi daromadlar
bazasining tuzilmaviy elementi hisoblanadi. Bir vaqtning o‘zida
soliqlar, pensiya tizimi, sotsial transfertlar orqali davlat moliyaviy
oqimlarni uy xo‘jaliklarining turli guruhlari o‘rtasida qayta
taqsimlaydi. Uy xo‘jaliklari va davlat o‘rtasidagi moliyaviy
munosabatlarni amalga oshirish jarayonida milliy daromadning
ikkilamchi qayta taqsimlanishi sodir bo‘ladi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida davlat uy xo‘jaliklariga tegishli bo‘lgan daromadning
taqsimlanish
jarayoniga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ta’sir
qilish
instrumentlariga ega emas. Moliyaviy munosabatlarning bu
sohasi davlat tomonidan eng kam darajada reglamentatsiya
qilinadi. Buning sababi shundaki, uy xo‘jaliklari pul fondlarini
shakllantirishning zarurligi, usuli va maqsadi to‘g‘risida, ularni
sarflashning o‘lchami va vaqti xususida qarorlar qabul qilishda
mustaqildir. Shu bilan birgalikda davlat uy xo‘jaliklariga tegishli
bo‘lgan daromad va yakuniy iste’molning miqdoriga ta’sir qilishga
qodir. Bu holat, jumladan, quyidagilar orqali amalga oshirilishi
mumkin:
•
soliqlar yordamida tartibga solish;
•
mehnat haqini to‘lash stavkalarini o‘rnatish;
•
birinchi darajali zaruriy mahsulotlar baholarini tartibga solish;
•
imtiyozlar tizimi;
•
sog‘liqni saqlash va maorifni byudjetdan moliyalashtirish
orqali ijtimoiy ta’minotni rivojlantirish;
•
va boshqalar
133
.
133
Keyingi yillarda ayrim mamlakatlarda natural shakldagi ijtimoiy transfertlar uy xo‘jaliklari oxirgi iste’moli
tarkibiy tuzilishining 15%dan ko‘proq bo‘lgan qismini tashkil etayotir. Bu uy xo‘jaliklariga xizmat ko‘rsatayotgan
|