Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə251/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta 
qilish subyektlari 
Ish beruvchi 
Jabrlanuvchi 
Naf oluvchi 
Fuqarolik javobgarligini 
majburiy sug‘urtalash 
shartnomasi bo‘yicha 
sug‘urtalovchi 
Annuitetlar shartnomasi 
bo‘yicha sug‘urtalovchi 


652 
haqiga qo‘shimcha ravishda xodim olgan jarohat darajasiga qarab 
belgilangan oylik foiz, jarohat olishi bilan bog‘liq xarajatlarni 
qoplash, shuningdek, nafaqa ko‘rinishidagi bir marotabalik 
to‘lanishi kerak bo‘lgan to‘lovdan iborat. 
Bir 
marotaba 
to‘lanadigan 
nafaqa 
hajmi 
jamoa 
shartnomasida, agar shartnoma tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi 
va kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakolatli organi 
o‘rtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi. Bunda jarohat olgan 
xodimga to‘lanadigan bir martalik nafaqa hajmi jarohatlangan 
shaxsning bir yillik o‘rtacha ish haqidan kam bo‘lmasligi, halok 
bo‘lgan xodimning oila a’zolariga beriladigan nafaqa hajmi esa 
halok bo‘lgan xodimning 6 yillik o‘rtacha ish haqidan kam 
bo‘lmasligi kerak. 
Shu 
munosabat 
bilan 
“Ish 
beruvchining 
fuqarolik 
javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” Qonun barcha 
ish beruvchilarga ularning xodimlari xizmat burchini o‘tayotgan 
paytda hayoti yoki salomatligiga ziyon yetgan taqdirda majburiy 
tarzda sug‘urta himoyasini taqdim etishni nazarda tutadi. Qonun 
xodimlarning xizmat burchini o‘tayotgan paytda hayoti yoki 
salomatligiga ziyon yetishi yoki kasb kasalligiga uchrashi, halok 
bo‘lishi yoxud kasb kasalligi oqibatida vafot etishi bois ish 
beruvchining javobgarligi yuzaga kelgan hollarda sug‘urtalovchilar 
tomonidan davriy va bir martalik to‘lovlarni to‘lash uchun zarur 
mablag‘larni to‘lashni ta’minlovchi tizim uchun asos bo‘lib xizmat 
qiladi.
Sug‘urtaning ushbu turining majburiyligi, birinchi navbatda, 
mamlakatning barcha ish beruvchilarini qamrab olish imkonini 
beradi. Bu esa o‘z navbatida, sug‘urtaning ushbu turi bo‘yicha eng 
kam sug‘urta tariflarini qo‘llashga imkoniyat yaratadi. Mohiyatan, 
majburiy sug‘urtaning bu turi mamlakat ish beruvchilari o‘rtasidagi 
jabr ko‘rgan ish beruvchilar ko‘rgan zararlarni qoplash uchun 
mo‘ljallangan mablag‘larni qayta taqsimlash mexanizmi sifatida 
namoyon bo‘ladi. Bu mexanizm, birinchi navbatda, jabr ko‘rgan 
xodimlarga yetkazilgan zararlarni qonunda belgilangan sug‘urta 
summasi doirasida qoplash kafolatini ta’minlaydi. Ikkinchidan, 
majburiy sug‘urta ish beruvchi o‘zining jabr ko‘rgan xodimiga 
zarar qoplab berilganda ham moliyaviy barqarorligi saqlanib 
qolishi va ish beruvchining faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi eng 
maqbul usul bo‘lib qoladi.
645 
qilish to‘g‘risida”gi Qonunida
115
va Vazirlar Mahkamasining 
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy 
sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini 
amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2008-yil 24-iyundagi 141-
son qarorida
116d
a atroflicha qayd etib o‘tilgan.
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini 
majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonunining 30-moddasida majburiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlarni 
kafolatlash jamg‘armasining asosiy vazifalari quyidagilardan 
iborat 
ekanligi 
ko‘rsatib 
o‘tilgan: “transport 
vositalaridan 
foydalanilayotganda jabrlanuvchilarga yetkazilgan zararning o‘rni 
ularga ushbu Qonun talablariga muvofiq kompensatsiya 
to‘lovlarini amalga oshirish orqali kafolatli qoplanishini ta’minlash; 
ushbu Qonunga muvofiq sug‘urta mukofotlari bo‘yicha siylovlar 
olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning ayrim toifalarini qo‘llab-
quvvatlash tizimini mazkur siylovlarni kompensatsiya qilish orqali 
moliyaviy jihatdan ta’minlash; majburiy sug‘urta to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni, shu jumladan majburiy sug‘urta shartnomalari, 
sug‘urta hodisalari, sug‘urta qildiruvchilar va jabrlanuvchilar 
shaxsiga oid ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborot ma’lumotlar 
bazasini 
shakllantirish, 
shuningdek‚ 
mazkur 
ma’lumotlar 
sug‘urtalovchilar va To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi o‘rtasida 
qonun hujjatlarida belgilangan sug‘urta siri to‘g‘risidagi talablar 
ta’minlangan holda ayirboshlanishini tashkil etish; ushbu 
moddaga muvofiq To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasi zimmasiga 
yuklatilgan asosiy vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha uning 
faoliyatini tartibga soluvchi qoidalarni maxsus vakolatli davlat 
organi bilan kelishilgan holda ishlab chiqish va tasdiqlash”
117.
Jamg‘arma tashkil etilgan paytdan boshlab o‘z zimmasiga 
yuklangan vazifalarni sifatli va to‘liq bajarilishini ta’minlash 
maqsadida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lishi natijasida 
jabrlanuvchilarga kompensatsiya to‘lovlari bo‘yicha kelib tushgan 
115
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik hujjatlari to‘plami. – T.: Adliya vazirligi, 2008-yil 
17-son. 
116
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini 
majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 
2008-yil 24-iyundagi 141-sonli qarori. O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik hujjatlari to‘plami. – T.: Adliya 
vazirligi, 2008-yil 26-27-son. 
117
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston 
Respublikasining Qonuni. O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik hujjatlari to‘plami. – T.: Adliya vazirligi, 
2008-yil 17-son. 


646 
arizalarni ko‘rib chiqish va to‘lovlarni amalga oshirish tartibini 
belgilovchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqdi. Mazkur hujjatlar 
jamg‘arma tomonidan tegishli arizalarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish 
va kompensatsiya to‘lovlarini amalga oshirish imkoniyatini berdi. 
Qonunga muvofiq, sug‘urtalovchiga nisbatan bankrotlik tartib-
taomili qo‘llanilganda, jabrlanuvchiga yetkazilgan zarar uchun 
javobgar shaxs noma’lum bo‘lganda va foydalanilayotganda zarar 
yetkazgan transport vositasining egasi o‘z fuqarolik javobgarligini 
sug‘urta qilish bo‘yicha majburiyatini bajarmaganda jamg‘arma 
tomonidan kompensatsiya to‘lovlari amalga oshiriladi.
Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini 
majburiy 
sug‘urta 
qilish 
bo‘yicha 
to‘lovlarni 
kafolatlash 
jamg‘armasining asosiy vazifalaridan yana biri amaldagi 
qonunchilikka asosan sug‘urta mukofotlarini to‘lashda siylovlar 
berilishi belgilab qo‘yilgan shaxslar tomonidan to‘lanishi lozim 
bo‘lgan 
sug‘urta 
mukofotlari 
summasining 
50 
foizini 
sug‘urtalovchilarga to‘lash hisoblanadi. “Transport vositalari 
egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish 
to‘g‘risida”gi Qonunning 13-moddasiga ko‘ra quyidagi shaxslar 
sug‘urta mukofotlari bo‘yicha siylovlar olish huquqiga quyidagilar 
ega
118:
-1941-1945-yillardagi urush qatnashchilari yoki partizanlari 
yoxud ularga tenglashtirilgan shaxslar; 
-1941-1945-yillardagi urush davri mehnat fronti faxriylari; 
-konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari; 
-harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yaralanganligi, 
kontuziya bo‘lganligi yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud 
frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy 
xizmatchining ota-onasidan biri yoki boshqa turmush qurmagan 
bevasi; 
-Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar; 
-pensionerlar; 
-nogironlar. 
Majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish uchun sug‘urta 
qildiruvchi sug‘urta tashkiloti va uning joylardagi vakillariga 
majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi ariza-anketani 
118
“Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston 
Respublikasining Qonuni. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni. O‘zbekiston Respublikasining Qonunchilik 
hujjatlari to‘plami. – T.: Adliya vazirligi, 2008 yil 17-son. 
651 
jarohat olgan, kasb kasalligi yoki xizmat burchini bajarayotgan 
vaqtida salomatligiga ziyon yetgan fuqarolarning ijtimoiy 
himoyasini ta’minlashdan iborat. 
O‘zbekiston Respublikasi hududida ish beruvchilarning 
fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha tegishli 
ruxsatnomaga ega sug‘urta tashkilotlari tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta 
qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2009-yil 24-iyundagi “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini 
majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 177-sonli 
qaroriga muvofiq tasdiqlangan “Ish beruvchining fuqarolik 
javobgarligini majburiy sug‘urta qilish Qoidalari”da o‘z ifodasini 
topgan. Majburiy sug‘urtalash qoidalari ushbu sug‘urtani amalga 
oshirish vakolatiga ega barcha sug‘urtalovchilar uchun bir xilda 
amal qiladi. 
Shuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston Respublikasining 
Mehnat kodeksi bugungi kunda xizmat burchini bajarayotgan 
paytida jarohat olgan xodimlarning ijtimoiy muhofazasini ko‘zda 
tutadi. Mehnat kodeksi ish beruvchining xodimga yetkazilgan 
ziyon uchun javobgar ekanini belgilagan. Ma’lumki, Mehnat 
kodeksining 189-192 moddalariga binoan ish beruvchi olgan 
jarohati, kasb kasalligi yoki mehnat jarayoni bilan bog‘liq ravishda 
sog‘ligiga yetgan zararni, shuningdek, boquvchini yo‘qotganlik 
uchun yetgan zararni o‘rnatilgan tartibda to‘liq qoplashi shart. 
Ko‘rinib turibdiki, xizmat burchini bajarayotgan paytda jarohat 
olgan xodimlarni moddiy jihatdan himoyalash ish beruvchi 
hisobidan 
amalga 
oshiriladi. 
Xodimning 
xizmat 
burchini 
bajarayotgan paytda olgan jarohati uchun ish beruvchi javobgar 
hisoblanadi. Shu bilan birga, ish beruvchi qoplashi zarur bo‘lgan 
zarar hajmi ish beruvchining moliyaviy imkoniyatlariga doimo ham 
mos kelavermaydi yoki ish beruvchining moliyaviy holatiga 
sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Chunki, ish beruvchi 
qoplashi kerak bo‘lgan zarar hajmiga bir vaqtda va har oyda 
to‘lanishi kerak bo‘lgan kompensatsiya to‘lovlari ham kirishi 
mumkin. Masalan, Mehnat kodeksining 190-moddasiga binoan 
xodimning sog‘ligiga yetgan zarar uchun qoplanishi kerak bo‘lgan 
mablag‘ xodim jarohat olgan vaqtga qadar olgan o‘rtacha oylik ish 


650 
boshlangan sud muhokamasi to‘g‘risida darhol xabar qilishi, zarar 
yetkazilishi holatlari to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni va vakolatli 
organlardan olingan, sug‘urta hodisasining sabablari hamda 
oqibatlarini, zararning xususiyati va miqdorini belgilash uchun 
zarur bo‘lgan hujjatlarni sug‘urtalovchiga taqdim etishi; 
zararning oldini olish va (yoki) kamaytirish yuzasidan 
mumkin bo‘lgan barcha choralarni ko‘rishi kerak. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin